4.7. Kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish Ta'lim boshqaruvi organlariga bog'liq bo'lmagan, kasb-hunar ta'limi sifatini attestatsiyadan o'tkazuvchi
davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand
davlat ta'lim standartlari ishlab chiqiladi.
O'quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta'lim oluvchilarning bilimini
reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi.
Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta'lim
muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
4.8. Ta'lim tizimini moliyalash Ta'limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning ko'p variantli (byudjetdan
ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta'lim muassasalarining o'zini o'zi pul
bilan ta'minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta'lim sohasiga jalb etish
rag'batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim
kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan
qo'llab-quvvatlashda
donorlar
va
homiylarning
mavqei
kuchayib
boradi.
Pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda
ustavda belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta'lim muassasalarining
daromadlari ko'payishi ta'minlanadi.
4.9. Moddiy-texnika ta'minoti Har bir mintaqaning demografik va jo'g'rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari tarmog'i barpo etiladi. Ta'lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda o'qishga imkon qadar
ko'proq
qamrab
olinadi.
Mavjud ta'lim muassasalarini kapital ta'mirlash va yangi ta'lim muassasalari qurish, ularni
normativ
talablarga
muvofiq,
zamonaviy
texnika va texnologiyalarning darajasini
hisobga
olgan
holda
jihozlanishini
ta'minlash
choralari
ko'riladi.
O'quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta'limning texnikaviy, dasturiy va
didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish
qo'llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta'lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish
amalga oshiriladi.