O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

3.2. Davlat va jamiyat
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali 
raqobatbardosh 
utaxassislarni 
tayyorlash 
bo'yicha 
ta'lim 
muassasalarining 
faoliyatini 
uyg'unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko'rsatadi. 
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: 

Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o'z malakasini oshirish huquqlari ro'yobga 
chiqarilishiga;

Majburiy umumiy o'rta ta'lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish 
yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishga;

Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim 
olish huquqiga;

Davlat ta'lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashga;

Ta'lim oluvchilarning o'qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi 
vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;

Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga;

Sog'liq va rivojlanishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ta'lim olishiga kafolat beradilar.
 
3.3.Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy 
ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh 
kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
3.3.1. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko’rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: 

ta'limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim 
va yuksak intellektning nufuzi; 

ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining 
kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-
jamiyat tizimiga o’tilishi; 



ta'limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va u
ning ta'limga nisbatan bo’lgan 
turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining 
ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o’zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi; 

ta'limning ijtimoiylashuvi ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak 
ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 

ta'limning milliy yo’naltirilganligi ta'limning milliy tarix, xalqan'analari va urf-odatlari bilan uzviy 
uyg'unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy 
taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini 
hurmatlash;

ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni 
shakl
lantirishga yo’naltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va 
maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.  

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin