50
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti
Pedagogika-psixologiya fakul’teti, Defektologiya” ta’lim yo’nalishi 4-
bosqich talabasi Charos Egamqulovaning “Aqli zaif bolalar ruhiy
jarayonining o’ziga xosligi” nomli bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Aqli zaiflikning og’ir darajasi
idiotlik deb yuritilib, ular umumta’limga jalb
etilmaydi. Bu toifa aqli zaif bolalar ijtimoiy ta’minot muassasalarida saqlanadilar.
Shu muassasalarida bunday bolalar tarbiyalanadilar, davolanadilar. Bu bolalarda
nutq deyarli rivojlanmagan, o’z-o’zlariga hizmat qilish malakalari shakllanmagan
bo’ladi. Bu bolalarning harakat tizimlari ham buzulganligi
oqibatida ularning
yugurishlari ham o’ziga hos ko’rinish kasb etgan. Talaba Charos Egamqulova
bitiruv malakaviy ishida o’z aksini topgan. Bitiruv malakaviy ishi aniq reja asosida
tayyorlangan. Ish kirish, 2 bob, 6
paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxatidan iborat.
Muallif tadqiqot ishining birinchi bobida aqli zaif bolalarda ruhiy rivojlanish
jarayoni buzilishlarining sabablari
,
aqli zaif bolalarda
ruhiy jarayon buzilishining
biologik va jismoniy sabablari, aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining muammosi va
xususiyatlariga qo`yiladigаn tаlаblаr yoritishga harakat qilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida aqli zaif bolalar ruhiy jarayoning o’quv
faoliyatiga ta’siri va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar, aqli zaif bolalar
bilish faoliyatini o’ziga
xos xususiyatlari, aqli zaif bolalarni ta’limga o’rgatishda
ruhiy jarayonlarning ta’siri, Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonidagi muammolarni
bartaraf etishning korreksion, ta’limiy va tarbiyaviy
ishlarni komplekst
tashkillashtirish masalalarini yoritib bergan. Muallif o’z ishda aqli zaif bolalarni
bilish va ruhiy jarayonlarni shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari ustidа
kuzatish ishlarini olib borgan va xulosa qilgan.
Bitiruv malakaviy
ish mustaqil tayyorlangan, xulosalangan va tavsiyalar
ishlab chiqilgan bo`lib barcha talablarga javob beradi. Bitiruv malakaviy ishni
himoyaga tavsiya qilaman.
Dostları ilə paylaş: