O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


  2.2. Aqli zaif bolalarni ta’limga o’rgatishda ruhiy jarayonlarning



Yüklə 438,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix03.10.2023
ölçüsü438,99 Kb.
#151813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi

 


29 
2.2. Aqli zaif bolalarni ta’limga o’rgatishda ruhiy jarayonlarning 
ta’siri
 
Yordamchi maktablardagi ta'limning umumiy vazifalari maxsus aqli zaif 
o`quvchilar nuqsonlarini tuzatish vazifasi bilan birga olib boriladi. Shu sababli 
yordamchi maktablardagi ta'limning asosiy, zaruriy xususiyatlaridan biri uning 
nuqsonni tuzatishga yo`nalganligida bo`lsa, ikkinchi xususiyati, uning bolaning 
rivojlanishida o`ziga xos amalga oshirilishidadir. Bosh miya faoliyatlari nuqsoni 
asosida aqli zaif o`quvchilarning rivojlanishi cheklangan bo`lib, orqada qoladi. 
Aqli zaif bola kam rivojlangan emas, balki o`zgacha rivojlangan va 
rivojlanayotgan boladir. Uning rivojlanishi nuqsonli ravishda boradi. Aqli zaif 
o`quvchining bilish faolligi va mustaqilligi birmuncha past bo`ladi. Bu kamchilik 
ularning bevosila hayot qiyinchiliklariga duch kelganlarida namoyon bo`ladi. 
Meyyordagi ommaviy maktab o`quvchilari ma'lum voqealarga e'tibor berib, 
nlar haqida bilim egallasalar, aqli zaif o`quvchilar bu voqealarni sezmasliklari 
mumkin. Bu holat. yordamchi maktablardagi ta'lim-tarbiyani qiyinlashtiradi. 
Shunga qaramasdan yordamchi maktab ta'limi bu o`quvcliilarda faollik, 
mustaqillikni rivojlanlirisliga xizmat qilishi kerak. Shuni ta'kidlash o`rinliki, aqli 
zaif o`quvchilardagi buzilgan ruhiy jarayonlar maxsus pedagogik ta'sirga yaxshi 
beriladi. Shu sababli yordamchi maklab ta'limida «yaqin orada rivojlanishi 
mumkin bo`Igan zbna»ga alohida e'tibor beriladi. 
Yordamchi maktab ta`limining - uchinchi, o`ziga xos xususiyati ta'lim 
nazariyasi va amaliyotining bog`liqligidir. Yordamclii maktab ta'limi amaliy 
yo`nalishga ega. Amaliyot aqli zaif bolalarning nazariy bilimlarni egallaslilariga 
yordam beradi hamda ular amaliyotda qatnashib, nazariy bilimlarini oshirib 
boradilar. 
Yordamchi maktab ta'limining ko`rgazmaliligi ham uning o`ziga xos 
tomonlaridan biridir. A. N. Graborovning ta'kidlashicha, ko`rgazmalilik icirok, 
tas;-iwurlai"ni tuzatishga inikoniyat yaratadi. Sliu sahabli yordamchi rnaktabiarda 
ko`rgazmalilik ommaviy maktablardan ko`ra ko`proq ahamiyatga ega.
Aqli zaif bolalar ko`rgazmalilik orqali narsa, voqealarning ichki mohiyatini 
tushunib boradilar. Shu orqali ulaming fikrlash faoliyatlari to`g`rilanib boradi. Har 


30 
qanday ko`rgazmalilik bilan maqsadga erishish mumkin emas. Balki 
ko`rgazmalilik og`zaki tushuntirishlar bilan birga namoyish etilgani kutilgan 
maqsad qilish mumkin. Shundagina aqli zaif bolalarning nutqai, tafakkuri birga 
rivojlanib boradi, yordamchi maktab ta'Iimi jarayonida aqli zaif bolalarning faol 
emasligini, mustaqil ishlashlarining chegaralanganligini e'tiborda tutish kerak. Aqli 
zaif bolalardagi bu xususiyatlaryordamchi maktab talimining oxirida ham normal 
tengdoshlariga yela olmaydi. Shu sababli yordamchi maktabning barcha sinflarida 
o`qituvchilar bu kamchiliklarni bartaraf etib borishlari kerak. 
Shuni ta'kidlash joizki, yordamchi maktab talimi sodda, o`quvchilar 
nuqsoniga moslab, mexanik tarzida berilishi tufayli har doim ham kutilganday 
natija bermaydi. Shu sababli o`quv materiallari qancha sodda bo`lmasin, albatta 
ongli, tushunarli tarzda berilishi kerak. Shundagina bu ta'lim o`quvchilar 
nuqsonlarini tuzatishga yordam beradi. Yordamchi maktabdagi ta'lim o`qituvclii 
va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo`lib, o`quvchilarning bilishi olishiga, 
zarur ko`nikma va malakalar hosil qilishiariga xizmat ko'rsatadi. 
Oligofrenopedagogning faoliyati deganda o`qitish, yordamchi maktab 
o`quvchilariga bilim berish tushuniladi. Talimda esa o`qituvchining vazifalari 
birmuncha kengayadi, ya'ni o`qituvchi bilim berish bilan kifoyalanib qolmasdan, 
ko`nikma, malakalar ham beradi. Mustaqil bilim egallash yo`llarini tushuntiradi. 
Shu bilan birga o`quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qiladi va uni 
boshqarib boradi. O`quvchilar faoliyati deganda ularning ma'lum bilimlar 
yig`indisini egallab borishlari tushuniladi. Ta'lim bilan o`qish bir-biri bilan uzviy 
bog`liq. Bilim egallash ta'lim jarayonining asosini tashkil qiladi va uning asosiy 
mohiyatini belgilaydi. 
Bilim, ko`nikma, malakalar egallash jarayonida aqli zaif o`quvchilarning 
bilish jarayonlari shakllanib boradi hamda ularning hissiyot-iroda sifatlari 
rivojlanadi.
Shular oqibatida o`quvchilarning bilimga qiziqishi, ish qobiliyatlari, 
tirishqoqlik kabi shaxsiy sifatlari takomillashib, ular bir butunligicha tarbiyalanib, 
hayotga bo`lgan munosabatlari shakllanib boradi. 


31 
Shunday qilib, yordamchi maktabda ta'lim va tarbiya yagona o`quv 
jarayoniga aytanadi. O`qituvchi o`quvchilarni o`qitish bilan birga ularni 
tarbiyalaydi ham. Ta`lim, tarbiya shaxsning rivojiga qaratiladi. O`quv jarayoni 
ta'lim, tarbiya, kamolot birligini ta'minlaydigan murakkab jarayondir. Bu haqida 
oldingi bo`limda fikr yuritilgan edi. Ta`im, tarbiya, kamolot bog`liqligining 
murakkabligi asosan ikki omil bilan belgilanadi. Birinchi o`rinillarini, tarbiya, 
rivojlanish jarayonining tashqi sharoitlari (o`qiluvchining mahorati, uning 
malakasi, shaxsiy sifatlari, ta'lim-tarbiyani tashkil qilishi, ta'lim-tarbiya 
usullarining maqsadga qaratilganligi) bo`lsa, ikkinchi omil – ta`lim, tarbiya va 
rivojlanish jarayonlarining ichki tomoni bo`lib, bular o`quvchilarning yosh, 
individual va xarakter xususiyatlaridir. S.L.Rubinshteyn haqli ravishda tashqi 
sabablar, taassurotlar ichki sharoit orqali ta'sir qiladi, degan edi. Shu sababli 
o`qituvchi ta'lim jarayonini tashkil qilishda ularning barcha xususiyatlarini 
e'tiborga olish bilan birga, ichki holatlarini, muayyan, yakka bola xususiyatlarini 
ham nazarda tutishi darkor. 
Ta'lim jarayonida o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakaiar shakllanib 
boradi. Pedagogikadan ma`umki, bilim deganda insoniyat tomonidan egallangan 
obyektiv, muayyan tushunchalar, fikr yuritish, qonun va qoidalar tushuniladi. 
Ta'lim orqali berilayotgan bilimlar ilmiy xarakter kasb etgan borishi shart. 
o`quvchilar ongida to`g`ri bilimlarni shakllantirish uchun ta'limda xususiydan uni 
bilim o`lish tamoyili asosida ish yuritiladi.
Bilim bilan malaka uzviy bog`liqdir. Bolalar ma'lum bilimlar asosida misol, 
masala yechadilar, grammatik tahlil qiladiiar. Aqli zaif bolalarda analitik-sintetik 
faoliyat stereotip mazmunda bo`lganligi uchun ular ko`p hollarda samarali faoliyat 
usullaridan foydalana olmaydilar.


32 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish ham yordamchi maktab ta'limining asosiy 
vazifalaridan biridir. o`quvchilarning bilimlarni egallashlari asosida ko`nikma va 
malakalar shakllanib boradi va bu o`qituvchidan alohida e'tiborni talab etadi. Aqli 
zaif bolalardagi dunyoqarashning juda murakkab va dinamik jarayon ekanligi 
barcha ta'lim bosqichlarida izchil ish olib borishni talab ctadi. Har bir insonning 
hayotida yangi bilimlar, tajribalar oldin egallangan bilimlar tizimiga albatta ta'sir 
etadi. Yangi bilim, dalillarni egallab borish asosida bolalarning atrof-ruhiyatga, 
boshqa kishilarga munosabati o`zgarib boradi. Shu tariqa ta'lim jarayonida aqli 
zaif bolalarda uni o`rab olgan muhitga munosabatning dinamik tizimi tarkib topa 
boradi.
Bilimlarni egallash, o`rganish xos ravishda bir necha bosqich asosida yuz 
beradi. Bilishning birinchi bosqichida narsa, voqealar idrok etilib, qisman 
tushuniladi. Bu bosqichda yordamchi maktab o`qituvchisining asosiy vazifasi 
mumkin qadar bolalarning idrok etishini osonlashliradigan ishlar bo`lishi lozim. 
Yangi bilimlar egallash uchun asos bo`la oladigan narsa oldingi bilimlarning 
qanchalik mustahkam o`zlashtirilganlik darajasidir. Bolalarning qiziqishlari, o`quv 
materiallarini qanchalik tushunishlari ularning sezgi va idrok xususiyatlariga 
bog`liq. Bu omillar ular bilish faoliyatlarining o`ziga xosligidan ham kelib chiqadi. 
Aqli zaiflik nuqsonida sezgi va idrok birmuncha saqlangan ruhiy jarayondir. 
Mnrkaziy asab sistemasidagi organik jarohatlar natijasida ba'zan ayrim 
anajizatorlar ishida patologik o`zgarishlar kuzatiladi. Aqli zaif bolalarning sezgi va 
idrok xususiyatlari ularning tafakkuri, nutqi va boshqa psixik jarayonlarning 
rivojlanmaganligi bilan yaqin aloqada bo`ladi. Materiallarni dastlabki idrok etish 
asosida taqqoslash, sodda umumlashtirishlar amalga oshiriladi. Shu sababli 
o`qituvchi o`quvchilar faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, dastlabki idrok 
vaqtida materiallar mazmunini ular tushunsinlar. o`qiluvchi savoilar orqali 
bolalarning idrok, tushunish darajalarini aniqlab boradi. Ayrim hollarda o`quv 
mateiiallarini egallashlarida ifodalilik, hissiy kayfiyat ham katta rol o`ynaydi. Shu 
asosda idrok etilgan o`quv materiallari tushunilib boriladi.
Shu vaqtdan boshlab materialni to`la tushunish boshlanadi. O`quvchilar 
ayrim narsa, holat, voqealarni boshqaiari bilan taqqoslaydilar. Ular orasidagi 


33 
bog`liqlikni topadilar, tahlil qiladilar. Shular asosida umumiy xulosa chiqaradilar. 
Bu bosqichda o`qituvchining muhim vazifasi mumkin qadar bolalarning fikrlash 
imkoniyatlarini faollashtirishdan iboratdir. Bu bosqich o`zining murakkabligi bilan 
boshqa bosqichlardan ajralib turadi. Chunki aqli zaif bolalardagi asosiy nuqson 
tafakkurning rivojlanmaganigidir. Bolalarning tasavvuri bilimlarni egallashda 
sezgi bosqichidan tafakkur bosqichiga o`tadigan bog`lovchi ko`prik bo`lib, 
yordamchi maktab o`quvchilarida tushunchalar, bilimlar shakllanishida asos 
vazifasini bajaradi. Yordamchi maktab o`quvchilari tasavvurining yuzakiligi, 
kambag`alligi, aniq emasligini ta'lim jarayonida turatib borish talab etiladi. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kelajagi ko’p jihatdan hozirgi 
yosh avlodning shaxs sifatida shakllanishiga. 
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunida, "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi", shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlanrich maktab 
konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish bilan borliq tamoyillarni ishlab 
chiqish va amaliyotga tatbiq etish hamda bu borada islohotlarni quyi bosqichdan 
boshlash lozimligi alohida ta’kidlangan. Ta’lim tizimining samaradorligi esa o’qitishdagi 
ilg’or
usullarni va maktabgacha yoshdagi bolalarni boshlang’ich ta’limga tayyorlash 
muammosini to’g’ri hal etish orqali erishish mumkin. Ayniqsa, aqli zaif bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash, maxsus maktablarda o’qitishning samarali usullarini 
amaliyotga tatbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib 
turibdi

Yüklə 438,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin