Tovar va xizmatning iste’mol xususiyatlari, uning aholi ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha talablar
Tovar ishlatilish maqsadiga ko‘ra, asosan, iste’mol tovarlari va sanoat tovarlari turlariga bo‘linadi. Iste’mol tovarlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, iste’mol tovarlari - bu shaxsiy iste’mol uchun moijallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olina- digan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga boiinadi.
Kundaliktalabtovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq- ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy may- da tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ulami o‘z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo ‘jalik sovuni);
impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta);
favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabkitanlovasosidagitovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlami qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:
alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan).
Alohidatalabdagitovarlar - muayyan turdagi iste’molchilami o'zining alohida iste’mol xususiyatlari orqali jalb qiluvchi tovarlar turkumi. Alohida talabdagi tovarlarni izlab topish uchun xaridor ko‘p vaqt sarflaydi va mijoz ulami o‘zi uchun zamr deb hisoblaydi. Odatda, bunday turdagi tovar iste’molchilari boshqa o‘rinbosar tovarlarga nis batan befarq bo‘ladilar. Misol uchun, agar siz maxsus brenddagi sho- koladni xarid qilmoqchi bo'lsangiz, boshqa turdagi muqobil variantlar- dan voz kechasiz. Alohida talabdagi tovarlar boshqa turdagi tovarlardan narxining nisbatan yuqoriligi bilan ham ajralib turadi.