O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
1997 yil 29 avgust 463-I-son
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qaror qiladi:
1. “
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
” tasdiqlansin.
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bosqichma-bosqich
ro’yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalgam oshirsin. Davlat budjetini
tasdiq
lashda Milliy dasturning moliyaviy va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor berilsin.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 1997 yil 29 sentabr
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
(O’zbekiston Respublikasi 29.08.97 y.
qonuni
bilan tasdiqlangan)
UMUMIY QOIDALAR
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy
yangilanishini,
ijtimoiy y
o’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni
ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har
tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va
ta'sirchan
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-
atvorning andozalarini o’zgartirish
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning
boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida,
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,
texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi
qonunining qoidalariga
muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar
asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka,
ijtimoiy-
siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g'ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni,
har tomonlama kamol topgan, jamiyatda
turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash
va keyinchalik puxta
o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni
nazarda
tutadi.