O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

Umumiy o'rta ta'lim
To’qqiz yillik (I-IX sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta'lim majburiydir. Ta'limning bu turi boshlang'ich 
ta'limni (I-
IV sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim 
olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va 
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-
ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy 
fikrlash va atrof-
muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o’rta ta'lim 
tugallanganidan keyin ta'lim fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan holda davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 
Umumiy o’rta ta'limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: 

maktabning I-
IX sinflari doirasida sifatli umumiy o’rta ta'lim olishni ta'minlovchi davlat ta'lim 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan 
keyin olinadigan ta'lim dasturlari bilan mantiqiy bog'liqlik hisobga olinishi lozim;

yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

hududlarning jo’g'rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga 
muvofiq ravishda ta'lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;

o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiqravishda ta'limga tabaqalashtirilgan 
yondashuvini joriy etish;

ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarni yaratish 
va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash;

o’quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan 
markazlar tarmoqlarini tashkil etish. 
O’rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi
Umumiy o’rta ta'lim negizida o’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
uzluksiz ta'lim tizimidagi mustaqil turdir. o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishi akademik litsey yoki 
kasb-
hunar kolleji o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. 


Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiqo’rta maxsus ta'lim beradi. o’quvchilarning 
imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur
sohalashtirilgan, 
tabaqalashtirilgan, 
kasbga 
yo’naltirilgan 
ta'lim 
olishini 
ta'minlaydi. 
Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta'lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va 
boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar 
ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy 
ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin. 
Kasb-
xunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; 
o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-
hunar 
bo’yicha 
bir 
yoki 
bir 
necha 
ixtisosni 
egallash 
imkonini 
beradi. 
Kasb-
hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil 
etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-
hunarni egalla
sh hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. 
Akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarida ta'lim olish o’quvchilarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va 
tanlagan ixtisosliklariga ega bo’lishni ta'minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 
bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta'limning 
keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat 
faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur: 

Akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlari faoliyat ko’rsatishining normativ bazalarini ishlab 
chiqish va joriy etish; 

soha uchun oliy ta'lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining 
mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o’quv muassasalari uchun ta'lim va kasb-hunar dasturlari, o’quv-
uslubiy majmualar ishlab chiqish; 

akademik litseylarning o’quvchilari mehnat faoliyati ko’nikmalarini egallashlari uchun 
ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish

kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka 
talablarining ro’yxatini ishlab chiqish;

hududlarning jo’g'rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga 
bo’lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ta'lim 
muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta'minlash, ularga o’quvchilarni 
imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini 
mustahkamlash.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin