O'zbekiston respublikasi


-MODUL. SOTISH SIYOSATI



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə123/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

229

1-MODUL. SOTISH SIYOSATI





    1. Savdo nazariyasi va uning rivojlanish!

Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtayi nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’­ molchiga yetkazish masalasi hal etiladi.
Savdo odatda katta miqyosdagi tovarlar va xizmatlar almashinuvi bilan bogiiq. U mamlakatda yoki xalqaro savdoda faoliyat yuritadigan huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va texnologik tizimlami o‘z ichiga oladi.
Savdo tovarlar yoki xizmatlami bir shaxs yoki firmadan ikkin- chisiga pul evaziga o‘tkazishni talab qiladi. Savdoning dastlabki shakli, barter boiib, boshqa tovarlar va xizmatlar uchun bevosita tovarlar va xizmatlar almashinuvida o ‘z ifodasini topadi. Savdo ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti tufayli mavjud b o iib , individual va guruhlar ishlab chiqarishining kichik jihatlariga e’tibor qaratadigan, boshqa mahsulotlar va ehtiyojlar uchun savdolarda o‘z mahsulotlaridan foydalanadigan asosiy iqtisodiy faoliyat shakli.70 Turli xil mintaqalarda mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarishdagi qiyosiy ustunlik sabab mintaqa yoki hududlar o'rtasida savdo mavjuddir.
Bugungi kunda savdo, bozoming mahsulotlarini va xizmatlarini eng arzon narxlarda taklif qilish orqali o ‘z daromadlarini maksimal darajada oshirishga harakat qiladigan murakkab tizimlar qatoriga kiradi.
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda kelti- radi degan fikmi ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g ‘risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutloq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan holda m aium bir tovami eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovami eng ko‘p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutloq ustunlikka ega boigan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovaming o‘z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa



  1. Dollar. D; Kraay, A (2004). "Trade. Growth, and Poverty" (PDF). The Ecoromic Journal.

114 (493): F 22 -F 49 . CiteScerX 10.1.1.509.1584. doi. 10.1111 'i.0 013-0133 .2004 .00186.x..
2 3 0
tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ulami ishlab chiqarishda mutloq ustunlikka ega bo‘lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqa­ rilgan boiadi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko‘proq mahsulotga ega boiadi.
D.Rikardo, A.Smitning «Mutloq ustunlik» nazariyasini yanada mulo- haza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekan­ ligini isbotlab berdi. D.Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko'proq ustunlikka ega boigan yoki ustunlikka ega bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maq- sadga muvofiq boiadi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o‘zi ixti-soslash- gan mahsulotlami ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi.
Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da o‘z yechimiga ega boidi.
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlami (30-yillar) ko'rsatish mumkin. E.Xeksher va B.Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bogiiq holda narxlami tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’- moldagi o ‘zgarishlar kabi omillarga bogiiq.
Ulaming qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:

    • Mamlakatlar o'zlarida ortiqcha boigan ishlab chiqarish omilini ko‘p talab qiladigan mahsulotlami eksport qilishadi va aksincha, o ‘zlarida taqchil boigan ishlab chiqarish omillarini ko‘p talab qiladigan mahsulotlami import qiladilar.

    • Xalqaro savdo yoiidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlaming turli mamlakatlardagi tannarxning tenglashishi kabi o'zgarishlar kuzatiladi.

    • Mahsulotlar eksporti o ‘rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi.

Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o ‘rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori boisa, shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisob­ lanadi.
231
Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko‘ri- nishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni «sanoat- lashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va m a’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo kapital yetishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiq- chaligiga ega bo‘lgan mamlakatlar aynan ushbu yo‘nalishlarga ixti- soslashadilar. Shu bilan birga, don yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan mamlakatlarda ko‘proq yer resurslari kerak boiadi va ular shu yo‘nalishga ixtisoslashgan boladilar.
Xeksher - Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50- yillarda «Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab boidi. V.Leontev AQSH kapitali ortiqcha boigan mamlakat bolishiga qaramasdan, 1947- yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko‘rsatib berdi, ya’ni, Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSHda kapitaldan ko‘ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekan-ligi tasdiqlandi. AQSH ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko‘proq foydalaniladigan tovarlaming sof eksportyori boiib chiqdi.
1948-yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ulaming nazariyasi bo‘yicha xalqaro savdo - ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobat­ ning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o ‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D.Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan toldirilgan savdo konsep­ siyasiga nafaqat mamlakatlar o ‘rtasidagi o ‘zaro foydali savdoni y o lg a qo'yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o Lrtasidagi farqlami kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi. Shuningdek, M.Pozner, G.Xufbauer va
R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg‘or texnologiyaga asoslangan mehnat talab mahsulot ishlab chiqarish
232
baribir daromadli bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnat talab sintetik gazlamalami dastlab faqat ilmiy-texnikaviy salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So‘ng- ra, bu texnologiyani o‘zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gaz­ lamalami ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham ko‘cha boshladi. Buning natijasida G‘arb ilmiy- texnikaviy omil tufayli o ‘zi ega boigan nisbiy ustunlikni qoilay bosh­ ladi. M.Porter o ‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firma- larining raqobat ustunligini belgilovchi omillami ikki guruhga boiadi:

  1. Asosiy omillar:

  • zarur sifatga ega va yetarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud boiishi;

  • mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga boigan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;

  • mamlakatda ushbu tarmoqqa yoidosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh boigan tarmoqlaming mavjudligi;

  • firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri.

  1. Qo‘shimcha omillar:

  • tasodifiy hodisalar;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalami qoilab-quvvat- lash bo‘yicha hukumat faoliyati.

Mahsulot eksport qiluvchi korxonalami qoilab-quvvatlash, mam­ lakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsi- diyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalaming chet mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshi- rishga xizmat qiladi.



    1. Yüklə 1,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin