maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda.
Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa
san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
Yangi tipdagi
maktablar va umumta'lim o’quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. hozirgi kunda 238 litsey va 136
gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq
maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga
chiqarilmoqda.
Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy
ma'lumotlidir.
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. hozirgi kunda bu
tizimda jami 221 mi
ng kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan, 209
kasb-hunar
maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-
hunar ta'limi o’quv yurtlarida qariyb 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 o’rta kasb-hunar ta'limi o’quv yurti ishlab turibdi.
Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O’ZBEKISTON oliy
maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164
ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki
yilda tashkil topdi.
Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy
ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv
yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning ya
ngi tarmoqlari bo’yicha
kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda.
Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy
etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va
doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta'lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot
institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini
fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16
fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va o’quvchi
yoshlarni
qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli o’smir va qizlarni
izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar
tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va
stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
Shunga qaramay, sodir etilgan o’zgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish,
mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini ta'minlay olmadi.
Dostları ilə paylaş: