O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonidagi muammolarni bartaraf



Yüklə 438,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix03.10.2023
ölçüsü438,99 Kb.
#151813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
aqli zaif bolalar ruhiy jarayonining oziga xosligi

2.3. Aqli zaif bolalar ruhiy jarayonidagi muammolarni bartaraf 
etishning korreksion, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni komplekst 
tashkillashtirish
 
Ruhiy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar bilan ishlashni tashkillashtirayotgan 
psixolog quyidagilarga amal qilishi lozim: 

individual ravishda ish reja tuzib chiqish; 

qaysi psixik jarayonni sust, qaysi bir jarayonni faol va dominantligini 
aniqlash (nevrolog, psixonevrolog, nevropotolog hamda psixiatr ko’magida); 

bolaning individual xususiyatlarini kompleks ravishda tadbiq etish; 

bolaning psixologik holatlarini (stress, zo’riqish, depressiya va hokazo) 
doimiy ravishda kuzatib borish va daftarda qayd etish; 

harakatli o’yinlaridan asta-sekin aqliy o’yinlarga o’tkazib borish, hamda 
o’yinlar asosida diagnostikasini amalga oshirish; 
Hatti-harakatlarini o’z izohlovchi psixologik usullardan foydalanib, bola 
haqidagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni baholab borish; 
Psixologik o’zgarishlarni va o’zgarishlar natijasiga asoslab, shaxlab borish; 
Aqliy rivojlanuvchiga ta’sir etuvchi turli xil trening o’yin, suhbat va ertaliklar 
hamda sahna ko’rinishdagi muammoli vaziyatlardan qa’tiy reja asosida 
uyushtirilib, bolaning ruhiy taraqqiyotiga ta’sir etish;
O’zining status (jamiyatdagi o’zining o’rni) hamda atributini yaxlit aks 
ettirishga yordam berish. Mazkur status va artibutini rivojlantirishga ta’sir etish, 
psixolog xizmatining asosi hisoblandi.
Psixologik jarayonlarni amalga oshirgan faoliyati natijasiga ko’ra bahoash va 
rag’batlantirishni tashkil etish;
Ruhiy kamchilikka ega bo’lgan bolalarni differensial (solishtirish) psixologiya 
nuqtai nazardan tadbiqiy jihatdan o’rganish; 
1.
avvalgi yoshi bilan hozirgi yoshini differensiya qilish (psixologik 
usullar yordamida); 
2.
o’yin faoliyatini asta-sekin o’qish faoliyatiga yo’naltirish va tayyorlov. 
Biz yuqorida ruhiy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar bilan ishlovchi 
psixologni xizmatini tashkil etishni asosiy yo’nalishini ko’rsatib o’tdik. Aslida esa 


37 
har biri yo’nalishlarga bo’linib ketishi tabiiydir. Psixolog o’z faoliyatini tashkil 
etarkan, unga ilmiy yondashib kompleks tahlilga asosiy e’tiborni qaratish lozim. 
Aqliy va jismoniy rivojlanishida orqada qolish ba’zi hollarda yengilroq bo’lib, 
asosan emosional, iroda sohasining uncha yetuk bo’lmaganligiga taaluqlidir. Bu 
topshiriqlarni bajarishda e’tiborni bir joyga to’play olmaslikda namoyon bo’ladi. 
Boshqa hollarda – yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarga tafakkurning kamol 
topishida muayyan keyinda qolish qo’shiladi. Ana shu xususiyatlarning hammasi 
ko’pincha ta’lim-tarbiya ishidagi kamchiliklar tufayli chuqurlashib ketadi. Ammo 
barcha tafovutlarga qaramay, bu bolalardagi umumiy xususiyatlar saqlanib, ularda 
o’zidan kichikroq yoshdagi bolalarga xoslik ko’rinadi. Aqliy va jismoniy 
rivojlanishda keyinda qolishi agar o’z vaqtida to’g’ri pedagogik-psixologik usul 
bilan ta’sir etish, keyinchalik ularning holatidagi kamchiliklarning o’rnini to’ldirish 
imkonini beradi.
Bunday bolalarga nisbatan maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi, umumiy 
mustahkamlovchi davolash, osoyishta rejim va o’quv prosessida individual yo’l 
tutish tadbirlari ko’riladi. Bolalar shaxsiyatidagi ijobiy va eng kuchli tomonlardan: 
faollik, nutqning yaxshi rivojlanganligi, motorikanmng puxtaligi, to’laqonligi 
intellektual imkoniyatlardan foydalaniladi. Psixolog bolalarning ota-onalari bilan 
mustahkam aloqada bo’lmog’i lozim. 
Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda psixolog turli xil testlardan, trening 
mashg’ulotlardan oqilona foydalansa, ancha qisqa muddat ichida qiyinchiliklarni 
bartaraf etish imkonini beradi.
Psixolog bolalarning ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va 
o’rnini to’ldirishdek (kompensasiyalash) murakkab vazifani amalga oshirmori 
uchun u bunday bolalarni ma’lum darajada bilib olishi lozim.


38 
Bu psixologik tekshirish, kompleks va har tomonlama tekshirishni ya’ni 
pedagogik-psixologik o’rganishdan tashqari, medisina yo’li bilan ham tekshirish, 
bolaning ruhiy rivojlanishi qanday borayotganini, kasallikning paydo bo’lishi va 
harakteri jismoniy jihatdan o’sish darajasi, sog’liq holati, nerv sistemasining, ko’zi, 
qulorining xususiyatlari, intellektning emosional-irodaviy sohasining xususiyatlari, 
psixik faoliyatining xarakteri to’g’risidagi ma’lumotlar logopedik tekshirishni ham 
o’z ichiga oladi. 
Ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan yoki nuqsonga ega bo’lgan bolalar bilan 
ishlash jarayonida psixolog birinchi galda bolaning ishonchiga kirib olishga 
erishishi lozim. Bizga ma’lumki, har bir bola, ishonchiga kirgan shaxs bilangina 
bevosita o’z kechinmalari bilan o’rtoqlashadi. 
Quyida biz ruhiy rivojlanishida nuqsonga ega bo’lgan bolalar bilan psixologik 
xizmatni tashkil etish yo’nalishlari haqida to’xtalamiz: 
ruhiy nuqsonga ega bo’lgan bolalarni sof psixologik tomondan kompleks 
tashxis qo’yish; 
bunday bolalar bilan olib boriladigan ish rejasini qat’iyan bilib olish; 
- turli xil o’yin faoliyatlarini tashkil etish; a) harakatli b) guruhiy v) aqliy 
o’yinlar. 
o’z-o’zini kuzatish usulini qat’iy tartib asosida olib borish; 
psixolog doimiy ravishda psixiatr va pediatr konsultasiyasini o’tkazish; 
psixolog ota-onalar bilan muloqotda bo’lib, boladagi o’zgarishlarni qat’iy 
tartibda bayonnomada aks ettirish; 
boladagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni baholab, uning mohiyatini ochib 
borish; 
psixolog bunday bolalar bilan ish olib borishda soddadan murakkabga emas, 
soddadan-soddaga prinsipiga amal qilish;
- psixologik treninglar orqali bolaning «men»iga bo’lgan munosabatini
shakllantirib borish. 


39 
Biz yuqorida qayd etgan 3 xil ko’rinishdagi bolalar maxsus jihozlangan, 
maxsus dastur va maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan pedagoglar mujassamlashgan 
maktablarda o’qishlari hammamizga ma’lum. Bu maktablar maxsus kar-soqov 
(surdo), ko’zi ojiz (tiplo), ruhiy kamchilikka ega bo’lgan, algofren (paranoyidlar) 
maktab-internatlari deb nomlanadi. 
Yuqoridagi maktab-internatlarda, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida, 
bolalarning psixologik va jismoniy rivojlanishiga nisbatan, psixolog-pedagoglar 
zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi. Keyingi vaqtda ko’pgina ota-onalar 
bunday bolalarni uyda tarbiyalashlari, maxsus maktabgacha muassasalarga 
murojaat etmasligi tez-tez uchrab turadi. Bu esa o’z navbatida bolaning maxsus 
maktabda o’quv faoliyatini amalga oshirishda katta qiyinchiliklarni yuzaga 
keltiradi. Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining o’ziga xosligiga ko’ra 
alohida tayyorgarlikga ega bo’lgan psixologlarni jalb etilishini talab etadi. Biz har 
bir bolani jamiyatimiz a’zosiga aylantirar ekanmiz, u qanday ko’rinishga, qanday 
kamchilikka ega bo’lmasin, o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega bo’ladi. 
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning individual xususiyatlarini 
to’g’ri baholash, psixologning asosiy vazifasidir. 
Individual xususiyatida bolaning qiziqishi, layoqati, qobiliyati, harakteri, 
temperamenti, bilimlarni o’zlashtirish xususiyati yotadi. Maxsus psixologiya 
fanidan ma’lumki, biror bir psixik jarayon yoki resiptorn dominanta vazifasini 
bajaradi. Ana shu dominantani aniqlab, shu asosida bolaning yashirin qobiliyatini 
ochib yuborish mumkin. Buning uchun avval bolani temperamentini aniqlab olish 
va xarakter xususiyatini belgilab olish lozimdir. Bundan tashqari bolaning qiziqishi 
va layoqatini aniq diagnostika qilib olib, shu asosida bolalar bilan fakultativ, 
qo’shimcha darslar uyushtirish psixologning vazifasidir. Demak, maktabgacha 
tarbiya muassasa psixologi bolaning faoliyatini to’g’ri yo’naltirib berishi, uning 
eng asosiy vazifasidir. 
Yuqoridagi mulohazadan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, har bir 
bolaning o’ziga xos xususiyati mavjud ekan, ana shu xusuoiyatlardan to’g’ri 
foydalanish, jamiyatning katta yutuqlariga sababchi bo’lishi mumkin.


40 
Bunda esa psixologning tutgan o’rni beqiyosdir. Mehr va muruvvat faqat 
xayr-ehson bilan belgilanmaydi, aksincha jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni 
bo’lgan bolalarga o’zlarini imkoniyatlarini namoyon etishga yo’l ochib berish 
hamdir. Psixologlar bu sohada imkonlari boricha harakat qilsalar, ularga 
yordamchi bo’lgan tashkilotlar ijodiy yondashsalar, Prezidentimiz tomonidan 
qo’yilayotgan «Sog’lom avlod» dasturi va belgilangan o’lkan vazifalar asosida xal 
etilib, jamiyatning har bir a’zosining barkamol insonlar qatoridan joy olishi tabiiy 
holdir.
Korrektsion tahlil ruhiy holatlarning belgilari orasida o’zaro bogliqlik 
borligini aniqlashga yordam beradi. 
Dispersion tahlil bola ruhiyatiga ta’sir etadigan omillarning biz o’rganayotgan 
belgiga ta’sir rolini aniqlashga yordam beradi. 
Yuqorida bayon etilgan qator usullar bola ruhiyatini o’rganishning asosiy 
usullari sanaladi. Bolalar ish faoliyati natijalarini o’rganish, tahlil etish esa 
qo’shimcha usullarga kiradi. Bolalarning yozma ishlari, chizgan rasmlari, yasagan 
buyumlari, mehnat mahsulotlari kiradi. Yordamchi maktablarda aqli zaif bola 
ruhiyatini o’rganishda anamnestik usuldan ham keng foydalaniladi. Katamnez-
kasal haqida uzoq muddat davomida yigilgan ma’lumotlardir. Bu usul, ayniqsa, 
tibbityotda keng qo’llaniladi. Yordamchi maktabni bitirgan o’quvchilarning 
katamnezi orkali yordamchi maktablardagi korreksiy, tarbiyaviy ta’limning 
samaradorligini oshirib borish mumkin. Ruhiyatni o’rganishning alohida, o’ziga 
xos samarali usullaridan biri testlardan foydalanishdir.
Shuni e’tirof etish juda o’rinliki, testlar ruhiyatni o’rganishning yaxshi usuli 
ekanligi uzoq yillar davomida bizning mamlakatimizda yetarlicha tan olinmadi. 
So’nggi yillarda bu kamchiligimiz to’grilanmokda. Testlar asosan tekshirilayotgan 
bolada U yoki bu sifat, egallagan bilimlar darajasi, bolaning tayyorgarlik darajasini 
aniqlash uchun xizmat qiladi. Turlicha tuzilishga, mazmunga ega bo’lgan testlarni 
qo’llash orqali bolalarning aqliy kayffisenti aniqlanadi.


41 
Albatta, testlarni qullash bizga kerak bo’lgan barcha ma’lumotlarni yetarli 
darajada bera olmasligs mumkin. 1969 yilda Vashingtonda psixiatrlarning 
kengashida bolalarning aqliy koeffisetining faqatgina testlardan foydalanmasdan, 
balki qo’shimcha tarzda boshka usullardan ham foydalanish tavsiya etildi. 
Testlarni qo’shimcha vositalar sifatida ko’llash taklif qilindi. Asosiy usul esa, 
bolani birmuncha uzoq muddat tibbiy, pedagogik, psixologik tekshirish o’rinli 
ekanligi ko’rsatib o’tildi. Lekin, barcha usullar orasida tekshiruvchining 
"diagnostik ko’zi" katta ahamiyatga ega. 
Qisqacha ayrim uslubiyatlar ustida to’xtalib o’tamiz. 
Segen taxtachasi umuman, barcha bolalarning, xususan aqli zaif bolalarning 
tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun qo’llanilishi mumkin. Segen doskasining 
tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu 
geometrik figuralar shaklida chukurchalar o’yiladi. Uchburchak, to’rtburchak, 
kvadrat, aylana, romb, to’g’ri turtburchak, trapesiya kabi geometrik figuralarni 
tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirishi talab etiladi. 
Ish tartibi kuyidagicha: dastlab tajriba o’tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga 
joylashtirilgan taxtachani ko’rsatadi. Shundan so’ng u taxtachadagi figuralarni 
to’kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni o’z joylariga joylashtirishni 
so’raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur aqli zaif bolalarni bog’cha yoshida urganishga 
yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 
yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan katta bolalar uchun esa, 10 ta figurali 
varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni to’g’ri bajara 
oladilar. Aqliy nuqsonlilar, ayniqsa chuqur aqli zaif bolalar geometrik figuralarni 
paypaslaydilar, og’izlariga olib ko’radilar, ularni stolga urib taqillatadilar. 
Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar 
ko’rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba o’tkazuvchining berayotgan 
ko’rsatmasini idrok qilishi, tushunib yetishi ham diagnostik ahamiyatga ega. 
Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, har bir o’qituvchi, tarbiyachilar mustaqil 
ravishda yasab foydalanishlari mumkin. 


42 
Koos uslubiyati 1923 yilda amerikalik psixolog Koos tomonidan ishlab 
chiqilgan. Bu uslubiyat bolaning fazoda mo’ljal ola bilish, jadvaldagi figuralarni 
tahlil qila bilish, fahm-farosat, diqqatlilik holatlarini o’rganishga mo’jllangan. 
Kubiklar 16 ta bo’lib, barchasining tomonlari bir xil rangda bo’yalgan. Havo rang, 
qizil, sariq, oq, oq-qizil, sariq-havo rang kubiklar tomonlarining ranglaridir. 
Bolalarga taklif etiladigan jadvallar murakkabligiga kura: to’rt, tuqqiz yoki o’n 
otita kubiklardan iborat bo’ladi. Bu usulni 4 yoshdan boshlab, undan katta 
yoshdagi bolalarga ham tavsiya etish mumkin. 
Tekshirilayotgan bolaga ma’lum jadval va kubiklar beriladi. Boladan jadvalda 
tasvirlangan figurani yasash so’raladi. Mumkin qadar sodda jadvallardan boshlash 
maqsadga muvofiq. Bu usulning qimmatli tomonlaridan yana biri shundaki, bola 
tajriba o’tkazuvchi bilan muloqotga kirmasligi mumkin. Shunda bola gapirmasa 
ham, qo’l bilan topshiriqni bajarishi mumkin. Bu usul bilan ishlash jarayonida 
shunga amin bo’ldikki, akliy nuqsonlilar, aksariyat normal bolalar ham bu usul 
bilan qiziqib ishlashar ekanlar. Bu esa tajriba o’tkazuvchi uchun juda katta narsa. 
T o’ r t i n ch i s i o r t i q ch a 
Bu uslubiyat o’zining soddaligi bilan ajralib turadi. Uning nomidan ko’rinib 
turibdiki, biror narsaning to’rtinchisi ortiqcha ekan. Bu uslubiyatning juda ko’p 
variantlarini mustaqil ishlab chiqish mumkin. U asosan tafakkurning turli 
tomonlarini o’rganishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalarning umumlashtira olish 
qobiliyatini juda yaxshi ochib beradi.
Uslubiyatning mazmuni quyidagicha: mevalar, o’simliklar, daraxtlar, 
hayvonlar, idish-tovoklar, kiyim-kechaklar, uquv qurollari va hokazolardan 4 ta 
rasm olinadi. Shu rasmlarning 3 tasi bir toifaga, 1 tasi boshqa toifa narsalarga xos 
bo’lishi darkor. Bola tasvirlangan 4 ta rasmning qaysi biri ortiqcha ekanligini 
aniqlashi kerak.
Bu uslubiyatni bogchagacha, bog’cha, kichik maktab, o’rta maktab yoshidagi 
bolalarga ham qo’llash mumkin, aqliy saviyaning pastligiga qarab, birmuncha katta 
yoshdagi bolalarga ham tavsiya etsa bo’ladi. 
Dembo Rubinshteyn S. Ya. Uslubiyati: 


43 
Bu 
uslubiyat 

Amerikada ishlab chiqilgan bo’lib, keyinchalik 
S.Ya.Rubinshteyn tomonidan qayta ishlangan. Bolalarning o’z-o’zlariga baho 
berishlari, o’zlariga tanqidiy qarashlari o’rganiladi. Asosan, shaxsiy sifatlarning 
qay darajada shakllanganligini ko’rsatib beradi. Buning uchun bolalarga quyidagi 
topshiriqlar beriladi: sogliq, aql, xarakter, baxt, go’zallik kabi tushunchalar taklif 
etiladi. Bu tushunchalarning 9 ta darajasi yoki sifatini bolalar o’zlariga mos tarzda 
tanlashlari taklif etiladi. Bu darajalar narvon shaklida, yuqoriga ko’tarilgan sari bu 
tushunchalardagi sifatlar kamayib boradi. Masalan, aql tushunchasida 1 daraja eng 
aqlli hisoblansa, 9 daraja esa eng aqlsiz daraja sifatida belgilangan va hokazo. 
Bolalarning har bir tushuncha bo’yicha bergan javoblari maxsus jadvalda 
birlashtirilib, ularning normal tengdoshlarinikiga taqqoslanilsa, juda qiziqarli 
manzaraning guvohi bo’lamiz. Olingan ma’lumotlar asosida bolalar bilan olib 
boriladigan tarbiyaviy ishlarimizni maqsadga muvofiq tarzda 
rejalashtirishimiz mumkin. 
Veksler uslubiyati: 
Bu uslubiyat o’zining tuzilishi, hajmining nihoyatda kengligi bilan 
boshqalardan tubdan farq qiladi. U 1949 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarida 
yaratilgan bo’lib, 5 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni atroflicha tekshirishga 
mo’ljallangan. Uslubiyat qator mamlakatlarda qayta ishlangan. "Bizda D.Veksler 
uslubiyati juda keng tarqaldi. Test normal bolalarni oligofren bolalardan ajratishda, 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy faoliyatlarini o’rganishda, 
o’zlashtirmaslik sabablarini taxlil qilishda qo’llanildi. Barcha tekshirishlarda test 
o’zining yukrri ishonchliligini ko’rsatdi... Veksler testining afzalligi shundaki, u 
faqatgina intellektning umumiy darajasi haqida tasavvur hosil qilmasdan, balki 
uning tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi. Bularni verbal va noverbal 
intellektual sifatlarni tekshirishda qo’lga kiritiladi. Bu ma’lumotlar bola akliy 
faoliyatining qaysi tomonlari kamroq shakllanganligi va qaysi tomonlar bilan 
qoplanishi mumkinligini ko’rsatadi..".
Yuqoridagi ijobiy fikrlar Veksler uslubiyatiga berilgan obyektiv bahodir. 
Albatta, barcha uslubiyatlarda bo’lganidek, bu uslubiyat ham air im juz’iy 
kamchiliklardan holi emas. Ammo, bu kamchiliklar uning ahamiyatini kamaytira 


44 
olmaydi. U ikki qismdan iborat. Birinchi 6 ta test bolalarning verbal, krlgan 6 tasi 
noverbal akliy faoliyatlarni o’rganishga xizmat qiladi. Testlar Quyidagicha 
nomlanadi. 
1. Bolaning umumiy xabardorligini aniklashga xizmat qiluvchi test. 
2. Bolaning tushunish qobiliyatini aniqlovchi test. 
3. Matematik bilimlarni o’rganuvchi test. 
4. Tushunchalar orasida analogiya va uxshashlikni topishga oid test. 
5. Bolalarning lugat boyligini urganuvchi test. 
6. Raqamlarni qaytarish. 
7. Suratlardagi yetishmaydigan qismlarni topish. 
8. Suratlar ketma-ketligi. 
9. Kubiklardan figuralar tuzish. 
10. Ayrim qismlardan obyektlar yasash. 
11. Kodlash. 
12. Labirint. 
Aqliy taraqqiyotdagi kamchiliklar ko’p hollarda bogcha, maktabga tayyorlov 
davrlarida ham kuzga tashlanmaydi. Bu qiyinchiliklar bolaning maktabga kelib, 
turli fanlardan bilimlar ola boshlaganlaridan keyin kuzga tashlana boshlaydi. 
Boshlangich sinflardagi o’zlashtirmovchi uquvchilarning katta qismini ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalar tashkil etadi. Ma’lumki, bu bolalarning klinik 
kurinishi turli-tumandir. Bu bolalarda aqliy taraqqiyotning turli darajada, turli 
mazmunda buzilganligini kurish mumkin. Ularning potensial imkoniyatlari ham 
turlichadir. Bu bolalarga nisbatan noto’g’ri qilingan ayrim pedagogik munosabat 
faqatgina ulardagi orqada qolishni chuqurlashtirib qolmasdan, balki bolalarda 
salbiy shaxsiy sifatlarning shakllanib borishiga sabab bo’lishi, hamda bolalardagi 
asab, ruhiy kasalliklarning chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. 
Ruhiyatni urganishning ayrim uslublari xususida yukrrida to’xtalib o’tdik. 
Uning yana qator usullari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: Klipes, 
Piktogramma, Shulte jadvali, tugri va teskari sanash, korrektur sinash, kodlash, 
geometrik figuralarni tasniflash, mazmunli suratlar, hayotda uchramaydigan kulgili 


45 
ko’rinishlar, beriluvchanlikni o’rganish, De-Grefe (o’z-uziga baho berish), 
Rossolimo uslubi va hokazolar. 


46 
XULOSA 
Ruhiy jarayonlar miyaning alohida xossasi bo’lib, faqat miyaning faoliyatiga 
bog’liq bo’ladi. Ruhiyatning bevosita moddiy substrati (asosi) odamning bosh 
miyasidir.
Insonning nechog’lik sog’ligi yoki sog’ligidagi muammolar tufayli atrof-
muhitni o’shangan bog’liq ravishda xis qilishadi. Hissiy (aks ettirish) bilish bu 
sekin hissiy qabul qilish xotir va tasavvurlardan iborat ekan. Rivojlanishiga ko’ra 
imkoniyati cheklangan bolalar atrof – muhitni har xil yo’llar bilan his qilishadi. 
Ya’ni ko’zi ojiz bola eshitish va teri orqali sezish orqali qabul qilsa, eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bola ko’rish va teri orqali sezishi yordamida qabul qiladi. Aqli zaif 
bolaning atrof haqidagi tasavvuri esa uning miya faoliyatidagi buzilish darajasiga 
bog’liq holda shakllanadi. Aqli zaif bolalar sog’lom tegoshlariga nisbatan ruhiy 
rivojlanishida ma’lum darajada ortda qoladilar. Shu orqaliq tasavvurga balham 
berish yoki qisqartirishlarda aqli zaif bolalar bilan maxsus psixologik yordamni 
tashkil etish lozim.
Demak ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining samarali tashkil etishda 
har bir aqli zaif bolaning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yondoshilsa va 
o’quvchilarni ruhiy olami bilan o’rtoqlashgan holda mutadil do’stona muhit 
yaratilsa, aqli zaif boladagi har qanday kamchilik “Nuqson” deb emas balki 
“Imkoniyat” deb qabul qilishga erishiladi.
Chunki har qanday aqli zaif bola rivojlanmagan bola emas, balki o’ziga xos 
rivojlanishiga ega bola xisoblanadi. Shuning uchun ham aqli zaif bolalar ruhiy 
jarayonini o’ziga xos ravishda rivojlangan bo’lib bu holat ularning tashqi muhit 
bilan muloqotdagi normal holatini o’zida aks ettirishda muammolar bo’lib ushbu 
muammolarga ularning hotirasini sustlashishi fikrlashining tarqoqligi diqqatning 
beqarorligi idrok etishning yetarli emasligi kabi bir qator ruhiy jarayonlarning 
buzilishi kelib chiqadi. Bu esa aqli zaif bolalarning ta’lim olishidagi muammolarni 
qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.


47 
Ya’ni ularda ta’lim jarayonida savodxonlikni o’rganishda mehnat 
malakalarini egallashda, o’z fikrlarini erkin bayon etishda to’sqinlik qiladi. Bu esa 
o’z o’rnida yordamchi maktablarda aqli zaif bolalarga ta’lim va tarbiya berishda 
o’qituvchi va tarbiyachilarda o’z ishlariga ma’suliyat bilan yondoshishni talab 
qiladi.
Yuqoridagi fikrlarga asosan olib borilgan tadqiqot ishlarimizdan quyidagi 
xulosaga keldik. 

Aqli zaif bolalarda ruhiy jarayonning o’ziga xos tomoni bu – xotiraning 
sustligi, biron – bir narsa yoki voqyea hodisalarni idrok etishni yetarli emasligi 
fikrlashni 
tarqoqligi, 
diqqatni 
beqarorligi, 
nutq 
faoliyatining 
yetarli 
rivojlanmaganlik holatlari yuzaga keladi.

Aqli zaif bolalarni ko’pchiligida ruhiy rivojlanishga bog’liq holda, ularda 
jahildorlik, injiqlik, ahloqsizlik yoki aksincha pastivlik, tortinchoqlik, birovlarga 
qo’shilmaslik kabi holatlar yuz beradi.

Ko’pchilik aqli zaif bolalarda esa nutqning to’liq rivojlanmaganligi oqibatida 
o’z fikrlarini aniq, ravon bayon etaolmaslik, mustaqil fikrlay olmaslik holatlari 
yuzaga keladi.

Albatta aqli zaif bolalarning ruhiy rivojlanishidagi buzilishlarini oldini olish 
yoki bartaraf etish uchun ta’lim – tarbiya jarayonidagi ishni to’g’ri tashkil etgan 
holda kerakli korreksion ta’limiy – tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yib borilsa 
ularni ruhiy jarayonini sog’lomlashtirish mumkin. Bunday olib borilgan ishlar aqli 
zaif bolalarni hayotda o’zlarini ijobiy o’rinlarini topishga imkoniyat yaratib beradi.
Ushbu tadqiqotimiz ishini maxmuni va hulosalaridan kelib chiqqan holda 
qo’yidagi tavsiyalarni bermoqchimiz.

Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir aqli zaif bolani ruhiy holatini aniq va keng 
o’rgangan holda to’g’ri baho berish.

Diqqat va fikrlash holatidagi buzilishlarni korreksiyalash uchun “To’rtinchi
ortiqcha?”, “Nima yetishmaydi?”, “Rassomning hatosini top?” O’yla, izla top, 
shuningdek bir-biriga yaqin bo’lgan turli jism yoki predmetlarni umumlashtirish 
kabi didaktik usullardan foydalanish.


48 

Aqli zaif xotirasini tinglash uchun she’rlar yodlash tez aytishlar, 
topishmoqlar javobini topish, o’qilgan matn va mazmunli so’zlab berishga 
o’rgatish.

Aqli zaif bolalarni ruhiy jarayonidagi tarbiyaviy tomondagi buzilishlarini 
oldini olish uchun bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, to’garaklarga jalb qilish.

Aqli zaif bolalarni ta’limiy va tarbiyaviy ishlaria ota-onlar bilan hamkorlik 
ishlarini yo’lga qo’yish.


49 

Yüklə 438,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin