«O’zbеkistоn tеmir yo’llаri» aj



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə23/53
tarix15.11.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#69192
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
1TузбФизикадан топширик сиртки1 семестр

m=2kg massali nuqta Ox o’qi bo’ylab yo’nalgan qandaydir kuch ta’sirida x=A+Bt+Ct2+Dt3 tenglamaga binoan harakat qiladi (bunda B=-2 m/s, C=1 m/s2, D=-0,2 m/s3). Vaqtning t=2s va t=5s onlarida kuch ta’sirida erishiladigan quvvat N topilsin.




  1. Yog‘och sharcha 2 m balandlikdan vertikal ravishda pastga boshlang‘ich tezliksiz tushadi. SHarchaning polga urilishdagi tiklanish koeffitsienti 0,5 ga teng deb xisoblansin. 1) Polga urilgandan keyin sharcha qanday balandlikka ko‘tarilganligi, 2) bu urilishda ajralib chiqqan issiqlik miqdori topilsin. SHarchaning massasi 100g.




  1. Plastmassadan qilingan sharcha 1 m balandlikdan tushib, poldan bir necha marta sakraydi. Agar sharchaning polga tushgan paytidan ikkinchi urilishigacha 1,3 sek vaqt o‘tgan bo‘lsa, sharchaning polga urilishidagi tiklanish koeffitsienti topilsin.




  1. Motosiklchi gorizontal yo’ldan ketmoqda. U motorni o’chirib R=4m radiusli “o’lim halqasi” shaklidagi trekdan o’tib ketishi uchun qanday eng kam ϑ tezlikka erishgan bo’lishi kerak? Ishqalanish va havoning qarshiligi hisobga olinmasin.




  1. Atom yadrosi ikkita m=1,6·10-25 kg va m=2,4·10-25 kg massali bo’lakka parchalanib ketadi. Agar birinchi parchaning kinetik energiyasi T1=18 nJ bo’lsa, ikkinchi parchaning kinetik energiyasi T2 topilsin.




  1. Vertikal osib qo‘yilgan prujinaning pastki uchiga tosh bog‘langan boshqa prujina ulangan. Prujinalarning deformatsiya koeffitsientlari mos ravishda k1 va k2 larga teng. Prujinalar og‘irligini yukning og‘irligiga nisbatan xisobga olmasdan, bu prujinalar potensial energiyalarining nisbati topilsin.




  1. Akrobat to‘rga N2=1 m balandlikdan sakraganda to‘rning h2=0,5 m egilganligi ma’lum. Akrobat to‘rga N1=8 m balandlikdan sakraganda polga urilmasligi uchun, to‘rni poldan eng kamida qanday h1 balandlikda tortib qo‘yish kerak?




  1. l=50 sm uzunlikdagi arqonga bog‘langan 0,5 kG og‘irlikdagi tosh vertikal tekislikda bir tekisda aylanmoqda. Aylananing eng pastki nuqtasida arqonning taranglik kuchi T=44 n ga teng. Agar toshning tezligi vertikal yuqoriga yo‘nalgan paytda arqon uzilib ketsa, tosh qanday balandlikka ko‘tariladi?




  1. Ikkita m1=2kg va m2=3kg massali noqayishqoq sharlar mos ravishda ϑ1=8m/s va ϑ2=4m/s tezliklar bilan harakatlanishmoqda. Quyidagi ikki hol uchun ularning urilishi natijasida sharlar ichki energiyasining ortishi ΔU aniqlansin: 1) kichik shar kattasini quvib yetadi; 2) sharlar bir-biriga tomon harakat qiladilar.




  1. Balandligi 0,5 m og’ma tomoni uzunligi 1m bo’lgan qiya tekislikda 3kg massali jism sirg’anib tushmoqda. Jism qiya tekislikning asosiga 2,45 m/s tezlik bilan yetib keladi. 1) jismning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti, 2) ishqalanishda ajralgan issiqlikning miqdori topilsin. Jismning boshlang’ich tezligi nolga teng.




  1. 36 km/soat o’zgarmas tezlik bilan ketayotgan 1 t massali avtomobil dvigatelining: 1) gorizontal yo’lda ketayotganda, 2) har 100 m yo’lda 5 m balandlikka ko’tarilayotgan toqqa chiqayotganda, 3) shu qiyalikdagi tog’dan tushayotganda qanday quvvatga ega bo’lishi topilsin. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,07 ga teng.




  1. Relsda turgan P1=10 t og’irlikdagi platformaga P2=5 t og’irlikdagi to’p o’rnatilgan bo’lib undan rels bo’ylab o’q otiladi. Snaryadning og’irligi P3=980 kG , uning to’pga nisbatan boshlang’ich tezligi . Agar platforma 1) qo’zg’almay turgan, 2) o’q otilgan tomonga tezlik bilan harakat qilayotgan, 3) o’q otilishiga qarama – qarshi tomonga tezlik bilan harakat qilayotgan bo’lsa, snaryad otilgan paytdagi platformaning ϑx tezligi topilsin.





  1. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin