Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yo'nalishlarni qamrab oladi:
4.1.Ta'limning uzluksizligini ta'minlash
Ta'limning o'z ichiga maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab
oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta'limining bakalavrlar va magistrlar
tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati
rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo'yicha raqobatbardosh ta'lim
muassasalari vujudga keltiriladi.
Ta'lim muassasalarini hududiy yo'nalishga o'tkazish va tarkibiy tuzilmasini o'zgartirish ishi amalga
oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga
oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi
ta'minlanadi.
Dostları ilə paylaş: