O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 438,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix03.10.2023
ölçüsü438,99 Kb.
#151813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi

Tadqiqotning maqsadi
. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni 
ruhiy jarayonlarni o’rganib ularga to’g’ri ta’lim- tarbiya orqali o’z 
tengdoshlari qatoriga qo’shish. 
Tadqiqotning obekti.
Yordamchi maktab internati .
Tadqiqotning predmeti
. Aqli zaif bolalar ruhiyatining namoyon 
bo’lishi, rivojlanishi va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
Tadqiqotning vazifalari.
Aqli zaif bolalarning ruhiy xususiyatlari 
haqidagi 
bilimlar 
bilan 
defektologlarni, 
oligofrenopedagoglarni
qurollantirishdan iborat.



Tadqiqotning metodlari
. Kuzatish, tajriba, suhbat, anketa, test, 
o’quvchilar faoliyat natijarini tahlil qilish va ijodiy faoliyat mahsulotlarini 
psixologik tahlil qilish kiradi. 
Tadqiqotning tuzulishi
. Malakaviy ish tarkibi – kirish qismi, II-bob va 
6 bo'limdan iborat. 



I.BOB. AQLI ZAIF BOLALARDA RUHIY RIVOJLANISH 
JARAYONI BUZULISHINING SABABLARI 
1.1. Aqli zaif bolalarda ruhiy jarayon buzulishining biologik va 
ijtimoiy sabablari 
Respublikamizda rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarning barcha 
sog’lom tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy 
jihatdan kamol topishlari, jamiyatdagi ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk fuqarolik 
darajasidan tayyor bo’lib yetishishlari masalasiga jiddiy etibor qaratilmoqda. 
Jumladan, ushbu kunda tashkil etilgan 86tadan ortiq maxsus maktab, maktabning 
asosiy faoliyati u yoki bu jihatida muommolari bo’lgan bolalardagi pisixik hamda 
jismoniy muammolarni korreksion-kompensator yo’llari yordamida bartaraf etish 
orqali ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, uyg’unlashtirishga qaratilgan. 
Aqli zaif bolalar da ruhiy rivojlanish jarayoni buzulishining sabablari ijtimoiy
va biologik bo’lishi mumkin undan tashqari ruhiy kamchilikka ega bo’lgan bolalar 
ham shu turga yaqin hisoblanadi, masalan ruhiy kamchilikka ega bo’lgan bolalar 
turli ko’rinishlarga, hillarga ega bo’lishi, maxsus psixologiya, potopsixologiya, 
oligofrenlar psixologiyasi fanlarida tashkil etiladi. Aqliy kamchilik deganda biz 
shuni tushunishimiz kerakki, psixologik jarayonlardan idrokni buzulishi 
tafakkurdagi analiz va sintezning nomutanosibligini, hotiradagi unutish (amneziya) 
jarayonini dominant bo’lib qolishi, diqqat xususiyatlaridagi domonantlikni ortib 
ketishi natijasida yuzaga keladigan, ma’lum bir kamchilikni namayon qiladigan 
bolalarni tushunamiz. Lekin bular ruhiy bemor (individ) emaslar, aksincha ma’lum 
bir kamchilikka ega bo’lgan bolalar bilan ishlashni tashkil etishda; a) tibiyot 
hodimlari xulosasiga suyanish lozim. b) ota-onalari xulosasiga suyanish lozim.
Ruhiy kamchilikka ega bo’lgan bolalarni qaysi jarayonida kamchilik borligini 
aniqlab tashxis qo’yib ana shu jarayonlarning rivojlanishi uchun alohida etibor 
beriladi. Aqli zaif bolalarning ruhiy rivojlanish jarayonini esa psixologiya emas, 
oligofrenopedagogika o’rganadi.
Oligofrenopedagogika-aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o’qitish ijtimoiy 
hayotga jalb etish masalalarini o’rganuvchi defektologiyaning bir tarmog’i 
hisoblanadi. Oligofreniya irsiy, tug’ma va go’daklikda orttirilgan bo’lishi mumkin. 



Bunda aqliy norasolikdan tashqari ko’picha bo’y narmal o’smaydi, gavda tuzulishi 
nisbatlari buzulgan, kalla tuzulishi noto’g’ri bo’ladi, bola o’z vaqtida balog’atga 
yetmaydi yoki vaqtidan ilgari balog’atga yetadi. Nutqi, harakatlari buziladi, sezgi 
organlari funksiyasi o’zgaradi, ba’zan tutqanoq tutadi. Ba’zi bemorlar betoqat, 
serjahl boshqalari bo’shashgan kamharakat bo’ladi.
Aqli zaif bolalar ruhiyatini o’rganish nuqsonli bolalar ichida nisbatan 
mukammal o’rganilgan tarmoqdir. Ammo bu tarmoq ham normal bolalar 
ruhiyatiga nisbatan bir muncha keng atroflicha o’rganilmagan. Aqli zaif 
bolalarning o’rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o’qitish, tibbiyot, 
hususan psixatriyaning rivoji bilan uzviy bog’liq. 18-asrning oxirlari 19-asr 
boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o’qitishga oid ma’lu m ijodiy 
qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi. Shuni eslatimb o’tish joizki aqli 
zaiflar ta’lim tarbiyasi masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni o’g’ir darajadagi 
bolalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni o’rganish, 
davolash, tarbiyalash bir muncha kengroq, 19-asrning ikkinchi yarmidan yuzaga 
keldi. 1858-yilda chet el rus pedagogik adabiyotlarida N.A.Dobrolyubov 
tomonidan aqli zaif bolaning o’ziga hos xususiyatlari ochib berildi. Uning 
ko’rsatishicha “faollikning pastligi”, “sekin idrok qilish”, “quruq yodlashning 
ustunligi”, “bir hildagi harakatlar”, “yangi sharoitlarga yomon moslashish”, 
“bilimlarni to’g’ri ishlata olmaslik”-aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. 19-
asr ikkinchi yarmi 20-asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o’rganuvchi , 
davolovchi, tarbiyalovchi , bilim beruvchi qator davolash, tarbilash muassasalari 
ochila boshlandi. 1910-yilda Moskvada aka-singil Postovishiylar boshlang’ich 
bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinf ochdilar. Hamda 
bolalarni o’rganish uchun eksperemental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-
yilda shifokor, psixiatr, professor G.I.Rossolimo Moskvada bolalar psixologiyasi 
va nevrapotologiyasi istitutini ochdi.
Bu yerda aqli zaif bolalar ruhiyatining o’ziga hos tomonlari o’rganila 
boshlandi. 1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya xususan aqli zaif bolalar 
psixologiyasi mustaqil fan sifatida maorif tizimiga kiritildi. Shu davrdan boshlab 
bu muammo davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ishlar tizimiga kiritilib, alohida e’tibor 



berila boshlandi. 1925-yilda Moskvada eksperemental defektologiya institute 
tashkil etildi. L.S.Vigotiskiy rahbarligida muntazam, izchil aqli zaif bolalarni 
o’rganish boshlab yuborildi. Yetuk psixolog Vigotskiy maxsus psixologiya 
sohasida 
juda katta nazariy 
meros 
qoldirdi. 
Hamda 
haqli 
ravishda 
oligofrenopsixologiyaning asoschisi hisoblanadi.1935-yildan aqli zaif bolalar 
ruhiyatini o’rganuvchi labaratoriyni L.V.Jankov boshqara boshladi. 1943-yilda 
mavjud bo’lgan eksperemental defekologiya institute Defektologiya ilmiy 
tekshirish institutiga aylantirildi. Institutgs T.A.Vlasova 1985-yilga qadar rahbarlik 
qildi. Oligofrenopsixologiya boshqa fanlar singari turli fanlar bilan uzviy bog’liq. 
Oligofrenopedagogika, psixatriya, fizalogiya, logopediya, umumiy va bolalar 
psixologiyasi va boshqa fanlar shular jumlasiga kiradi.
Aqli zaif bolalar ruhiyatining o’ziga hosligi hozirgi zamon ilg’or fan 
yutuqlarining natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Normal va nuqsonli bola 
taraqqiyoti umumiy, yagona qonuniyatlar asosida kechishini hisobga olsak, normal 
bolalar psixologiyasi fani aqli zaif bolalar psixologiyasi uchun ilmiy asos rolini 
o’taydi. Aqli zaif bolalar psixologiyasi yosh davrlar psixologiyasi yutuqlariga ham 
suyanadi. Qaysi yoshda, qaysi ruhiy holatlar, qay darajada o’sishini, rivojlanishini 
bilib ish yuritadi. Pedagogik psixologiya ham aqli zaif bolalar psixologiyasi uchun 
yatarli ma’lumotlar beradi. Ijtimoiy va biologic omillar birligi nazariyasini ochib 
berar ekan, aqli zaif bolalar psixologiyasi, oligofreniya klinikasi, nevrapatologiya, 
fizalogiya fanlarining yutuqlariga asoslanadi.
Oligofreniya klinikasi aqli zaiflikning etiologiyasini ochib berishga yordam 
beradi. Nevropatologiya aqli zaif bolalar markaziy asab tizimining anatomik va 
organik buzulishlari haqida bilim beradi. Fizalogiya esa, markaziy asab tizimining 
funksional buzulishlari haqida bilim beradi. Bularning barchasi aqli zaif bola 
ruhiyatining nuqsoni haqidagi bilimlarimizni yanada kengaytiradi.
Aqli zaif bolalar psixologiyasi markaziy asab tizimining eguluvchanligi 
haqida I. P.Pavlovning fizalogik ta’limotiga asoslanadi. Aqli zaif bolalar 
psixolagiyasi psixatrya yutuqlaridan ham foydalanadi. G.E.Suxopeva, M.S.Pavzner 
aqli zaif bolalarni o’rganish ishlariga juda katta hissa qo’shdilar. Ular tomonidan 
aqli zaif bolalar etiologiyasi, patagenezi, davolash ishlari, kasallik natijalari, 



kasallikning ikkilamchi asoratlari atroflicha o’rganildi. o’ziga xos xususiyatlari 
ochib berildi. Ularning taraqqiyot dinamikasi o’rganildi. Aqli zaiflarga xos, 
o’xshash tomonlar o’rganilib bayon etildi. Psixiatr pedagoglar tomonidan 
hamkorlikda tekshirishlar olib borildi, natijada aqli zaiflikni pedagogic, psixologik, 
diagnostic tashxis qilish mezonlari yaratildi ayniqsa aqli zaif bolalar psixologiyasi, 
oligofrenopedagogika bilan bog’liq. Aqli zaiflik sabablari, darajasi qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar, aqliy taraqqiyot davom etadi. Hatto kasallik og’irlashib 
borganda ham bosh miya zaralanishi darajasiga ko’ra taraqqiyot davom etadi.
Fanning uslublari haqida ham biroz to’xtalib o’tsak. Uslublar deganda nimani 
tushunsmiz? Aslida uslublarni turli ma’nolarda tushuntirish mumkin. Turli 
fanlarda mujassamlashgan nazariy, amaliy bilimlarning o’quvchilar ongiga 
yetkazishning u yoki bu yo’lini ham uslublar deb tushunish mumkin. Bu esa har 
bir fanning shu fanga oid bilimlarni tig’ish to’plash yo’llari tushiniladi.
Aqli zaif bolalarning shaxsiy xususiyatlari, ruhiy jarayonlarining o’ziga 
xosligi, bilim olish imkoniyatlari haqidagi oligofrenopedagoglar uchun zarur 
bo’lgan ma’lumotlar quydagi uslublar orqali yig’iladi. Bularga kuzatish, tajriba, 
suxbat, anketa, test, o’quvchilar faoliyat natijalarini tahlil qilish va boshqalar 
kiradi.
Aqli zaif bolalarda ruhiy jarayonning buzulishi – tug’ma, irsiy, ega 
bo’lingan kasalliklar yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan jarohatlar asoratlari 
asosida kelib chiqishi mumkin. Tug’ma muammolarning yuzaga kelish sabablari 
turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda nasliy (genetik) omillar muhim o’rin 
egallaydi.
Tug’ma muammolar rivojlanayotgan homilaga kimyoviy, mexanik, infeksion 
ta’sirlar ko’rsatish natijasida ham paydo bo’lishi mumkin.
Tug’ulgandan so’ng paydo bo’ladigan muammolar ilk yosh davrlarda yuqumli 
kasalliklar bilan og’rish (meningit, polimielit, qizamiq, skarlatina) jarohatlanish 
intaksikatsiya natijasida ro’y beradi. 
Biologik sabablari- bu jarayonning o’zi ham 2xil bo’ladi .
Birinchidan ona homiladorlik vaqtida
- taksikoz hodisalari yuz berishi



- ovqatlanishi buzulishi 
- chala tug’ulish 
- virusli gripp
- bezgak 
- gepatit
- ichterlama kasalliklariga uchrashi
- rezus faktorning to’g’ri kelmasligi
- asfiksiya munosabati
- dispepsiya
- distrofiya
- dizenteriya
- qalqonsimon bezlarning kasalligi
- yurak qon tomir kasalliklariga uchragan onalar ham ko’pincha shu turdagi 
bolalarni tug’ulishini ko’rsatuvchi tadqiqotlar ham mavjud 
Ota- onalarning jinsiy hujayralariga zarar yetkazadigan yoki homila yoxud 
go’dak boladagi markaziy nerv sistemasining rivojlanishini buzib qo’yadigan 
tashqi ta’sirlar : 
- zaxm
- toksiplazmoz 
- avitaminoz
- qandli diabet va bazi hollarda patalogik irsiyat ruhiy jarayonlarning va aqliy 
zaiflikning biologik sabablari bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy sabablari. Ijtimoiy hayotda uchrab turadigan noxush xodisalarning
asl sabablaridan biri aksariyat oilalardagi a’zolar orasidagi iliqlik va mehr-oqibat
poydevoriga putur yetayotganidan kelib chiqayotganligi sir emas . oxir oqibat 
natijasi farzandlarning ota-ona mehrga to’ymay o’sishi, yetarli darajada oilaviy 
hayot qonun-qoidalaridan bebahra qolishi, ayni shu manaviy yetshmovchilik 
mavjud bo’lgan maxsus muassasalarda tahsil olib o’sib ulg’ayib oila qurganlarning 
farzandlari yana shu massasalarga tushib qolishi ayanchli holdir.


10 
Jamiyatimizda mavjud “notabiiy oilaviy sharoit” yaratilgan yordamchi 
maktablarda ta’lim- tarbiya topayotgan bolalar turli xil sabablarga ko’ra ayni shu 
dargohda ulg’ayib, jamiyatni o’rab turgan kishilarning u yoki bu darajadagi
munosabati qurshovida o’sib ulg’ayib kelmoqdalar. Keng manodagi deprivatsion 
muhit ozmi-ko’pmi ularning ijtimoiylashib borishiga turli darajada ta’sir qilmoqda.
Kattalar tengdoshlari, o’zlaridan kichiklar bilan muloqotning turli hillarida 
munosabatga kirishib, shaxslararo munosabatlarga kiritish xususiyatlari, jamiyatda 
mavjud talab va qoidalarga rioya qilish, hayotga moslashish, o’z o’rnini topish 
sirlari bilan tanishadilar. Yordamchi maktablarda tahsil olayotgan ana shunday 
bolalar haqida qayg’uradigan o’qituvchilar, tarbiyachilar va muassasa rahbariyati 
tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydilar.
Oilaviy muhit-bolaning har tomonlama taraqqiyotida eng muhimi 
hisoblanadi. Oilaviy muhit orqali u hayotni, insonlarni, muloqot turlarini tarbiyani 
yoshlik chog’idanoq kattalardan, ya’ni yaqin kishilardan o’rganadi. Bola 
yoshligidanoq nafaqat yurishni, balki gapirishni, buyumlardan qanday 
foydalanishni, o’yinlar o’ynashni, boshqalar bilan muomila qilishni, o’z-o’ziga va 
boshqalarga nisbatan munosabatni oiladan o’rganadi. Oilada tarbiyalanoyotgan 
bolalar hayotda tabiiy holatda erkin o’sadi, chunki doimo oila davrasida ota-ona, 
aka-ukalari, har xil yoshdagi turli xulqdagi insonlar bilan munosabatda bo’ladi. 
Bolaning ko’z oldida ularning bir-biriga bo’lgan, mehnatga bo’lgan munosabati, 
chin insoniy munosabatlar shakllanib boradi.
Oiladagi salbiy munosabatlar esa bola ruhiyatiga juda ayanchli ahvoldagi 
ta’sirini ko’rsatadi. Otaning onaga bo’lgan yomon munosabati, kunda ichib kelib 
janjal qilishi yoki bo’lmasa onaning otaga bo’lgan turli xarxashayu, arzimagan bir 
holatdan kelib chiqadigan janjallar. Ota-onaning ajashib ketib alohida yashashi, 
oilada yetarli sharoit bo’lmasligi bolani siqilishlarga olib keladi, bu siqilishlar esa 
ruhiy jarayonning buzulishiga, ruhiy jarayonning buzulishi esa Aqli zaiflikka, 
tengdoshlaridan orqada qolishiga olib keladi. Oiladagi ota-onaning bunday 
munosabati, bir-birini tushunmasligi ma’naviy qashshoqlik hisoblansa, shu 
ma’naviy qashshoqlik orqasidan butun avlodi buzulishi mumkin, masalan; ota-ona 


11 
mehriga zor bo’lib, o’sgan bola mehribon bo’lmaydi chunki unga mehr 
berilmagan. Endi kim kafolat beraoladi bu bola ham o’z farzandlariga mehr 
beraoladi deb, yo’q u o’zida yo’q narsani qayerdan beradi. Shu tariqa uni mavlodi 
ko’payadi va shu tarzda davom etadi.
“ota-ona va farzand munosabatlari” mavzusida o’tkazilgan eksperimental 
tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar ham yuqoridagi natijalarni tasdiqlaydi. 
Yordamchi maktab o’quvchilaringa taqdim etilgan anketa savollariga olingan 
javoblar umumlashtirilganda o’z davrida oila a’zolari tomonidan kamsitilgan, ruhiy 
va jismoniy jabr ko’rgan bo’lsalarda, xotiralarining tub-tubida ota-onalariga 
nisbatan 
ijobiy 
munosabat 
yotganligi 
aniqlangan. 
Bu 
bilan 
mazkur 
ishtirokchilarning ota-ona mehriga hali ham mushtoqliklari, o’z yaqinlari bilan 
birga bo’lish istagi mavjudligi oydinlashadi. Shunday ekan bu bolalarni manashu 
ahvolga tushushlariga ijtimoiy tomondan olib qaraydigan bo’lsak faqatgina ota-
onalari va oilaviy muhiti aybdor. Bunday holatlarni oldini olish uchun yordamchi 
maktab o’qituvchilari va oila a’zolari birgalikda bola bilan ishlashlari alohida 
e’tibor qaratishlari lozim. yuqorida aytib o’tganimizdek bola boshlang’ich 
tarbiyani oilada oladi va maktabda davom ettiradi.

Yüklə 438,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin