O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining muammosi va



Yüklə 438,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix03.10.2023
ölçüsü438,99 Kb.
#151813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi

1.2. Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining muammosi va 
xususiyatlari
 
“Inson yuqori darajadagi o’z-o’zini boshqaruvchi, yordam beruvchi, tiklovchi, 
to’g’rilovchi hatto takomollashtirimb boruvchi bir murakkab sistemadir”,-degan 
edi I.P.Pavlov. Ha, bu xulosalarda juda katta haqiqat borligi bugungi kunda hech 
kimga sir emas. 
Aqli zaiflik tushunchasini to’g’ri tushunishning amaliy va nazariy ahmiyati 
juda katta. Nazariy ahamiyati-bolalardagi nuqsonli ruhiy taraqqiyotning mohiyatini 
chuqurroq bilish uchun zarur. Fanning noaniqligi, konkret emasligi ko’p hollarda 
turli xatoliklarga olib keladi. Shu sababli, aqli zaiflikni to’liq, to’g’ri tushunish 


12 
kerak. Bu narsa o’tkazilayotgan ilmiy-tajriba ishlarining ham noto’g’ri yo’lga 
tushib qolishiga sabab bo’lib qolishi mumkin. “Aqli zaif” likka to’g’ri ta’rif, 
tushuncha berish, uning sabablarini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Buning 
amaliy ahamiyati yanada kattadir. Aqli zaif bolalar uchun maxsus o’quv tarbiya 
muassasalari mavjud. Barcha aqli zaif bolalar yordamchi maktablarbda ta’lim 
olishlari kerak.
Aqli zaif bolalarni to’g’ri aniqlash, ularning butun hayotini belgilab berishini 
inobatga olib, juda ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak. Aqli zaiflikni to’g’ri aniqlash 
atroflicha amalga oshiriladi. Agr bola aqli zaif bo’lmay, ma’lum hususiyatlar bilan 
ularga o’xshasa ham ularni aqli zaif deya olmaymiz. Bu yerda bolaning turli 
analizatorlarining nuqsonlari asosida ham bilim saviyalari pasaygan bo’lishi 
mumkin. Ayniqsa, aqliy normal bolani yanglishib aqli zaif deb hulosalash asosida 
ota-onalarga, bolaga, atrofdagi qarindoshlariga juda katta ma’naviy jarohat 
yetkazishimiz mumkin. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, aqli zaiflarni o’qitish-
tarbiyalash davlatga bir muncha qimmatga tushadi. 
Normal bolaning aqli zaif yoki aksincha bo’lishi ham qator salbiy oqibatlarga 
olib keladi. Aqli zaiflik sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin. Bosh miyaning turli 
kasalliklar bilan kasallanishi, turli jarohatlar bilan birga miyaning yaxshi 
rivojlanmasligi asosida ham aqli zaiflik kelib chiqishi mumkin.
Aqli zaif bo’lish uchun 2ta omil birga kelishi kerak. Bulardan biri-markaziy 
asab tizimining organik buzulishi, hamda shuning oqibatida bola bilish 
faoliyatining turg’un pasayishi yuz bergan bo’lsagina aqli zaif deb e’tirof etish 
mumkin. Hayotda aqli zaiflarga o’xshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, 
ularda bilish darajasi past bo’lsada, bosh miyada organik jarohatning yo’qligi 
bolaga aqli zaif deyishimizga imkon bermaydi.
Eshitish qobiliyati turli sabablarga ko’ra nisbatan pasaygan, nutq kamchiligi 
borlar ko’rish darajalari zaiflar, kasalliklari surunkali davom etuvchi bolalarning 
bilim egallash xususiyatlari, darajalari o’zlarining normal hisoblangan 
tengdoshlaridan nisbatan orqada qoladilar.
Ammo, bunday bolalarni aqli zaif deya olmaymiz. Chunki ularning bilish 
faoliyatlari turg’un pasaymagan. Ular bilan tegishli sharoitlarda ta’lim tarbiya 


13 
ishlari olib borilsa, ulardagi bilish kamchiliklari tugatilib o’zlarining normal 
tengdoshlarinikiga yetib olishga imkon yaratiladi.
Ba’zan ota-onalarining ma’lumotlari past bo’lgan oilalardagi bolalarning 
bilim darajalari, ota-onalarning ma’lumotlari yuqori darajada bo’lgan oilalarning 
bolalaridan bir muncha farq qiladilar. Bunday hollarda ba’zan ko’pchilikda 
noto’g’ri tasavvurlar paydo bo’lishi mumkin. Tarbiyasi yaxshi tashkil qilinmagan 
bolalar ham turli xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Ammo, bunday bolalarda 
ham asosiy belgilar bosh miyaning organic buzulishi va bilish jarayonlarining 
turg’un pasayishi uchramaydi. Shu sababli bunday bolalarni ham aqli zaif deya 
olmaymiz.
Oligofrenopsixologiyada aqli zaiflikning 3darajasi haqida bilimlar beriladi. 
Aqli zaiflikning yengil darajasi-debillik deb yuritiladi. O’rtacha darajadagi aqli 
zaiflikni esa-embitsillik deb nomlanadi. Aqli zaiflikning og’ir darajasi-ediotlik deb 
yuritiladi.
Qisqacha bularning har biri haqida toxtalib o’tamiz. Debil bolalar aqli 
zaiflikning eng yengil darajasi bo’lib, yordamchi maktabning 9yillik dastur 
materiallarini muvoffaqiyatli egallaydilar. Bu bolalar yordamchi maktabni bitirish 
bilan birga ma’lum kasb mutaxasislikni ham egallaydilar.
Imbitsil bolalar ommaviy tarzda ta’limga jalb etil maydi. Bu toifa bolalarning 
ayrimlari yordamchi maktab qoshlarida tashkil etilgan imbitsil bolalar sinflarida 
tajriba tarzida o’qitiladi. Bu bolalarning bilim olish darajalari bir muncha 
cheklanganligi sababli, ularning hammasi o’qiy olmaydilar. Bu darajadagi aqli zaif 
bolalr mustaqil hayot kechiraolmaydilar. 
Aqli zaiflikning og’ir darajasi idiotlik deb yuritilib, ular umumta’limga jalb 
etilmaydi. Bu toifa aqli zaif bolalar ijtimoiy ta’minot muassasalarida saqlanadilar. 
Shu muassasalarida bunday bolalar tarbiyalanadilar, davolanadilar. Bu bolalarda 
nutq deyarli rivojlanmagan, o’z-o’zlariga hizmat qilish malakalari shakllanmagan 
bo’ladi. Bu bolalarning harakat tizimlari ham buzulganligi oqibatida ularning 
yugurishlari ham o’ziga hos ko’rinish kasb etadi. Bu bolalardagi barcha salbiy 
hislatlarga qaramasdan ularda ham ma’lum darajadagi elementar ko’nikma, 
malaka, odatlar tarbiyalash mumkin. 


14 
1950-yillardan keyin I.P.Pavlov ta’limotni chuqurroq, ijodiy o’rganish 
asosida aqli zaiflikni tor tushunishga chek qo’yildi. Bu ta’limot asosida 
“himoyalovchi-saqlovchi” jarayonning mohiyati ochib berildi. Ruhiyatning 
reflector nazariyasi markaziy asab tizimining kasallanishi natijasida ish qilish 
qobiliyatining buzulishini oydinlashtirib berdi. Aqli zaif bolalar oily asab 
faoliyatining hususiyatlari borasida A.R.Luriya , M.S.Pevzner tomonidan amalga 
oshirilgan ilmiy ishlar juda katta nazariy ahamiyatga ega bo’ladi. 1962-yildagi 
xalqaro kengash oily asab faoliyati fiziologiyasining masalalarini to’g’ri tahlil 
qilishga yordam berdi. Mashxur psixolog oligofrenopsixologiyaning asoschisi 
L.S.Vigotiskiy ta’limoti juda katta nazariy, amaliy ahamiyat kasb etdi. Hozirgi 
kunda Vigotiskiy ta’limoti yanad dolzarblashib bormoqada. Turli etmologik 
omillar asosida kelib chiqadigan aqli zaiflarni deferensiallashgan holda ta’limga 
jalb etish ishlari ishlab chiqilmoqda.
Qator ilmiy-tajriba kuzatishlarning ko’rsatishicha, aqli zaif va normal 
bolalar taraqqiyoti yagona, umumiy rivojlanish qonuniyatlari asosida amalga oshar 
ekan.
Normal rivojlanish barcha bosqichlarda dinamik tarzda amalgam oshsa, aqli 
zaif bolalar rivojida bir muncha сhetga chiqish ko’zga tashlanar ekan. Aqli zaif 
bolalar rivojlanishi bosh miya nuqsoni asosida kechar ekan demak, aqli zaif bolalar 
markaziy asab tiziminig turli tomonlari, ruhiy jarayonlar dinamik tarzda 
rivojlanadi. Bu borada L.S.Vigotiskiyning “birlamchi” va “ikkilamchi” nuqsonlar 
nazariyasi “erishilgan” va “yaqin vaqtlarda erishish mumkin bo’lgan daraja” 
haqidagi ilmiy ishlari nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Birlamchi nuqsonlar 
deganda bosh miyaning turli salbiy ta’surotlar oqibatida organik buzulishini 
tushunamiz.
Bunday salbiy ta’surotlarga turli jarohatlar, urulishlar, kasalliklar kiradi. 
Bularning barchasi bosh miyani u yoki bu darajada zararlaydi. Yuqoridagi 
birlamchi nuqsonlar ta’siri ostida ikkilamchi nuqsonlar yuzaga keladi. Bunday 
nuqsonlar ikkilamchi hosillalar deb ham yuritiladi. Ikkilamchi nuqsonlarning 
mazmuni asosan birlamchi nuqsonlarning chuqurligiga, darajasiga, yuz bergan 


15 
vaqtiga ko’p jihatdan bog’liq. Ikkilamchi nuqsonlar bevosita aqli zaif bola 
shaxsidagi turli o’zgarishlardir.
“Erishilgan” (aktual) taraqqiyot zonasi deganda tekshirilayotgan vaqtdagi 
bolaning taraqqiyot darajasi tushuniladi. “Yaqin vaqtlarda rivojlanishi mumkin 
bo’lgan daraja” esa, ma’lum ta’lim-tarbiya, taraqqiyot bosqichlaridan keyingi 
rivojlanish darajasini tushunamiz. Vigotiskiyning takidlashicha, ta’lim-tarbiya 
taraqqiyotdan oldinda boradi. Shu sababli ta’lim-tarbiyani bolaning “erishilgan” 
taraqqiyot darajasiga qarab emas, balki bolaning “yaqin vaqtlarda rivojlanishi 
mumkin bo’lgan daraja” ga asoslanib tashkil qilish lozim. Ma’lumki, aqli zaif bola 
tafakkurining rivojlanmasligi asosida bosh miya po’stloq osti qismlar faoliyatining 
buzulishi yotadi. Pedagoglar fikricha, aqli zaif bola taraqqiyoti davomida nazariy 
bilimlarni egallab boradi. Ammo bolaning aqliy koefsenti o’zgarmaydi degan 
fikrni yoqlab chiqqanlar. Ruhiyatning rivoji og’ir darajadagi aqli zaiflarda ham 
davom etadi. Hatto aqliy nuqson og’irlashib boruvchi holatda ham ruhiy 
rivojlanish davom etadi. Bola ruhiyati har qanday o’g’ir nuqsonda ham rivojlanib 
borish xususiyatiga ega ekan.
J.I.Shifning etirof etishicha “aqli zaif bola ruhiyati, normal bola ruhiyati kabi 
rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi”. Ruhiyatning rivojlanish qonuniyatlariga 
ta’lim-tarbiya ham ma’lum darajada ta’sir etadi.
Oligofreniya muammosiga bag’ishlangan adabiyotlarni tahlil qilsak 2ta o’ziga 
hos oqimni ko’rish mumkin.
Birinchi oqim tarafdorlarining takidlashicha, aqli zaif bola u yoki bu 
darajada sodda, elementar bilimlarni o’zlashtiradi. Ammo, ular umumlashtirish, 
abstraksiyalash jarayonlarini normal boladek bajaraolmaydilar. Ruhiyatning qaysi 
sohasini olmang taraqqiyotda yuqori darajaga yeta olmaydilar. Bularning asosida 
yetakchi kamchilik bo’lgan umumlashtirish jarayonlariningn zaifligi yotadi.
Ikkinchi oqim L.S.Vigotiskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ruhiy 
taraqqiyotni yagona jarayon deb hisoblab, har bir rivojlanish bosqichi undan 
oldingi rivojlanish darajasiga bevosita bog’liqligini uqtiradi. Vigotiskiy birlamchi 
va ikkilamchi nuqsonlarni ajrata bilish zarurligini ko’rsatadi. “Dastlabki va tez 
uchraydigan nuqson psixologik funksiyalarning rivojlanmasligidir. Buning asosida 


16 
xotira, tafakkur, xarakter buzulishlari yotadi. Nuqsonli bola ruhiyati 
rivojlanishining asosiy belgisi biologik va madaniy rivojlanish orasidagi 
bog’liqlikning buzulishidir”,-deb ta’kidlaydi Vigotiskiy.
Boladagi biologik nuqson o’z navbatida madaniy bilimlarni egallashga 
to’sqinlik qiladi. Vigotiskiy nazariyasiga ko’ra, oily ruhiy funksiyalar-xotira, 
tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Aqli zaif bola rivojidagi 
biologik va madaniy sohalarining bir-biridan uzoqlashishi natijasida ulardagi 
intilish va talablar diagormonik, uyg’un bo’lmagan tarzda shakllanadi. 
S.S.Karsakov 1905-yilda chop etilgan “mikrosefalar psixologiyasi” asarida 
“chuqur darajadagi aqli zaif bolalarda atrofni bilishga bo’lgan intilish 
shakllanmagan”,- deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni G.E.Suhareva o’z ishlarida 
rivojlantiradi. M.G.Blyumina esa “bog’cha yoshidagi oligofren bolalarga bo’shliq, 
zaiflik, tashabbussizlik, qiziqishlarning yetishmasligi hosdir”,-deb ko’rsatadi.
Shuni qayd etish o’rinliki, aqli zaif bolalarda jinsiy yetilish muddatidan bir 
muncha oldin potologik tarzda yuz beradi. Albatta, bu holat nuqsonli mazmun 
kasb etadi. Shuning asosida sekin asta barcha ruhiy rivojlanish buzila boshlaydi. 
Aqli zaif bolalar nutqi bir muncha sekin rivojlanib boradi. Buning natijasida aqli 
zaif bolalar atrofdagilar bilan muomilasi kechikib boradi. Ma’lumki jamoa bola 
ruhiyatining rivojlanishida yetakchi omil vazifasini o’taydi. Ammo aqli zaif bolalar 
normal tengdoshlaridan ortda qoladilar. 
Aqli zaif bola ruhiyatining rivoji ichki va tashqi noxush sharoitlar asosida 
qiyin amalga oshadi. Asosiy noxush omillarga boladagi qiziqishlarning zaifligi, 
qiyin o’quvchanligi yomon idrok ko’ratish mumkin. Aqli zaif bolalardagi bunday 
xislatlar ichki biologik belgilardir. Shular asosidan aqli zaif bolalar jamoasidan 
chetga chiqib qoladi. Vigotistkining 1936 yilda chiqqan “Taraqqiyot daignostikasi 
va qiyin bolalikning pedagogik klinikasi” nomli asarida qo’yidagi fikrlarni 
bildiradi. “Siptom birlamchi nuqsonlar qancha uzoq tursa, shuncha oson tarbiyaga, 
davolashga beriladi”. Bu qo’llanmada nuqsonlikning erta diagnostika qilishning 
ahamiyatli ekanligini alohida ko’rsatib o’tadi. Muammo yuzasidan salmoqli 
M.S.Pevzner va V.I.Lyuboviskiy faoliyatlariga to’g’ri keladi. Ular o’zlarining uzoq 


17 
yillik kuzatishlar asosida 1936 yil “Oligofren bolalarning taraqqiyot dinamikasi” 
deb nomlangan fundamental asrlarida aqli zaif bolalarning aqliy taraqqiyotidagi 
samarali davrlarni ko’rsatib berganlar. Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ta’limning 
dastlabki yillarida xar taraflama pedagogik ta’siriga qaramay, aqli zaif bolalarning 
aqliy rivoji sekin amalga oshar ekan. Aqli zaif bola taraqqiyotida 3-4 sinflar asosiy 
rol o’ynar ekan. Bu yoshlarda ularning aqliy rivojida sezilarli siljishlar yuz berar 
ekan. O’smirlik davrida egallangan bilimlar mustaxkamlab borar ekan ammo bilim 
egallash bilan uni amalda qo’llay olish orasida katta farq yuzaga keladi. Aqli zaif 
bolalarning ruhiy taraqqiyotida yuqori sinflar yetakchi rol o’ynaydi. Albatta 
olimlarning xulosalari asosiy aqli zaif bolalarning ko’pchiligiga taa’lluqli. 
Bizningcha ayrim aqli zaif bolalar yuqoridagi ayrim yosh davrlarga to’la mos 
kelmasligi mumkin.


18 

Yüklə 438,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin