Brend har qanday hodisa kabi iste’molchilar ongiga ta’sir ko‘rsatish va ular xohishlarini shakllantirish imkoniyatiga ega.
Kuchli brend - bu shunday brendki (strong brand), uni mazkur tovar kategoriyasi iste’molchilarining 60 foizi yaxshi biladi boshqa marka- lardan ajratib oladi. Rivojlanayotgan brendni 30 foizidan 60 foizigacha iste’molchilar tanishadi va ajratishadi. Zaif brend - bu raqobatchilar orasidan 30 % iste’molchilar tanib oladigan brenddir.
Brending obyektlariga ko‘ra brendlar turlari:
Brending nazariyasining yirik mutaxassislaridan biri Linn Anshou- ning fikricha, brend tushunchasi an’anaviy tarzda tushunilayotgan tushunchadan ancha kengdir.
187 Brendning bozorda o‘z o‘miga ega boigan bir nechta tiplari mavjudligini ta’kidlab, quyidagi tasnifni taklif qiladi:
Tovarlar brendlari (Product brands) - bu bozorda paydo bo‘lgan brendlarning eng birinchisidir. Ular brendingning asosi, yadrosi hisob lanadi, chunki ular brendning boshqa tiplariga nisbatan miqdoriy ustun- likka ega va iste’molchilar tomonidan birinchi navbatda eslanadilar.
Servis (xizmat) brendlari (Service brands) - bozorda bu brendlar tovarlar brendlariga nisbatan kam, chunki ko‘zga ko‘rinib, sezish organlariga ta’sir etishi qiyin bo'lgan xizmatlami chiroyli holda taqdim qilish ancha murakkabdir.
Voqea-hodisalar brendlari ( Event brands) - bu doimiy ravishda sport, shou biznes va san’at olamida yuz beradigan voqea-hodisalar brendlaridir. Bu kabi tadbirlar tashkilotchilari o‘z maqsadlariga ko‘pin- cha brendingning an’anaviy instrumentlaridan foydalanish orqali erisha- dilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini nufuzli sport tumirini namoyish qilish vaqtidagi tanaffuslarda reklama qilishga intilishadi va bu brendning bahosi hisoblanadi.
Shaxslar brendlari (Personal Brands) - sportchilar, xonandalar, siyosatchilar, biznesmenlar har doim ham insoniyat jamiyatida mavjud boiishgan, ammo ular aynan bugungi kunda boshqa brendlarga o‘xshab qolishdi. Ularning brend sifatidagi xususiyati shundaki, ularning mash- hurligi o ‘z faoliyatidan tashqari juda keng sohalarga tarqaladi, sportchi lar va siyosatchilar reklamada, xonandalar - kinoda suratga tushadilar, aktyorlar va biznesmenlar sport musobaqalari o ‘tkazadilar va b.
Geografik brendlar (Geographical brands) - bular shaharlar, mamlakatlar, kurortlardir. Brendning bu turi turistik biznesda juda om- malashmoqda. Masalan, Sent-Mortsdagi tog‘-chang‘i kurorti, Frantsiya- dagi Riv era va Seyshel orollari shunday brendlarga misol bo‘la oladi.60