O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

4.13.Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish
Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg'or amaliy ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladi, ta'lim sifati davlat ta'lim 
standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta'minlash maqsadida pedagogika va ta'lim sohasida 
ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan 
sohasidagi ilmiy kadrlarning ta'lim jarayonidagi ishtiroki rag'batlantiriladi, pedagogik va ilmiy-
tadqiqot
jarayonlarining 
aloqasi 
ta'minlanadi.
Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi. 
4.14. Ishlab chiqarish va ta'lim tizimi integrasiyalashuvini rivojlantirish
O'quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy 
uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rag'batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-
texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi. 
Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qo'llab-quvvatlanadi. Ilg'or texnologiya sohasida pedagog 
kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi. 
4.15. Ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning 
ustuvor yo'nalishlari ro'yobga chiqariladi, xalqaro ta'lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, 
talabalar
va 
o'quvchilar 
almashish 
kengayadi. 
Ta'lim 
to'g'risidagi 
milliy 
hujjatlar 
xalqaro 
miqyosda e'tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, O'zbekiston 
Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini 
bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi. 



Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin