O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

3.3.3. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari
Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim 
dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o’z ichiga oladi: 

maktabgacha ta'lim;

umumiy o’rta ta'lim;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;

oliy ta'lim;

oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

maktabdan tashqari ta'lim.


Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta 
hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta'lim 
dasturlaridan 
o’rta 
maxsus, 
kasb-hunar 
ta'limi 
dasturlariga 
izchil 
o’tilishini 
ta'minlaydi. 
Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim (I-
IV sinflar), umumiy o’rta ta'lim (I-IX 
sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab oladi. 
Maktabgacha ta'lim 
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga 
intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga 
yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga 
oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya 
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi: 

malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;

zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda 
ularni ishlab chiqarish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish
maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo'yicha malakali konsultasiya xizmati ko'rsatish 
imkoniyatini yaratish;

maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va 
rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin