O’zbekiston Respublikasi Xalq


Quyida shu texnologiyalarga qisqacha t



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Quyida shu texnologiyalarga qisqacha t
о‘xtalamiz. 
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya 
о‘qituvchi va о‘quvchi 
shaxsi 
о‘rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, о‘quvchi shaxsiga 
individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim 
mazmunini insonparvarlik g‘oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi. 
2. 
О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiY. Mazkur 
texnologiya biologiyani 
о‘qitishda о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish 
va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu 
109 


texnologiyalar guruhi didaktik-
о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va 
kommunikativ ta’lim texnologiyalarini 
о‘z ichiga oladi. 
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani 
о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali 
samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli 
о‘qitish, differensial 
ta’lim, 
ta’limni 
individuallashtirish, 
guruhli 
va 
jamoaviy 
hamkorlik, 
uyg‘unlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi. 
4. 
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash 
asosidagi pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya 
о‘quv materialini didaktik 
jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali 
о‘quvchilarning bilimlarni 
о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-
bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda 
tutadi. 
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik 
texnologiY. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’lim-
tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat. 
Biologiyani 
о‘qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni 
mustaqillik prinsiplari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol 
g‘oyalarini singdirish imkonini beradi. 
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy 
metodik darajada q
о‘llaniladi. 
Biologiya 
о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal 
(modul) darajada q
о‘llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu 
о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma malakalarini nazorat 
qilish va baholashda nazorat testlari, turli 
о‘yin mashqlar, musobaqa, trening 
о‘tkazadi. О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va 
110 


malakalarni egallagandan s
о‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni 
о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin. 
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya 
talablari asosida tashkil etiladi. Bunda 
о‘qituvchi о‘rganiladigan mavzuning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi 
texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida 
о‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etishning 
о‘ziga xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi 
lozim b
о‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini nazorat 
qilish va baholash y
о‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik texnologiyalarning 
о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga kо‘ra ikki guruhga ajratdik:
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini 
о‘zgartirishda 
qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin