Majburiy to’qqiz yillik ta'limga asoslangan o’n bir yillik umumiy o’rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u
o’quvchilarda kasbga yo’naltirish va ta'limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo’lishi hamda
mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanishini ta'minlamayapti.
Har yili tayanch
maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini
davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar
dasturlari o’rtasida uzviylik va vorislikning yo’qligi sababli tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga
yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o’z
qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo
’lini belgilab olishda jiddiy
qiyinchiliklar sezmoqdalar. o’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib,
ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash
kabi mexanizmlaridan
yaxshi f
oydalanilmayapti. O’quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’liq xoli bo’lganicha yo’q, ularda
ma'naviyat va ahloq asoslarini o’rgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o’rin
berilmayapti. Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi t
ipdagi ta'lim muassasalariga o’tish ko’proq og'izda
bo’lib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta
tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
Bir bosqichli oliy ta'lim
mehnat
bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlarni va ilg'or
xalqaro tajribani to’liq hajmda hisobga olmayotir. o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlari
yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining
o’zgaruvchan sharoitlariga yaxshi
moslashib bormayapti.
Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash
jarayoniga yetarli darajada qo’shilganlari yo’q. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish,
ta'lim mua
ssasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o’tkazish vazifalari belgilab olinmagan.
O’quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni ta'minlamaydi. Kasb-hunar
ta'limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning,
ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta'lim xizmati ko’rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida
marketing mavjud emas, ta'lim tizimini ko’p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali
kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda
baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda. O’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi
yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda,
malakali pedagog kadrlar etishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va
pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma'lumotlidir
.
Maktablarning o’qituvchilar bilan ta'minlanganligi o’rtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich
ayrim viloyatlarda 77-
80 foizdan, muayyan fanlar bo’yicha esa 50 foizdan oshmaydi.
Ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarning o’rtacha yoshi "ulg'ayib" bormoqda. Respublika oliy o’quv yurtlarida 40 yoshga
to’lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini
tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar o’rtacha 50, fan nomzodlari esa 36
yoshdadir.
Dostları ilə paylaş: