O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


 MILLIY DASTURNI RO'YOBGA ChIQARISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

5. MILLIY DASTURNI RO'YOBGA ChIQARISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR 
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida: 

Milliy dasturning yo'nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari, 
ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta'minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi 
ishlab chiqiladi; 

Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari 
belgilanadi; 

Milliy dasturning aniq yo'nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb 
etiladi; 

Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro 
tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi

Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va 
tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi; 

ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli 
ro'yobga chiqarilishini ta'minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar o'tkazish 
orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng ko'lamda 
tushuntirish ishlari olib boriladi; 

Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va 
markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta'minlanadi; 

ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu 
Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda 
muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi: 

uzluksiz ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlariga qo'yiladigan umumiy talablarni 
ishlab chiqish; 

umumiy o'rta ta'lim uchun davlat ta'lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab 
chiqish; 

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlaridan iborat ta'lim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish

o'rta umumiy ta'limga ega bo'lgan o'quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan 
to'la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, jo'g'rofik xususiyatlari va 
kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini 
yaratish; 

akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan o'qituvchilar va pedagog kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta'lim muassasalarini tashkil etish hamda 
ularning samarali ishlashini ta'minlash; 

oliy ta'lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli 
davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish

maktabgacha ta'lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va 
ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas'uliyatini oshirish; 

ta'lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta'minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori 
malakali mutaxassislarni jalb etish, ta'lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish; 

professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta'lim muassasalarida 
tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamg'armasi tashkil etish va 
uning faoliyatini ta'minlash; 

uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni faol o'rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni 
o'rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, o'zbekcha-chet tillar lug'atlarini, davlat 
tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish; 

uzluksiz ta'lim sohasi o'qituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-
quvvatlash, ularning mehnatiga haq to'lash va rag'batlantirish tizimini qayta ko'rib chiqish 
bo'yicha takliflar ishlab chiqish; 

ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va akkreditasiyalash, kadrlar tayyorlashning 
malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish 
bo'yicha ta'lim tizimi boshqaruviga bog'liqbo'lmagan yagona davlat xizmatini tashkil etish

ta'limni axborot bilan ta'minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish,juni jahon axborot tizimi 
bilan bog'lash, ommaviy axborot vositalarining ta'lim sohasidagi vazifalarini belgilash; 



kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlarga bo'lgan talab va taklifni o'rganishni tashkil etish, ta'lim 
xizmati ko'rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar 
tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin