2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI
VA UNI RO’YOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari
Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy
qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy
va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu
maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: "Ta'lim to’g'risida"gi
O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiqta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim
muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim
tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; ta'lim va
kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan
demokratik huquqiy
davlat qurilishi jarayonlariga moslash:
Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik
faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan,
jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy-
ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini
ishlab chiqish va joriy
etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akrreditasiya qilish
sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning
talab
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi
normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini
yaratish; ta'lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan
kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar
va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va
kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet
el investisiyalari jalb
etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar
tayyorlash sohasida o’zaro
manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: