O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

3.5.Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish 
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini 
shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari 
suradi, ta'limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard 
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: 

turli 
saviya 
va 
malakadagi 
mutaxassislarga 
bo'lgan 
talab-ehtiyojni 
shakllantiradi; 
o'z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o'qitish, malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta'lim tizimiga 
ko'maklashadi;

muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli 
tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o'quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi; 
ta'lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o'quv-ilmiy-ishlab 
chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo'llar bilan 
ta'minlanadi: 

ta'limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi 
mehnat 
bilan 
qo'shib 
olib 
borish 
asosida 
yuqori 
malakali 
kadrlar 
tayyorlash; 
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning 
ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;

ta'lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma'naviy va jismoniy tarbiyalash);

ishlab-chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning 
yangi yo'nalishlari bo'yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta'lim 
muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;

pedagog kadrlarning ilg'or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda 
muntazam oshirib borish;

ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta'lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish; 
ishlab chiqarish amaliyotini o'tish uchun ta'lim oluvchilarni ish joylari bilan ta'minlash;

o'zaro integrasiyalangan ta'lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar 
bilan jihozlash.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin