O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə139/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
22.09.1994 ЖПК

307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi
Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi.
308-modda. To‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Sudning to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin.
309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamog‘ida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga ko‘ra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy ichida xabar berishlari shart.
310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti, jazo o‘tagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi.
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli o‘quv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga ko‘ra o‘qishga tiklanishi shart.
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, o‘sha aholi punktining o‘zida avvalgisiga teng qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joy beriladi.
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo‘li bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin