O‘zbеkiston rеspublikаsi


Qaytarilmaydigan xarajatlar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   410
MIKRO MAKRO

Qaytarilmaydigan xarajatlar. 
Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan 
xarajatlar bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi 
uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming 
so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna umuman 


154 
kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu 
uskunani 60 mln. so‘mga sotib, 40 mln. so‘m zarar ko‘rdi. Bunda 40 mln. so‘m 
qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta`sir qilmaydi. 
 
11.3. O‘zgarmas, o‘zgaruvchan, o‘rtacha va chekli xarajatlar 
 
O‘zgarmas xarajatlar 
(
TFC - fixed costs
) - bu qisqa muddatli oraliqda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajatlar). 
O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish 
uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, 
ma’muriy xarajatlar kiradi. O‘zgarmas xarajatlar (
TFC
) chizig‘i grafikda quyidagicha 
tasvirlanadi (11.2-rasm). 
11.2-rasm. O‘zgarmas (
TFC)
 xarajatlar chizig‘i grafigi 
 
O‘zgaruvchan xarajatlar
(
TVC
 - 
Variable Cost
s
) - mahsulot ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda 
o‘zgaradigan xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar 
Q
ga bog‘liq funksiya bo‘lib, 
TVC(Q)
ko‘rinishida yozilishi mumkin. O‘zgaruvchan xarajatlar (
TVC
) chizig‘i 
grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.3-rasm). 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin