R=0,2 m radiusli bir jinsli diskning gardishiga urinma ravishda F=98,1 N o’zgarmas kuch ta’sir qiladi. Aylanma harakat qilayotgan diskka Mishq=0,5 kGm ishqalanish kuchning momenti ta’sir qiladi. Agar disk o’zgarmas ε=100rad/s2 burchak tezlanish bilan aylanayotgan bo’lsa, diskning P og’irligi topilsin.
1 m uzunlikdagi va 4,9 N og’irlikdagi bir jinsli sterjen vertikal tekislikda o’z o’rtasidan o’tgan gorizontal o’q atrofida aylanmoqda. Agar aylantiruvchi moment 9,81·10-2N·m gat eng bo’lsa, sterjen qanday burchak tezlanish bilan aylanadi?
0,5 m radiusli va m=50 kg massali disksimon g’ildirakning gardishiga 98 N urinma kuch ta’sir qiladi. 1) G’ildirakning burchak tezlanishi topilsin. 2) Kuch ta’sir qila boshlagandan qancha vaqt o’tgach g’ildirakning tezligi 100 ayl/s ga mos keladi?
Inersiya momenti 245 kg*m2 ga teng bo‘lgan maxovik g‘ildirak 20 ayl/sek. bilan aylanadi. Aylantiruvchi momentning ta’siri to‘xtatilgandan bir minut o‘tgach g‘ildirak to‘xtaydi. 1) Ishqalanish kuchining momenti, 2) aylantiruvchi moment ta’siri to‘xtatilgandan boshlab to g‘ildirak to‘xtaguncha uning aylanishlar soni topilsin.
Bola gorizontal yo’lda chambarakni 7,2 km/soat tezlik bilan g’ildiratadi. Chambarak o’zining kinetik energiyasi hisobiga, har 100 m yo’lda 10 m ko’tariladigan qirga qancha masofagacha dumalab chiqadi?
G’ildirak tormozlanishi natijasida tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qilib, 1 minut davomida o’z tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. G’ildirakning inertsiya momenti 2kg·m2. 1) G’ildirakning burchak tezlanishi, 2) tormozlovchi moment, 3) tormozlanish ishi, 4) g’ildirakning shu minut davomidagi aylanishlar soni topilsin.
Inertsiya momenti 245 kg·m2 bo’lgan maxovik g’ildirak 20 ayl/s bilan aylanadi. G’ildirak aylantiruvchi kuch momentining ta’siri to’xtagandan keyin 1000 marta aylanib to’xtadi. 1) Ishqalanish kuchi momenti, 2) aylantiruvchi kuch momentining ta’siri to’xtatilgan paytdan g’ildirakning to’liq to’xtash paytigacha o’tgan vaqt topilsin.
Qiya tekislikdan sirg‘anishsiz dumalab tushayotgan 1) shar 2) disk va 3) gardish og‘irlik markazlarining chiziqli tezlanishlari topilsin. Qiya tekislikning qiyaligi , xamma jismlarning boshlang‘ich tezligi nolga teng. 4) topilgan tezlanishlarni shu qiya tekislikdan ishqalanishsiz sirg‘anib tushayotgan jismning tezligi bilan solishtirilsin.
Maxovik ν=10 ayl/s ga mos o’zgarmas tezlik bilan aylanadi; uning kinetik energiyasi Wk=7848 J. Maxovikni aylantiruvchi M=50 N·m kuch momenti uning burchak tezligini qancha vaqtdan keyin ikki marta oshiradi?
Og’irligi 784 N va radiusi 1 m bo’lgan gorizontal platforma 20 ayl/min ga mos burchak tezlik bilan aylanadi. Platformaning markazida qo’llarini yoyib, toshlarni ushlagan holda odam turibdi. agar odam qo’lini tushirib, o’zini inertsiya momentini 2,94 kg·m2 dan 0,98 kg·m2gacha kamaytirsa, platformaning bir minutdagi aylanishlar soni qancha bo’ladi? Platforma bir jinsli doiraviy deb hisoblansin.
Garmonik tebranayotgan nuqtaning maksimal tezligi , maksimal tezlanishi . Tebranishning burchak chatotasi ω uning davri T va amplitudasi A topilsin. Boshlang’ich fazani nolga teng deb qabul qilib, tebranish tenglamasi yozilsin.
Nuqta qonun bo’yicha tebranmoqda. Vaqtning muayyan momentida nuqtaning siljishi x1=5 sm bo’ldi. Tebranish fazasi ikki marta oshganda siljish x2=8 sm bo’ldi. Tebranish amplitudasi A topilsin.
Nuqtaning tebranishi qonun bo’yicha ro’y bermoqda. Vaqtning muayyan momentida nuqtaning siljishi x=5 sm, uning tezligi va tezlanishi bo’ldi. Vaqtning ko’rilayotgan momenti uchun tebranish amplitudasi A, burchak chastotasi ω1, davr T va faza (ωt+φ) topilsin.
Nuqta ikkita bir xil yo’nalishli va tebranishlarda ishtirok etadi. Bunda A1=1 sm, A2=2 sm. ω=1s-1. Natijaviy tebranishning amplitudasi A, uning chastotasi ν va boshlang’ich fazasi φ aniqlansin. Bu harakat tenglamasi topilsin.
va tenglamalar bilan ifodalanuvchi ikkita o’zaro tik tebranishlar ustma – ust tushmoqda. Bunda A1=2 sm, A2=1 sm, ω=πs-1, τ=0,5s. Nuqta trayektoriyasining tenglamasi topilsin va uning harakat grafigi tuzilsin.
Nuqtaning harakati va tenglamalar bilan berilgan; bunda A1=10sm, A2=5 sm, ω=2s-1, τ=π/4 s. trayektoriya tenglamasi va vaqtning 0,5 s momenti uchun nuqtaning tezligi topilsin.
Nuqta birday boshlang‘ich fazaga va davrga ega ikki tebranishda qatnashadi. Tebranishlar amplitudasi A1=3 sm va A1=4 sm. 1)Tebranishlar bir tomonlama yo‘nalgan, 2) tebranish o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan xollar uchun natijaviy tebranish amplitudasini toping.
1 min da tebranish amplitudasi ikki marta kamaysa, matematik mayatnikning so‘nish logarifmik dekrementi qanchaga teng bo‘ladi? Mayatnikning uzunligi 1 m.
24,7 sm uzunlikdagi matematik mayatnikning tebranishi so‘nuvchi tebranish. Mayatnikning tebranish energiyasi qancha vaqtdan keyin 9,4 marta kamayadi? Masalani so‘nish logarifmik dekrementning 1) x=0,01 va 2) x=1 qiymatlari uchun xal qiling.
1 min da matematik mayatnikning so‘nuvchi tebranishi aplitudasi ikki marta kamaygan. 3 min da u necha marta kamayadi?
m=50 g massali moddiy nuqta tenglamasi ko’rinishga ega bo’lgan tebranishlarni amalga oshiradi. Bunda A=10 sm, ω=5 s-1. Quyidagi ikki hol uchun nuqtaga ta’sir etuvchi kuch topilsin. 1) faza ωt=π/3 bo’lgan moment uchun, 2) nuqtaning eng ko’p siljigan holati uchun.
Vaqtning 1) , 2) , 3) paytlari uchun garmonik tebranayotgan nuqta kinetik energiyasining uning potensial energiyasiga bo’lgan nisbati nimaga teng? Tebranishning boshlang’ich fazasi nolga teng.
IV jadvalda turli temperaturada fazoni to‘yintiruvchi suv bug‘ining elastikligi berilgan. Bu ma’lumotlarga asoslanib, turli temperaturada 1 m3xavoni to‘yintiruvchi suv bug‘i miqdori uchun jadvalni qanday tuzish kerak? Misol uchun temperaturada 1 m3 xavoni to‘yintirgan suv bo‘g‘inining miqdori xisoblansin.
temperaturada to‘yingan suv bo‘g‘inining zichligi temperaturada to‘yingan suv bo‘g‘inining zichligidan necha marta ortiq?
Tajriba sharoitida ikki atomli gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 461 m/s ekanligi ma’lum bo’lsa, shunday sharoitda tovushning gazdagi tarqalish tezligi topilsin.
Ikki atomli gazning zichligi 760 mm.sim.ust. da 1,29·10-3g/sm3 bo’lsa, tovushning shu gazda tarqalish tezligi topilsin.
Havo – shisha chegarasidagi tovush to’lqinlarining sindirish ko’rsatkichi nimaga teng? Shisha uchun Yung moduli 6,9·1010 N/m2 ga teng, shishaning zichligi 2,6 g/sm3, havoning temperaturasi 20oC.