aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti Pedagogika- psixologiya fakul’teti, Defektologiya” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Charos Egamqulovaning “Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining o’ziga xosligi” nomli bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar X U L O S A S I Aqli zaif bolalar ruhiyatining o’ziga hosligi hozirgi zamon ilg’or fan
yutuqlarining natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Normal va nuqsonli bola
taraqqiyoti umumiy, yagona qonuniyatlar asosida kechishini hisobga olsak, normal
bolalar psixologiyasi fani aqli zaif bolalar psixologiyasi uchun ilmiy asos rolini
o’taydi. Aqli zaif bolalar psixologiyasi yosh davrlar psixologiyasi yutuqlariga ham
suyanadi. Qaysi yoshda, qaysi ruhiy holatlar, qay darajada o’sishini, rivojlanishini
bilib ish yuritilgan. Talaba Charos Egamqulova bitiruv malakaviy ishida o’z aksini
topgan. Bitiruv malakaviy ishi aniq reja asosida tayyorlangan. Ish kirish, 2 bob, 6
paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Muallif tadqiqot ishining birinchi bobida aqli zaif bolalarda ruhiy rivojlanish
jarayoni buzilishlarining sabablari
, aqli zaif bolalarda ruhiy jarayon buzilishining
biologik va jismoniy sabablari, aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining muammosi va
xususiyatlariga qo`yiladigаn tаlаblаr yoritishga harakat qilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida aqli zaif bolalar ruhiy jarayoning o’quv
faoliyatiga ta’siri va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar, aqli zaif bolalar
bilish faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari, aqli zaif bolalarni ta’limga o’rgatishda
ruhiy jarayonlarning ta’siri, Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonidagi muammolarni
bartaraf etishning korreksion, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni komplekst
tashkillashtirish masalalarini yoritib bergan. Muallif o’z ishda aqli zaif bolalarni
bilish va ruhiy jarayonlarni shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari ustidа
kuzatish ishlarini olib borgan va xulosa qilgan.
Bitiruv malakaviy ish mustaqil tayyorlangan, xulosalangan va tavsiyalar
ishlab chiqilgan bo`lib barcha talablarga javob beradi. Bitiruv malakaviy ishni
himoyaga tavsiya qilaman.