O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Uzluksiz ta'limni isloh qilish yo’nalishlari



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

3.3.2. Uzluksiz ta'limni isloh qilish yo’nalishlari
Uzluksiz ta'lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: 

ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy 
xodimning kasbiy nufuzini oshirish;

davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;

ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va 
madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta'lim va kasb-hunar 
ta'limi da
sturlarini tubdan o’zgartirish;

majburiy umumiy o’rta ta'limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga o’tilishini ta'minlash; 
maxsus, kasb-hunar ta'limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan 
yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;

ilg'or 
texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el investisiyalari 
ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog'liqyangi 
kasb-hunar va tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy 
qadriyatlarning ustuvorligi asosida
ta'limning barcha darajalari va bo’g'inlarida ta'lim 
oluvchilarning ma'naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;

ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish;

ta'lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy-ahloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan 
tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini 
kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;

ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;

ta'lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta'minlash 
mexanizmlarini shakllantirish;

uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini 
ishlab chiqish va joriy etish;

ta'lim va ilm-fan bilan bog'liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va 
rivojlantirish;

tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida ta'lim 
olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;

ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-
gigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin