PSIXOLOGIYA
fanidan
158
TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari
1. O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T., 2009.– 40 b.
2. «Ta‟lim to‟g‟risida» O‟zbekiston Respublikasining Qonuni // Oliy ta‟lim Me‟yoriy hujjatlari /
Akademik S.S. G‟ulomov tahriri ostida. – T.: «Sharq», 2001. – B. 3-18.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Oliy ta‟lim Me‟yoriy hujjatlari / Akademik S.S. G‟ulomov
tahriri ostida. – T., 2001. – B. 18-52.
II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
4. Barkamol avlod yili davlat dasturi. – T., 2010. – 80 b
III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi
vazirliklarining huquqiy-me’yoriy hujjatlari
5. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Mamlakatimizni modernizasiya
qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz –
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma‟ruzalaridagi
matreiallar, qoidalar va xulosalarni o‟rganish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi to‟g‟risida:
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F sonli Farmoyishi. //
Xalq so‟zi gazetasi. – 2010.23.02.
6. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‟zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‟llari va choralari» kitobidagi matreiallar, qoidalar va
xulosalarni o‟rganish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi to‟g‟risida: O‟zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 20 martdagi 125-F sonli Farmoyishi.
7. Oliy va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimovning «Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish –
ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirishdir» nomli ma‟ruzalarini o‟rganishni tashkil etish to‟g‟risida: Oliy va o‟rta maxsus
ta‟lim vazirining 2010 yil 1 martdagi 101/1-sonli buyrug‟i.
8. Oliy va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.Karimovning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‟zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning
yo‟llari va choralari» kitobini o‟rganishni tashkil etish to‟g‟risida: Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim
vazirining 2009 yil 28 martdagi 90-sonli buyrug‟i.
IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
9. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‟tarilish sari. – Т., 2010. – J.18. 280 b.
10. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir. – T., 2010. – 72 b.
159
V. Darsliklar
11. Aleksandrov Yu.I. Sistemnaya psixofiziologiya // Osnovi psixofiziologii: Uchebnik / Yu.I.
Aleksandrov, D.G.Shevchenko, I.O.Aleksandrov; Otv. red. Yu.I. Aleksandrov. – M., 1997. – 430 s.
12. Bolotova A.K. Prikladnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov / A.K. Bolotova. – M., 2006. –
382 s.
13. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika: darslik / N.Egamberdiyeva. – T., 2009. – 232 b.
14. G‟oziyev E.G‟. Psixologiya: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik / E.G‟. G‟oziyev; O‟zR
OO‟MTV, O‟MKHTM. – T., 2008. – 352 b.
15. G‟oziyev E.G‟. Umumiy psixologiya: Oliy o‟quv yurtlarining psixologiya mutaxassisliklari
uchun darslik. O‟zROO‟MTV. – T., 2010. – 512 b.
16. Ivanov, P.I. Umumiy psixologiya: Darslik. O‟zROO‟MTV. – T., 2008. – 480 b.
17. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Psixologiya: Nopedagogik
va nopsixologik oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. – T., 2007. – 308 b.
18. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Umumiy psixologiya:
Nopedagogik va nopsixologik oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. – T., 2010. – 328 b.
19. Klimov Ye.A. Vvedeniye v psixologiyu truda: Uchebnik. – M., 1998. – 343 s.
20. Maklakov A.G. Obshaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – SPb., 2010. – 583 s.
21. Nemov R.S. Obshaya psixologiya. Uchebnik. – SPb., 2009. – 304 s.
22. Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik. – M., 2010. – 639 s.
23. Nurkova V.V., Berezanskaya N.B. Psixologiya: Uchebnik. – M., 2006. – 484 s.
24. Obshaya psixologiya: Uchebnik / Pod red. prof. A.V. Karpova. – M., 2005. – 232 s.
25. Obuxova L.F. Vozrastnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M., 2006. – 460 s.
26. Psixologiya. Uchebnik dlya ekonomicheskix vuzov / Pod obsh. red. V.N. Drujinina. – SPb.,
2002. – 672 s.
27. Psixologiya: Uchebnik. / V.M. Allaxverdov, S.I. Bogdanova i dr. Otv. red. A.A. Krilov. – 2-ye
izd., pererab. i dop. – M., 2005. – 752 s.
28. Rozin V.M. Psixologiya: nauka i praktika. Uchebnik. Rozin. – 2-ye izd. ster. – M., 2008. – 544
s.
29. Rubinshteyn S.L. Osnovi obshyey psixologii. Uchebnik. – SPb., 2009. – 713 s.
30. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya).
Uchebnik. – M., 2005. – 349 s.
VI. O’quv qo’llanmalar
160
31. Akramova F.A. «Psixologiya» fani bo‟yicha o‟quv uslubiy majmua (bakalavriat bosqichi
talabalari uchun): O‟quv uslubiy qo‟llanma. – T., 2006. – 177 b.
32. Bakirova G.X. Psixologiya razvitiya i motivasii personala: Ucheb. posobiye. – M., 2009. – 439
s.
33. G‟oziyev E. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi): Ped.institutlari va universitetlari
uchun o‟quv qo‟llanma. – T., 1994. – 224 b.
34. G‟oziyev E.G‟. Muomala psixologiyasi: O‟quv qo‟llanma. – T., 2001. – 139 b.
35. Hayitov O.E. Psixodiagnostika: O‟quv qo‟llanma. – T., 2007. – 225 b.
36. Hayitov O.E. Psixologik iqtisod: O‟quv qo‟llanma / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. – T.,
2006. – 130 b.
37. Hayitov O.E. Rasulov Z.P., Umarova N.Sh. «Umumiy psixologiya» fani bo‟yicha ta‟lim
texnologiyasi / «Iqtisodiy ta‟limdagi o‟qitish texnologiyasi» seriyasidan. – T., 2010. – 120 b.
38. Hayitov O.E., Ochilova G.O. Tadbirkorlik psixologiyasi: O‟quv qo‟llanma. 1-kitob. Oliy
o‟quv yurtlari magistratura bosqichi talabalari uchun // Prof. V.M. Karimovaning umumiy tahriri
ostida. – T., 2008. – 144-b.
39. Hayitov O.E.. Iqtisodiy psixologiya: O‟quv qo‟llanma. Oliy o‟quv yurtlari magistratura
bosqichi talabalari uchun. – T., 2009. – 230 b.
40. Ibragimov X.I. Pedagogik psixologiya: pedagogika va psixologiya. O‟quv qo‟llanma. – T.,
2009. – 400 b.
41. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika
institutlari uchun o‟quv qo‟llanma. – T., 1999. – 96 b.
42. Karimova V.M. Psixologiya. O‟quv qo‟llanma. – T., 2002. – 205 b.
43 Karimova V.M., Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi. O‟quv qo‟llanma.
Oliy o‟quv yurtlari magistratura bosqichi talabalari uchun // Prof. V.M. Karimovaning umumiy tahriri
ostida. – T., 2008. – 208 b.
44. Nishonova Z., Qarshiyeva D. Eksperimental psixologiya. – T., 2007. – 92 b.
45. Nishonova Z.T. Psixologik xizmat: Oliy o‟quv yurtlari pedagogik-psixologiya bakalavriat
yo‟nalishi talabalari uchun o‟quv qo‟l. / Z.T. Nishonova; O‟zROO‟MTV. – T., 2007. – 160 b.
VIII. Internet saytlari.
1. www.gov.uz – O‟zR VM va Prezidentining qaror va farmoyishlari.
2. http://www.edu.uz – O‟zR Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining rasmiy veb sayti.
3. http://bankrabot.com – referatlar, kurs ishlari, diplom ishlari.
161
4. http://planetadisser.com – dissertasiyalar katalogi
5. http://www.bestdisser.com – referatlar, diplom va kurs ishlari
6. http://www.miu.by/rus/info – Minsk boshqaruv instituti rasmiy veb sayti
7. pedagog.uz – pedagogika fanlari portali
8. www.ht.ru – «Human Technologies» laboratoriyasi sayti
9. ziyonet.uz
162
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
KIRISH
XXI asr intеllеktual avlodning zamoni.
Islom Karimov.
O`zbеkiston Rеspublikasi o`z mustaqilligini jaxon miqiyosida yil sayin
barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning, bilidon, ma'naviy
jihatdan barkamol insonlar bo`lib yеtishishiga bog`liqdir. Bu o`rinda inson ruhiyati
qonunlarini o`rganuvchi psixologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Insonni
jamiyatimiz uchun to`laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish,
samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to`g`ri
yo`nalishga ega bo`lishi juda muhimdir.
XXI asr buyuk o`zgarishlar davri. Bu o`zgarishlar eng avvalo inson
tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro`y bеrishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs
ma'naviyati va u orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasiga o`z ta'sirini ko`rsatmay
qolmaydi. O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti I.A.Karimov milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar
ekanlar, “Milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga
sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik
fazilatlarini payvand qilishdеk olijanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur”. Bu
vazifalar, birinchi navbatda kеlajakning bunyodkori bo`lmish yosh avlodning bilim
olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va xalqiga sitqidildan xizmat qilish,
163
ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mеhnat qilishga o`rgatishni nazarda
tutadi. Zеro, mustaqillik aynan fidoyi, o`z Vatani manfaatlariga g`oyat sadoqatli,
yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishni taqozo etadi.
Mazkur ma'ruza matni nomutaxassis fakultеt talabalari uchun mo`ljallangan
bo`lib, unda umumiy psixologiyaning asosiy bo`limlari, psixik jarayonlar, ilmiy
psixologiyaning tarixi, mеtodlari, organizm, individ, shaxs, sub'еkt, faoliyat,
tеmpеramеnt, xaraktеr, iroda, hissiyot, ong, uning tuzilishi, ta'lim jarayonidagi
shaxsning psixik holati va bir qator psixologiyaning masalalariga doir ma'lumotlar
bеrilgan.
Ushbu ma'ruza matni yoshlarning ongida va ruhiyatida yangicha sifatlarning
shakllantirilishini psixologiya masalalari doirasida yеchishga yordam bеradi,
yuksak madaniyatli va ma'naviy еtuk xalqqa munosib vorislarni tarbiyalashga
hissa qo`shadi, dеgan umiddamiz.
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
R e j a :
1.
Psixologiya haqida tushuncha.
2.
Psixologiya fanining kelib chiqish tarixi.
3.
Psixologiya prinsiplari.
4.
Sohalari.
5.
Psixologiya tarmoqlari va fanlar tizimidagi o'rni
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Psixologiya, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks,
emperizm,
sensualizm,
faktlar,
jarayonlar,
individual
xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar. Prinsip, determinizm,
ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya,
psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq.
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardan
oiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib
aytganda psixologiya ruhshunoslik, insonshunoslik haqidagi fandir.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va
juda boy tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida
faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega.
164
Dastlabki
psixologik
tasavvurlar
Qadimgi
Sharq
mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda
vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida
odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu
farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan
avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli
Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya
fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya
masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana
esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271
yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik
mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va
Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z
zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini
tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini
refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-
to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-
harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks
tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida
qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti
mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib
chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul
qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning
oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi,
tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki,
endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing
xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga
dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy,
tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga
aylandi.
Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rgana'r
edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini , kishilar faoliyatini
belgilaydi, deb ta'lim beradilar . Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong
o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy
165
borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini
uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar
katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya
fanini rivojlantirish uchun psixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev,
M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov, G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova,
S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va
qo’shmoqdalar.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya
ham o'z predmetiga ega. Ammo psixologiya o'rganadigan
voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki
uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita
o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his
qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga
quyidagi ta'rif berish mumkin:
Psixologiya
inson
ruhiyatining
o'ziga
xos
xususiyatlari ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy
qonuniyatlarini tadbiq etadi.
Ruhiyat deganda nima tushuniladi?
Ruhiyat bu insonning ichki tuzilishi, ichki dunyosi,
qobiliyatlari, barcha sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab
oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi.
Psixologiya o'zining predmetini to'rt bo'limga bo'lib
o'rganadi:
1. Psixologiyaning asosiy masalalari.
2. Bilish jarayoni.
3. Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari.
4. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari.
Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida
a) fan predmeti;
b) vazifalari, prinsiplari, tarixi, metodlari, sohalari
o'rganiladi.
Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret
prinsiplarga tayanadi. Prinsip tamoyil degan ma'noni
anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy prinsiplarga
hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot
ishlari olib boriladi.
Asosiy prinsiplarga:
166
1. Determinizm prinsipi.
2. Ong va faoliyat birligi prinsipi.
3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi.
Yordamchi prinsiplarga esa tarixiylik prinsipi, nazariya va
amaliyot birligi prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi.
Determinizm nima? Determinizm so'zi sabab va
oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra
sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra
psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan
belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi.
Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir
maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi
tabiiy. Farqning sababi mavjud. Sababi muhit, shart-
sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik
xususiyatlarning rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam
bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.
Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul
qilingan? Psixologik voqeliklarni tadqiq etishda, ularni
baholashda va rivojlantirishda determinizm prinsipiga amal
qilinadi.
Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong
va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri
ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey
Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi
prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning
shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi.
Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi
bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi
va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat
qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu
prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari
faoliyatda
taraqqiy
etadi.
Bu
prisipning
asoschisi
psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan
A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti
muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson
167
shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi
va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi».
Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar
amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq
etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy
va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi
tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf
etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga
oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada
yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va
aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni
nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda
alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu
asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi
bitta alohida ma'nosini anglatadi.
Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda
inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan
bog'liq muammolar yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari
faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya,
medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy,
yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi,
pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va
hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |