O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


Aqli zaif bolalar ruhiy jarayoniga ko’ra normal



Yüklə 438,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix03.10.2023
ölçüsü438,99 Kb.
#151813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi

1.3. Aqli zaif bolalar ruhiy jarayoniga ko’ra normal 
tengdoshlaridan farqlash
 
Xozirgi vaqtda umumta’lim maktablarda ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalarni uchratishimiz mumkin. Bu bolalar maktab o’quv fanlarini o’zlashtirishda 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Lekin ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan 
aqli zaif bolalar va tengdoshlarini farqlash lozim. Aqli zaif bolalar bilan ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalar o’rtasida qo’yidagi farqlarni ko’rishimiz mumkin. 
Aqli zaif bolalarda nutq va harakatning buzilganni butun rivojlanishi davomida 
ko’rishimiz mumkin. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda esa nutq va 
harakatning buzilishi bog’cha yoshida baratarf etiladi. Ruhiy rivojlanishi 
sustlashgan bolalar mustaqil rasm chiza olishlari ertaklar eshitishda tashabbus 
ko’rsatishlari mumkin. Harakat dinamikasi borgan sari yaxshilanib boradi. 
Masalan, bo’laklarga bo’lingan rasmlarning bir butunligini yig’ishda uncha 
qiyinchiliklarga uchramaydi vazifalar murakkablashib, rasm bo’laklar soni 4-6 
oshsagina pedagog yordam beradi. Bunday bolalar maqol va latifalar, topshiriqlar 
mazmuni to’g’ri tushunadilar. Lekin normal tegdoshlariga nisbatan tushunishlari 
aniq saviyada bo’ladi.
O’z holatlarini aksariyat hollarda anglaydilar mustaqil yoki kattalar 
yordamida to’g’rlaydilar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkuri 
hotirasi idrok etishi o’z tengdoshlariga nisbatan biroz orqada qoladi. Ruhiy 
rivojlanishning bunday orqada qolishiga sabab, ona xomiladorlik vaqtida turli xil 
taksikoz xodisalari yuz berishi, ovqatlanishining buzilishi oqibatida bo’lishi 
mumkin. Onaning turli xil verusli gepotet, ich terlama, gripp kabi kasalliklar bilan 
kasallanishi yoki bola tug’ilishi jarayonida asfeksiya holati munosabati bilan 
bo’lishi mumkin. Shu sabablar bolalarning psixik kamol topib borishining orqada 
qolishiga olib keladi.
Bunday bolalarni yurish turishida infantellik, ya’ni o’zlaridan kichikroq 
yoshdagi bolalar uchun harakterli bo’lgan xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin. Ular 
maktabga kelganlarida o’quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydilar, maktab 
topshiriqlarini yaxshi idrok etmaydilar, ta’lim olish uchun yetilmagan bo’ladilar.


19 
Ularda maktabga qiziqishi bo’lmaydi berilgan topshiriqni albatta bajarish 
kerakligini tushunmaydilar. Ular o’qish va yozishning boshlang’ich malakalarini 
qiyinchilik bilan egallaydilar. Ta’lim tarbiya to’g’ri tashkil etilganda bolalardagi 
psixik intfaltelizm asta- sekinlik bilan baratarf etilishi mumkin. Bunday bolalarni 
tibbiy pedagog-psixologik jihatdan taqqoslaganda ularda psixik kamol topish sust 
borayotganligi bu holat oligofreniyaga o’xshash manzarani keltirib chiqarayotgani 
ko’rishimiz mumkin. Bu xildagi bolalarni o’z vaqtida aniqlash va ularni yuzaki 
sinfdan sinfga ko’chirmaslik lozim. Aks holda ular o’qv dasturlarni o’z vaqtida 
o’zlashtira olmay umumta’lim maktablarning ulgurmovchi o’quvchilariga aylanib 
qoladilar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o’quvchilar bilan ishlash uchun maxsus 
tadbirlar ishlab chiqish lozim. Bu guruhdagi bolalar uchun umumiy 
mustahkamlovchi davolash, osoyishta rejim va o’quv prossesida individual yo’l 
tutish tadbirlari ko’rsatiladi. Ta’lim vaqtida ular uchun ko’proq emosional o’yin 
elementlaridan foydalanish topishriqlarni asta – sekin oshirib borish bolalar 
shaxsiyatidagi ijobiy va eng kuchli tomonlardan faollik nutqning yaxshi 
rivojlanganlik motorikaning puxtaligi va to’la qonli imkoniyatlardan foydalanish 
lozim. Pedagog bolalar va ularning ota – onalar bilan mustahkam aloqada ishlashi 
harakat qilishi bolaning ruhiy kamol topishini rag’batlantirish imkonini beradi.
Ba’zi xollarda ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o’qishni sal kechroq 8 
yoshdan boshlashi maqsadga muvofiq. Ammo bu masalani vrach bilan birgalikda 
ta’lim – tarbiya ishi va tashxiz natijalarni chuqur taxlil qilgandagina hal qilish 
zarur. Oila va bolalar bog’chasi bola bilan ishlashda uni maktabga tayyorlashda 
individual yo’l tutishi lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan 
sanatoriyalarda davolash ishlarini olib borish, sanatoriya sharoitida ta’lim–tarbiya 
ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish organizmni mustaxkamlaydigan bir qator davolash 
tadirlarni qo’llash bolaning hatti harakatini yaxshilashga olib keladi. Rivojlangan 
inson shaxsi aqli zaifnikidan ma’lum dunyoqarash bo’yicha farqlanadi. Jamiyatda 
o’z o’rnini faximlab yetadigan, ma’lum masadga ega bo’lgan maqsadlar yo’lida 
mustaqil xarakat qila oladigan kishilar shaxs xisoblanadilar.


20 
Bunday imkoniyatlardan chetda qolgan kishilar deb aqli zaif bo’lgan 
insonlarni tushunamiz. Shu sababli dunyoqarash ong, mustaqillik, shaxsni 
tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar shaxsi masalasi 
oligofrenopsixologiyasida nisbatan kam o’rganilgan masalalaridan biridir. 
Mashhur psixolog S.L.Rubenshteyn o’z g’oyasini tushuntirib shunday deydi. “Har 
qanday tashqi ta’surotlar kishiga bevosita organizmning ichki sharoiti orqali ta’sir 
etadi. Bu ichki sharoitning asosiy fiziologik qismini asab tizimining xususiyatlari 
tashkil etadi”. Boshlang’ich sinflardagi aqli zaif bolalarning tushunchalari bir 
muncha yuzakiligi oqibatida shaxsiy sifatlar ham shunga mos tarzda shakllanib 
boradi. 
Aqli 
zaif 
bolalar 
ahloq 
odob 
tushunchalarini 
ota-onalaridan 
o’qituvchilaridan kitoblardan bilib oladilar ammo bu bilimlarni hayotga tadbiq 
etishda qiynaladilar yoki noto’g’ri tadbiq etadilar. Shular oqibatida aqli zaif bolalar 
tez-tez anti ijtimoiy ahmoqona saliy ta’sirlarga tushib qoladilar.
Qator mamlakatlarda aqli zaif bolalarning ta’lim tarbiyasi majburiy emas. 
Ayrim mamlakatlarda moddiy ta’minlangan oila farzandlarigina maxsus ta’limga 
jalb etilgan. Bunday sharoitda aqliy nuqsonli bolalar mehnat tayyorgarligidan 
chetda qolib turli ko’ngilsiz oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu 
joylarda jinoiy elementlar aqli zaif bolalarning nuqsonlardan foydalanib ulardan 
o’zlarining maqsadlari yo’lida foydalaniladilar. Bunday ko’ngilsiz voqyealar 
haqida Ch.Dikens va B.Braxit keng ma’lumotlarni beradilar. Aqli zaif bolalarning 
jinoiy ishlarga kirib qolganligini bir qator matbuot ma’lumotlardan bilsa bo’ladi. 
Qator mutaxssislar bu kabi ma’lumotlardan noto’g’ri xulosa chiqarmoqdalar. Aqli 
zaif bolalar ahloqiy nuqsonlilar degan fikrga kelmoqdalar. Bu albatta noto’g’ri 
tasavvurdir. Hech qanday bosh miya zararli anti ijimoiy, anti ahloqiy 
moyilliklarning kelib chiqishiga zamin yarata olmaydi og’ir kasalligi oqibatida 
jamoat tartibini buzgan bola tartibni tushunmaslik yoki o’z harakatlariga raharlik 
qila olmasligi oqibatida qilgan bo’lishi mumkin.
Kasallik bu kabi millatlarga asos bo’lmasdan, balki bola yashayotgan 
muhit. Rivojlanayotgan afof-muhit sababchidir. Respublikamizda umumiy ta’lim 
turli nuqsonlilarga ham tegishlidir. 


21 
Shular oqibatida, ko’pchilik aqli zaif bolalar hayotda o’z o’rinlarini 
topib 
ketganligini 
ko’rsatish 
mumkin. 
Ruxshunos 
T.I.Goldovskaya 
ma’lumotlariga qaraganda tadqiqot o’tkazilgan tumanlardan birida, bundai 20 yil 
oldin o’kishga yuborilgan akli zaif bolalarning maktabni tugatganlaridan keyingi 
hayotlari tekshirilgsh. Ma’lum bo’lishicha, yordamchi maktabda o’qigan barcha 
aqli zaif bolalar ishga joylashgaplar, oidalarini yaxshi taminlaydigan, normal hayot 
kechirayotgan ekanlar. Yordamchi maktablardagi lisey talim-tarbiyaiing to’g’ri 
yo’lga qo’yilishi asosida aqli zaif bolalar hayotga to’g’ri moslashganlar. Shaxsining 
to’g’ri shakllanishi rivojlanib borishi. 
L.S.Vigotskiyning ko’rsatishicha, ikkilamchi nuqson sifatida namoyon 
bo’lishi shart emas. Har doim ham namoyon bo’lmaydi. Buning uchun albatta, 
tinimsiz, malakani mehnat talab qilinadi. Yordamchi maktablardagi o’qituvchi va 
tarbiyachilar aqli zaif bola shaxsiga salbiy ta’sir etuvchi sabablarni yaxshi 
bilishlari darkor. Yordamchi maktab o’quvchilarida ijobiy xulq tarbiyalash eng 
murakkab masalalardan biridir. Normal bolalarda shaxsiy sifatlarning 
shakllanish xususiyatlari haqida 
L.Y.Bojovich batafsil bayon qilgan. 
Oligofrenopedagogikaning asoschilaridai biri E.Segen ta’kidlab o’tgan aqli zaif 
bolalardagi "hohishning yo’qligi" shaxs shakllanishida qator qiyinchiliklar 
keltirib chiqaradi. L.V.Zanyuv ham aqli zaif bolalar shaxsidagi qator kamchiliklar 
haqida batafsil ma’lumotlar boradi. Aqli zaif bolalar shaxsidagi disgarmoniya, 
nomutanosiblik 
ular 
shaxsining 
rivojlanishidagi 
yetakchi 
kamchilikchilaridandir. Shaxs ijtimoiy-tarixiy kategoriyadir. Uning ijtimoiy 
mohiyati va ijtimoiy vazifasi shaxsning tasnifnomasini belgilaydi. Shaxs-ijtamoiy 
fanlar: tarix, filosofiya, sosiologiya, etika, estetika, psixologiya, pedagogikaning 
o’rganish manbaidir. Shaxs-ijtimoiy taraqqiyot vakili, ongli individ bo’lib, 
jamiyatda mamuriy egallaydi va ma’lumot bajaradi. 
Rol - bu shaxsning ijtimoiy funksiyasidir. Masatan, ota-onaiing vazifasi 
bolalarni tarbiyalashdir. Maktab direktorining roli o’qituvchilarning talim 
jarayonini tashkil etishidir. Shaxs pozisiyasi uning tutgan o’rni - bu uning aloqalar 
tizimidir. 


22 

Yüklə 438,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin