Tovami identifikatsiya qilish, ya’ni tovar ishlab chiqarilishi bilanoq tanilishi kerak
Raqobatchilar mahsulotlaridan ajralib turishiga, ya’ni mahsulotni umumiy massadan ajratish
Iste’mochilarda yoqimli obrazni hosil qilish, ya’ni brend ularda ishonch uyg'otishi zarur
Tovar bilan bog‘langan turli emotsiyalami jamlash
Xaridorda sotib olish haqida qarorning paydo bo‘lishi va tanlovi- ning to‘g ‘riligiga ishonch hosil qilish, ya’ni qabul qilgan qarorining to‘g ‘riligidan qoniqish hissining paydo bo‘lishiga yordam beradi
Brend bilan o ‘z hayoti obrazini assotsiatsiya qiluvchi doimiy xaridorlar guruhini shakllantirish.
Brendning xarakterli xussusiyati shundaki, u unga nom bergan tovardan ajralishi va o‘zi mustaqil tovarga aylanishi mumkin. ya’ni, haqiqiy brend har doim yuqori bahoga loyiq bo‘ladi. Aynan, shu masala u yoki bu savdo markasini brend bo‘lishi yoki boimasligini hal qiladi. Psixologik nuqtayi nazarga ko‘ra, insonlar o‘zaro reklama kommunikat- siyasiga kirishish va o‘z-o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida ham brenddan foydalanishi mumkin.
186
Brend xususiyatlari va turlari
Marketing amaliyotida brendlaming bir nechta xususiyatlari borligi ta ’kidlanadi.
Har bir brend unga xaridorlar va potensial mijozlar tomonidan
berilgan muayyan atributlar - fiinksional va emotsional assotsiatsiyalar- ga ega bo‘ladi. Brendning artibutlari pozitiv ham, negativ ham bo‘lishi mumkin, ular bozoming turli segmentlari uchun har xil kuchga ega boiishi mumkin.
Har bir brend uning mohiyatini belgilovchi bosh, asosiy xarak- teristikaga ega boiadi (Brand Essence).
Brendning barcha atributlari yigindisi brend bo‘yicha mutaxas sis yaratadigan va saqlab turadigan brendning individualligini (Brand Identitu) tashkil qiladi. Brendning individualligi orend nimani bildirishi va brend mualliflarining iste’molchilarga nisbatan uzoq muddatli va’dalarini ifodalaydi.
Har bir aniq vaqt davomida har qanday brend muayyan imijga ega boiadi - bu shu damda iste’m olchilar ongida mavjud boigan assosiatsiyalaming noyob yigindisidir. Bu assotsiatsiyalar brendning aynan shu paytda nima ifodalayotganini bildiradi, ular brend mual- liflarining iste’molchilarga aynan shu paytdagi va’dalaridir. Xususan, brend imijini reklama kompaniyasi ham shakllantirishi mumkin.
Brend imiji - bu xaridorlaming aynan ongida mavjud boigani b oisa, brendning individualligi esa uzoq muddatlar bilan bogianuvchi tushunchadir.