O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə97/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Sifatning doimiy emasligi ehtiyoj yuqori boigan davrda xizmat sifatini saqlashni muammoli qilib qo'yadi. Ko‘p narsalar xizmat ko'r­ satish vaqtida uni rad etish holatiga bog'liq bo'ladi. Aynan bir kishi bu- gun sizga yaxshi xizmat ko'rsatishi mumkin, ammo ertasi kuni sifatsiz xizmat qilishi mumkin. Bunday sifatsiz xizmat ko'rsatishni turli sabab­ lari bo'lishi mumkin: xizmat sifatidagi o'sish va tebranishlar, mehmon- do'stlik industriyasi sha’niga mijozlar tomonidan aytiladigan e’tirozlar norozilikning bosh sababi bo'lib hisoblanadi.
    1. Brending va servis


Texnologiya va texnologiyalaming yuqori darajada rivojlanishi zamonaviy biznesni brendlar bilan raqobatlashishga yo'naltirdi, ulaming mustahkamlanishi kompaniyalarga bozorda katta ustunliklami taqdim etadi. Zamonaviy brendlar kompaniyalar faoliyatining muhim tarkibiy qismi, tijorat faoliyatining o'ziga xos belgisidir. Ular ishonch, barqaror-


183
ik, iste’molchilar uchun m a’lum bir umidlar ramzidir. Brendlar iste’moichi ongida mustahkam o ‘rin egallab yaxlit imijni uyg‘otadi: "yuqori sport turlari. Nike yutuqlari". Mahsulotlardan farqli o ‘laroq, brendlar ishlab chiqarishda yaratilmaydi, ular iste’molchilar ongida shakllanadi va mavjud bo‘lib, iste’molchilar idroki va mahsulotning fimksional imkoniyatlari o ‘rtasidagi hissiy aloqani ta ’minlaydi.
Brend - bu to‘g‘ri boshqarilgan holda ta’sir va qiymat yaratadigan Tovar markasida (brendda) ifoda etilgan haqiqiy va virtual fikrlar to‘plami.57 Muvaffaqiyatli har qanday kompaniya o ‘z brendini shaxsga aylantirilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Odamlar m a’lum narsalami o ‘z- larining his-tuyg‘ulariga qarab sotib olishadi. Iste’molchining brendga bo‘lgan munosabati bu yerda muhim omil hisoblanadi. Agar mijoz tovar tarixi haqida turli tafsilotlarni bilsa u o ‘zini bu katta oilaning bir qismi kabi his qila boshlaydi. Brend mahsulotning o ‘ziga xos imijini yaratadi, uni muqobil mahsulotlaming kulrang massasidan ajratib turadi va raqobatlashish imkoniyatini yaratadi. Brendli tovarlarga ega flrmalar raqobatchilariga qaraganda ancha muvaffaqiyatli, xaridorlar segmenti ancha kengroq.
Korxona faoliyatida tovar va xizmatlaming iste’molchilar orasida alohida o ‘mini belgilash uchun “brend” va “brending” tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlarda “brend” tushunchasining umumiy ta’rifi keltirilmagan, shuning uchun mavjud bo‘lganlaming ayrimlarini keltirib o ‘tamiz.
Brend - raqobatchilardan farqlanish maqsadida aniq sotuvchi yoki sotuvchilar guruhining tovarlari va xizmatlarini belgilash uchun qo'lla- nadigan so‘z, ifoda, belgi, simvol, dizaynerlik ishi yoki ulaming kombi- natsiyasidir.58
Brend - aniq bir ishlab chiqaruvchining tovarlari yoki xizmatlarini identifikatsiya qilish, shuningdek, uni raqobatchilar mahsulotidan diffe- rensiatsiya qilish uchun m o‘ljallangan nom, termin, simvol yoki chizma yoki shu elementlaming kombinatsiyasidir.59 Shunday qilib, brend - sotuvchining mahsulotlarini va xizmatlarini belgilaydigan ism, tovar bel- gisi yoki tovar markasidir. Brend mahsulotning javobgarligini oshiradi,

  1. Clifton R., M aughan E. The Future o f Brands. London ; M acm illan Press Ltd, 2000. P. 58 https://w w w .am a.org/search/?s^brand

A m erican M arketing Association

  1. Аакер Д. А. Создание сильных брендов // Пер. с англ. - М.: Изд. дом Гребенникова, 2003 - 400 с.

184
iste’molchilarga mahsulotni aniqlashni osonlashtiradi, iste’molchilarga ma’lum sifatni kafolatlaydi.
Brend ba’zi mahsulotlar yoki xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ramziy shaklda berilgan maiumotlarga asoslanadi va maqsadli auditoriya uchun alohida ahamiyatga ega. Brend elementlaming kompleks rivojlanishi tufayli noyob bo‘lib qoladi:

    • ism;

    • dizayni (logotip, ranglar va shriftlardan - markali kiyimlargacha);

    • korporativ madaniyat va xulq-atvor (barcha xodimlarga xos boigan normalar va qadriyatlar; kompaniyaning madhiyasi va "musiqa logotipi" deb ataladigan kiyimlar);

    • korporativ aloqa (PR va reklama tadbirlari);

    • mahsulotning o‘zi va uni qadoqlash uchun ishlatiladigan material-

lar;

    • o'ziga xos aromatlar (parfyumeriya yoki shunchaki qadoqlash

hidi).
Brendning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

    • tovarlar va xizmatlar bozorida m aium bir joyni egallash;

    • ishlab chiqaruvchi kompaniya va uning mahsulotlari o‘rtasida yaxshi munosabatlami o‘matish;

    • kompaniyaning tan olinishini ta’minlash;

    • tovarlar va xizmatlar sifatini kafolatlash;

    • oqilona narx siyosatini shakllantirish;

    • savdo hajmini oshirish uchun zamin yaratish;

    • mahsulot sotishni yoiga qo‘yish va doimiy biznes sheriklarini izlash.

Ammo brend vaqt sinovidan o‘tishi kerak. Brendlangan mahsulot - bu xarid qilish muhitida m aium boigan tasdiqlangan mahsulot hisob­ lanadi.
Brending - brendni yaratish va rivojlantirish, mahsulotlami ajratib ko‘rsatishning asosiy usuli, mahsulotni bozorga chiqarish va brend asosida iste'molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar yaratish jara- yonidir. Qisqacha aytganda, brending mahsulot yoki xizmatning yaxlit va ommalashgan imijini yaratishga qaratilgan bir qator tadbirlardir. Yanada qisqacha ta’rif bersak: brendni boshqarishdir. Brending maqsadi

  • aniq brend obrazini yaratish va kommunikatsiya yo‘nalishini aniq

shakllantirishdir. Brending bozomi tadqiq qilish, mahsulotni joylashti- rish, tovar belgilari yaratish, identifikatsiyalash, vizual va verbal identifikatsiya qilish tizimlari va brend g‘oyasini aks ettiruvchi jarayonlami amalga oshiradi.
Rebrending brendni biznesning hozirgi holatiga va kompaniya reja- lariga muvofiq keltirishga yordam beradi. Rebrending barcha brendlar- ning kommunikatsiya o'zgarishlarini o ‘z ichiga oladi: tovar o‘ramidan tortib reklama materiallariga qadar. Rebrending brendni rivojlanishiga yordam beradi. Brend audit brendning raqobatbardosh brendlarga nisba­ tan bozorda mavjud holatini tahlil qilishdir

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin