34
- maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning borlangan bayonlari tor, parcha
tarzida bo’lib, hikoyalarida
mantiqiy ketma-ketlik, alohida qismlar bilan bogliqlik
yo’qligi namoyon bo’ldi. Borlangan matnlar ko’pincha bir butunlikni h o s i l
q i l m a y d i g a n a l o h i d a q i s m l a r d a n i b o r a t bo’lib, qisqa bayon etish
bilan xarakterlandi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2005 yilni mamlakatimizda
"Sihat salomatlik yili" deb e’lon qilinishi mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning
muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljishi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan avlodning sog’lom
bo’lishiga, onalik va bolalikning qay darajada muhofaza qilinishiga bog’liqligini
anglatadi.
Davlat va jamiyatning shaxsni har tomonlama rivojlantirishga bo’lgan
ehtiyoji
maxsus ta’lim oldiga bir-qator muhim va o’ta dolzarb vazifalarni hal qilish
majburiyatini qo’ymoqda. Aynan mana shunday korreksion vazifalardan
biri yordamchi maktab o’quvchilarini sog’lom turmush tarziga tayyorlashdir. Buni
esa yordamchi maktabda o’quvchilarigi gigiyenik va ekalogik ta’lim-tarbiya
berish
orqaligina amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Abu Abdullox Rudakiy, Abul Qosim Firdavsiy,
Umar Xayyom, Kaykovus,
Abu Ali ibn Sino, Sa’diy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqa buyuk allomalar
pokizalik, tan va ruh pokligiga juda erta e’tibor berish lozimligi va bu tushuncha
dastlab oilada shakllantirilishi kerakligini ta’kidlanadi .
Qomusiy olimlarimizning asarlarida gigiyenik va ekologik tarbiyaga oid fikr
va
mulohazalari ibratli hikoyalar, she’rlar tarzida ham bayon etiladi.
Insonning hayot sharoiti va tabiiy muhitning muhofazasi masalasi bilan ko’p
vaqtlardan beri gigiyena fani shug’ullanadi.
35
Gigiyena fanining hal etish va aniqlash vazifasi - bu insonning faoliyati va ta’siri
natijasida atmosferada ro’y berayotgan gigiyenik o’zgarishlarning, ya’ni biosferada
zaharli elementlarning migrasiyasi va ularning inson organizmiga ta’siri,
biosferada
konserogen
kimyoviy
mutogen
moddalarning
tarqalishi
organizmlarning nomaqbul zararli moddalarga qarshi ko’rashishidan iboratdir.
Turar joy gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o’smirlar gigiyenasi
– bularning hammasi ekologiya va tabiat muhofazasi bilan uzviy bog’langandir.
Inson salomatligi, uning hayot kechirishi,
keksayguniga qadar ish
qobiliyatini saqlab qolishi ko’p asrlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat
markazida bo’lib kelmoqda.