O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


 Ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

4.10. Ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish 
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta'lim 
jarayonini axborot bilan ta'minlash rivojlanib boradi. Ta'lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining 
mavqei oshib boradi, televidenie va radioning ta'lim dasturlari intellektuallashuvi ta'minlanadi. Fan va 
ta'limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va 
ma'lumotnomalar bilan ta'minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi. 
4.11. Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini rivojlantirish 
Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo'li bilan ta'lim xizmati ko'rsatishning 
raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat ta'lim muassasalari rivojlantiriladi, ta'lim 
va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, ta'lim xizmati ko'rsatish 
bozori davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. 
Asosiy ta'lim dasturlarida nazarda tutilmagan konsultativ va qo'shimcha ta'lim xizmatlaridan iborat pullik 
ta'lim xizmati ko'rsatish tizimi rivojlantiriladi. 
4.12. Ta'lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo'llab-
quvvatlash 
Pedagogik faoliyatning obro'-e'tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati 
ro'yobga chiqariladi. Ta'lim oluvchilarning va pedagoglarning o'qishi, sog'ligi va dam olishi uchun zarur 
sharoitlar 
yaratiladi. 
Ta'lim muassasalari va sog'liqni saqlash organlari bolalar hamda o'quvchi yoshlarning sog'ligini saqlash 
va mustahkamlash uchun zarur choralarni ko'radilar. o'quv-tarbiya jarayonining sog'lomlashtirishga 
qaratilgan yo'nalishini ro'yobga chiqarish, sog'lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar 
ta'minlanadi. Ta'lim oluvchilarning tibbiy-gigiena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va 
sport bobidagi faolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy 
yondashuvlar takomillashtiriladi. Sogliq va rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun munosib muhit 
yaratiladi. 

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin