O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

Maktabdan tashqari ta'lim
 
Bolalar va o'smirlarning ta'limga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, 
ularning bo'sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek 
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda 
maktabdan 
tashqari 
davlat 
va 
nodavlat 
ta'lim 
muassasalarini 
tashkil 
etadilar. 
Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish 
vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 

ta'lim berish va kamol toptirishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatuvchi muassasalar tarmog'ini 
kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko'paytirish; 

milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg'or tajribani inobatga oluvchi dasturlar 
va uslubiy materiallar ishlab chiqish; 

o'quvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-
sog'lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalqhunarmandchiligining mavjud turlari va 
shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
3.4.Kadrlar tayyorlash tizimida fan 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o'z ichiga oladi, bu sohada:

tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar 
shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o'rganish va foydalanish uchun kerakli 
ilmiy natijalar jamlanadi: 

oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; 
kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta'minlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, 
ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo'yicha axborot 
bazasi shakllantiriladi; 

mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo'ladi, zamonaviy ilm-fan va 
texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro 
miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur: 

ilg'or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o'zlashtirish yuzasidan maqsadli innovasiya 
loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo'li bilan ilm-fanning ta'lim amaliyoti bilan aloqasini 
ta'minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;

ilg'or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo 
etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmini 
ro'yobga chiqarish;

kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta'minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqiot 
ishlarini olib borish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama 
qo'llab-quvvatlash;

ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy 
yondashuvni ro'yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi 
asosida olimlarning obro' e'tibori va ijtimoiy maqomini oshirish;



mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integrasiyasini faollashtirish, ta'lim sohasi va 
kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o'zaro almashinuv 
jarayonini kuchaytirish;

fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma'naviy va moddiy rag'batlantirish tizimini ishlab 
chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta'sis 
etish, maxsus stipendiyalar sonini ko'paytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy 
ishlaydigan ko'rgazma va ekspozisiyalarini tashkil etish.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin