O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Muddatni uzaytirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə142/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
22.09.1994 ЖПК

316-modda. Muddatni uzaytirish
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
317-modda. Muddatni tiklash
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgandan so‘ng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
40-bob. PROTSESSUAL ChIQIMLAR VA ULARNI QOPLASh
318-modda. Protsessual chiqimlar
Protsessual chiqimlar:
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan;
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar summasidan;
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o‘tkazish uchun sarflangan summadan;
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan;
(318-modda birinchi qismining 71-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin