O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida sudning xususiy ajrimi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə136/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143
22.09.1994 ЖПК

298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida sudning xususiy ajrimi
Jinoyat ishini ko‘rish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qiladi.
299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi va ko‘rilgan choralarning natijalari to‘g‘risida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
300-modda. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror — taqdimnoma, sud esa, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarini va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
ETTINChI BO‘LIM
REABILITATSIYA

37-bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari
301-modda. Reabilitatsiya asoslari
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin