Haqiqiy yoki real bozor sig‘imi - aholi o ‘rtasidagi mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabning hozirgi rivojlanish darajasiga asoslangan bozor hajmi. Haqiqiy bozor sig‘imi iste’molchilar orasida mahsulotni iste’mol qilish va undan foydalanishning hozirgi darajasiga qarab belgilanadi.
Potensial bozor sig‘imi - bu iste’molchilar orasida mahsulotga yoki xizmatga boigan talabning maksimal rivojlanish darajasiga asoslangan bozor hajmi. Talabning maksimal darajasi mahsulotni ishlatish mada- niyati maksimal darajaga yetganligini anglatadi: iste’molchilar mahsu lotni iloji boricha ko‘proq iste’mol qiladilar va doimiy ravishda undan foydalanadilar. Potensial bozor sigim i - bu barcha potensial iste’mol chilar mahsulot kategoriyasini bilish va undan foydalanish asosida aniqlanadigan bozoming maksimal hajmi.
Mavjud bozor sigim i - kompaniya mavjud mahsulot va uning xusu siyatlari (taqsimot, narx, auditoriya) yoki kompaniyaning mavjud resurs- lari bilan qondira oladigan talab darajasi bilan kompaniya murojaat qilishi mumkin boigan bozor hajmi. Boshqacha qilib aytganda, mavjud bozor sigim ini hisoblashda kompaniya bozoming barcha isteinolchila- rini potensial xaridor sifatida emas, balki uning maqsadli auditoriya mezonlariga javob beradiganlami hisobga olgan holda haqiqiy bozor sigim ini aniqlaydi.
113