O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

 Oliy ta'lim
Oliy ta'lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) 
bosqichga ega. 
Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda 
amalga oshiriladi. 
Bakalavriat mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati 
kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. 
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb 
bo’yicha "bakalavr" darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati 
bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 
Magistratura aniqmutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida 
ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. 


"Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir.
Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish 
huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: 

bakalavriat va magistratura uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

oliy ta'lim muassasalari uchun professor-
o’qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi 
etakchi o’quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;

oliy ta'lim muassasalarida tarkibiy 
o’zgartishlar o’tkazish;

oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini 
kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat 
boshqaruvini joriy etish;

ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va 
amaliyotga joriy etish;

o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta'lim tizimi texnologiyasi va 
vositalarini ishla
b chiqish va o’zlashtirish;

yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda 
talabalarni 
o’qitishni jadallashtirish;

xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta'limning 
insonparvarlik yo’nalishini ta'minlash.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin