O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida


Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari



Yüklə 352,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix12.04.2023
ölçüsü352,16 Kb.
#96713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz

2.2.Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997-
2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni 
isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-
sharoitlar yaratish. 
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur: 

"Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiqta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan 
yangilash; 

pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon 
talablariga javob beradigan darajada tashkil etish

ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-ahloqiy 
saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta'lim 
standartlarini yaratish va joriy etish; 

o'quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi 
avlodini ishlab chiqish va joriy etish; 

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasini 
tayyorlash; 

ta'lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag'lar jalb etishning mexanizmlarini 
takomillashtirish, davlat ta'lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta'lim muassasalarini 
rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta'lim xizmati o'rsatish sohasida raqobatga 
asoslangan muhitni vujudga keltirish; 

ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga 
bo'lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish; 

xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari 
va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta'lim sohasiga chet el 
investisiyalarini jalb etish bo'yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringini olib borish. 


Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy 
jihatdan rivojlanganligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o'quvchi 
o'rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta'minlangan holda izchil 
tayyorlanadi. 
Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga chiqarish yo'nalishlariga 
aniqliklar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi 
va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. 
Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek o'quvchilarning qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi. 
Ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, 
ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. 
Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-
tarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi. 
Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga shiriladi. 
Ta'lim xizmat ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liqishga solinadi. 
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish 
asosida, 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish 
istiqbollariga 
muvofiqkadrlar 
tayyorlash 
tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. 
Ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o'quv-tarbiya 
jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liqta'minlanadi. 
Milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini o'zi boshqarishi shakllari 
mustahkamlanadi. 
Ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter 
axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinadi.

Yüklə 352,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin