O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
660tarixLazizbek

Miloddan avval 
Tarixiy Markaziy Osiyo
 
Andronovo madaniyati
 (e.a. 
XVII

IX

Baqtriya-
Margʻiyona arxeologik kompleksi
 (e.a. 
XXIII

XVIII

Skiflar
 (
saklar

massagetlar

dahlar
) (e.a. 
VIII

IV

Xorazm
 (e.a. 
VIII

e.a. VI asr

Sugʻdiyona
 (

e.a. VI asr

Choch
 (

e.a. III asr

Fargʻona
 (

e.a. VI asr

Baqtriya
 (
VIII

e.a. VI asr

Fors istilosi (
e.a. 558

330

 
Ahamoniylar imperiyasi
 (
558

e.a. 330

Yunon istilosi (
e.a. 334

125

Iskandar Maqduniy imperiyasi
 (
e.a. 334
 
— 
e.a. 146

Salavkiylar davlati
 (
312

e.a. 64

Yunon-Baqtriya podsholigi
 (
e.a. 250

125

Eroniy davlatlar (
e.a. II

1055

Qangʻ davlati
 (
e.a. III asr
 
— 
V a.lar yarmi

Davan
 (
e.a. II asr
 
— 
I asr

Milod 
Kushon podsholigi
 (
I
 
— 
III
 aa.) 
Xioniylar davlati
 (
IV
 
— 
V
 aa.) 
Kidariylar davlati
 (
IV
 
— 
V
 aa.) 
Eftaliylar davlati
 (
V
 
— 
VI
 aa.) 
Turk xoqonligi
 (
552

603

Gʻarbiy xoqonlik
 (
603

698

Turkash xoqonligi
 (
698

766

Oʻgʻuz davlati
 (
750

1055

Qarluq xoqonligi
 (
766

940

Islom dini kelishi
 (
661

750

 
Umaviylar xalifaligi
 (
661

750

Abbosiylar xalifaligi
 (
750

1258



Toxiriylar amirligi
 (
821

873

Somoniylar amirligi
 (
875

999

Turkiy davlatlar (
999

1221

 
Gʻaznaviylar davlati
 (
963

1187

 
Qoraxoniylar davlati
 (
840

1040

Gʻarbiy Qoraxoniylar xonligi
 (
1040

1212

 
Saljuqiylar davlati
 (
1037

1194

Xorazmshohlar davlati
 (
1077

1231

Moʻgʻullar istilosi
 (
1219

1269

Qoraxitoylar davlati
 (
1141

1212

 
Moʻgʻullar davlati
 (
1206

1291

 
Chigʻatoy ulusi
 (
1224

1340

 
Gʻarbiy Chigʻatoy ulusi
 (
1340

1370

 
Amir Temur davlati
 va 
Temuriylar davlati
 (
1370

1500

 
Buxoro xonligi
 (
1500

1785

 
Xiva xonligi
 (
1512

1920

 
Qoʻqon xonligi
 (
1709

1876

Toshkent davlati
 (
1784

1809

 
Buxoro amirligi
 (
1785

1920

Rossiya imperiyasi ekspansiyasi
 
(
1853

1920

 
Turkiston muxtoriyati
 (
1917

1918

Muvaqqat Fargʻona hukumati
 (
1919

1920

Sovet davri
 (
1920

1991

 
Turkiston ASSR
 (
1918

1924

 
Buxoro XSR
 (
1920

1924

 
Xorazm XSR
 (
1920

1924

 
Oʻzbek SSR
 (
1924

1991

2.
Kangyuy,qang
‘xa Qangʻ davlati, Qanhxa, qadimiy xitoy manbalarida 
Kangju (xitoycha: 
康居
; (k
āngjū) yoki K'ang-chü; Sharqiy xitoychada: 
k
ʰɑŋ-kɨɑ < *khâŋ-ka (miloddan avval 140-yillar), rus adabiyotida 
Kangyuy) 
— qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan 
davlat (miloddan avval III 
— milodiy V asr oʻrtalari). 


Qang' davlati va u haqidagi ma'lumotlarning faqat xitoychadagi 
manbalari bizgacha yetib kelgan xolos. Yunon, Eron va Hind 
manbalarida ham Qang' davlati haqida ma'lumotlar o'sha davrlarda 
yozilgan bo'lishi mumkin, lekin bu manbalar bizning davrgacha yetib 
kelmagan. Ba'zi xitoy adabiyotlarda Qang' aholisi qang'lar yoki qang'lilar 
deb nomlanadi. Kangju - podsholikning xitoycha nomi. Kangju nomi 
hozirda So'g'diyona nomining o'zgarishi yoki mutatsiyaga uchragan 
shakli sifatida qabul qilinadi. O
ʻsha zamondagi xitoy manbalariga koʻra, 
Yuechjilardan keyin Sug'd hududidagi ikkinchi qudratli davlat Kangju 
bo
ʻlgan. Uning xalqi, xitoy tilida Kāng (kāng) nomi bilan tanilgan, hind-
yevropa xalqlariga oid bo'lib, sharqiy eroniy tilda gaplashgan va yarim 
ko'chmanchi turmush tarziga ega edi. Venger tarixchi olimi Denis Sinor 
va amerikalik tarixchi Peter Benjamin Golden tadqiqotlariga ko'ra 
Qang'lilar sug'diylar va Asi xalqlariga juda yaqin qardosh hisoblangan 
Davan (xitoycha Dayuandan olingan) 
— Fargʻona vodiysidagi qadimgi 
davlat[3].Miloddan avvalgi ll
—l-asrlardagi manbalarida keng, obod, boy 
mamlakat 
— Davan haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Davan shahar va 
voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor 
qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. 
Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi 
tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan 
tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. Davan 
atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. lll asrgacha uchraydi. Soʻngra Davan 
oʻrniga „Boxan“ va „Polona“ (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar 
ushbu atamalar qad. 
Davanga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. 
Xitoyliklar Davan deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan 
mamlakatni atashgan degan fikr bor. 
Kushon podsholigi 
— oʻrta osiyo va shimoliy hindistondagi qadimiy 
davlat (milodiy 1
—4-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida 
yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga 
kelgan.Massagetlar (Xitoy yilnomalarida 
— yuechji) miloddan avvalgi 
140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-
Baqtriya podsholigi oʻrnida 1 asr davomida 5 ta qabilaga boʻlinib 
yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi 
jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 ta qabilani 
boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.„Kushon“ nomi yo sulola 
yoki qabilaga oid boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 
1-
asr boshida hukmron boʻlgan podshoh „Geray“ — Sanab zarb qildirgan 
tan
galarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. 
Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning 


janubi-
sharqidagi hududlar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho 
unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos 
solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgʻoniston bilan 
Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Kadfiz I ning vorisi Vima 
Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon 
podsholigiga qoʻshib olingan. Kushon podsholigining eng ravnaq topgan 
davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda 
kushon mulklarining shim. chega
rasi Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi 
togʻ daralarida gʻoyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan.Kushon 
podsholigi davrida janglar tez-
tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda 
harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib 
borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron boʻlish uchun 
Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo 
manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. „Buyuk ipak yoʻli“ 
boʻylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. 
Sharqda 
— Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari 
orqali Xitoy bilan, jan.da 
— kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, 
gʻarbda — dengiz yoʻli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl bilan Eron 
orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda 
Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. 
Janubiy Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid 100dan ziyod shahar va 
qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq oʻzaro 
mustahkam 
aloqada boʻlgan: har 1 shahar atrofida koʻplab mayda 
qishloqlar joylashgan.Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar 
qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib, unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish bilan 
birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (qarang Satrapiya) larga 
boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon 
podsholigi quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq jamoasi muhim oʻrin 
tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng koʻlamda dinlararo 
murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng 
mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda 
zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab boshqa dinlar ham 
boʻlgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul 
tizimida koʻproq zar va mis tangalar qoʻllanilgan. Dehqonchilik, xususan, 
sugʻorma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining koʻpchilik 
turi ekilgan. Milodiy 3-asr 1-
yarmi yoki oʻrtalarida Kushon podsholigi 
barham topgan. Baqtriya 
— Tohariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar 
davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni 
vakillari idora qilgan 
3.
Eftaliylar davlatlari 
— Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda 
milodiy 5-
asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar: 1) Oʻrta Osiyodagi 
Eftaliylar davlati milodiy 5-asr oxiri 
— 6-asr boshida ravnaq topib, uning 


hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy 
Turkistonning sharqiy va janubiy-
sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. 
Poytaxti Balx hisoblanadi. Uning asosini Baqtriya-Toxariston tashkil 
etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qoʻshni mamlakatlarga yurishlar 
qilganlar. Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar 
quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi Peroz halok boʻlgan. 
U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan 
edi. 
Xioniylar 
— (oʻrta forscha: Xiyōn yoki Hiyōn; avestocha: Xiiaona; 
soʻgʻdcha xwn; pahlaviy Xyon) — Movarounnahr va Baqtriyadagi 
koʻchmanchi xalq. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy togʻlari 
atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida janubi-
gʻarbga siljib, 
Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.Bu yerda dastlab ular 
Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha 
zaiflashib, sosoniylar Eroniga qar
am boʻlib qolgan Kushon podsholigi 
oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shimoliy 
Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir qismini ham oʻz ichiga olgan 
Xioniylar davlatini (4
— 5-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh 
tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida 
yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar 
bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. 
Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda Xioniylar "oq 
hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida Xioniylar sosoniylar Eroniga 
qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, 
sosoniy podsholar Varaxran (418
— 438), Yazdigard II (438—457) 
davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar 
hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola 
— kidariylar 
oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan 
janubi-
gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh 
qilishgan va Xioniylar da
vlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar. 
Turk xoqonligi (
��𐰼𐰇𐱅

— Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir 
necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk 
Xoqonligi (552
—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan 
ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng 
ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan 
Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.Turk xoqonligiga doir 
maʼlumotlar Urxun-Enasoy bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon 
(Vizantiya), arman, suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida 
saqlanib qolgan.Turk, turkiylar-eng yirik etnoslardan birining nomi .Turk 
soʼzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarini 


anglatadi….muslimaOltoy xoqonlik markazi qilib belgilandi Turklarning 
gʻarbga yurishlariga Istami boshchilik qiladi Unga YABGʻU XOQON deb 
unvon beriladi 
4.
Somoniylar davlati (875-999) — (forscha: ناماس
ی
نا
) Movarounnahr va 
Xurosondagi oʻrta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab 
xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan 
Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bogʻliq. Ravnaq topgan 
davrida Movarounnahr, Xuros
on, Shimoliy va Sharqiy Eronni oʻz ichiga 
olgan 
Davlatning tashkil topishiSomonilar davlati 10 asr oʻrtalarida 
Arab xalifasi Horun ar-
Rashid vafotidan soʻng uning oʻgʻillari Maʼmun va 
Amin oʻrtasida taxt uchun boʻlgan kurashda Maʼmunga yordam 
berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va 
viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, 
Ahmadga Fargʻona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. 
Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi 
xirojidan juda katta mablagʻni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib 
turadilar. 9-asrda Mova
rounnahrning siyosiy hayotida oʻzgarishlar yuz 
berib, yurtga avval Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri 
hukmronligi davrida oʻz nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. 
Ahmad vafotidan (865) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni markazga 
aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni 
Xurosondan ajratib olish choralarini koʻradi. 9-asrning oxirgi choragida 
Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga 
oʻtadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush 
dirham zarb etadi. Koʻp oʻtmay aka-uka Nasr va Ismoil oʻrtasida toj-taxt 
uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil gʻolib chiqadi. Ismoil Somoniy 
888-
yilda butun Movarounnahrni oʻz qoʻl ostiga birlashtirdi va 
mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish 
qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich 
zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab 
xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan 
somoniylarni toʻqnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu 
boy viloyatlarda oʻz taʼsirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu’tazid 
safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr 
ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va 
uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-
yilda ular oʻrtasida urush 
boshlanib, Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar 
qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorligʻini 


yuborishga majbur boʻladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va 
Xurosonni oʻz qoʻl ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning 
poytaxtiga aylanadi 
Qoraxoniylar davlati yoki qisqacha Qoraxoniylar 
— 840-1212 yillar 
oraligʻida Oʻrta Osiyo va Movarounnahrda hukmronlik qilgan turk 
sulolasi. Bu Markaziy Osiyoda barpo etilgan birinchi islom 
sulolasidir.Afzal qarashga koʻra, Qoraxoniylar davlati qarluq turkiy 
qabilalariga mansub edi.389/999-yillarda Ilekxon (388-403/998-1013) 
qoʻmondonligi ostidagi qoraxoniylarning hujumlari ularga Movarounnahr 
hududidagi hukmronlikni qoʻlga kiritish imkonini berdi.Bu hujumlar 
Somoniylar davlatining qulashi haqida ham xabar berdi. Chunki 
hujumlardan keyin Qoraxoniylar davlati mintaqadagi Somoniylar 
davlatining koʻp joylarini bosib oldi.[9] Qoraxoniylar davlati ichki nizolar 
va boʻlinishlar bilan koʻp davrlarni boshidan kechirdi. Boʻlinishlar va ichki 
nizolar, tabiiyki, davlat boshqaruvida sheriklik tizimini qoʻllash natijasida 
sodir boʻlgan. Chunki davlatda bir vaqtning oʻzida ikki xil hukmdor 
boʻlgan: Buyuk xon va oddiy xon. Buyuk Xon davlatning sharqiy qismida 
istiq
omat qilgan va sharqiy tomonni boshqargan. Boshqa Xon gʻarbda 
istiqomat qilib, davlatning gʻarbiy qismini boshqargan. 
3.mavzu 
1.
Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-
ozodlik harakatlari. O’lkada XIX 
asrning ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyasining mustamlakachilik,
ulug’ davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining milliy ozodlik 
harakatlari boshlanishiga asosiy 
sabab bo’ldi. 
Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarida chor Rossiyasi qo’shinlarining O’rta 
Osiyo hududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harakatlari 
boshlanganligi va bu chor hukumatining ag’darilishiga, qolaversa
mustaqillikka erishganimizga qadar davom etganligi haqidagi
ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar asosida O’rta Osiyo xalqlarining
chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus
olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda Sulton
Kenesarin rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shahrisabz 
bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida
Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar; 1871 yildagi Farg’onada Yetimxon
qo’zg’oloni; 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi 


Po’latxon qo’zg’oloni; 1892 yildagi Toshkent qo’zg’oloni; 1898 yildagi 
Andijonda Dukchi Eshon qo’zg’oloni; 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi 
harakatlar, 1916 yildagi Jizzax qo’zg’oloni va boshqalar. 
XIX asr 70-
yillar boshlaridagi Farg’onadagi xalq harakatlarini alohida 
qayd etish lozim. 1868 yilda Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzib, 
Qo’qon xonligining katta hududlarini Rossiya ixtiyoriga bergan va
Rossiya hukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan nafaqat oddiy 
xalq, balki yirik yer egalari ham norozi edilar. Qo’qon xonligida elchi va 
josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma’lumotlariga qaraganda 
norozi beklar tepasida Abdurahmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon 
siyosatiga qarshi xalq harakati ayniqsa kuchaydi. Bundan foydalangan 
Abdurahmon oftobachi o’z tanishi mulla Is’hoq O’asan o’g’lini Qirg’izlar 
orasida Po’latxon nomi bilan qo’zg’olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham 
bu harakatga qo’shiladi. 1873 yilda boshlangan bu qo’zg’olonda oddiy 
xalq, dehqonlar, hunarmandlar faol ishtirok etdilar va bu harakat
butun Farg’ona vodiysi bo’ylab yoyildi. Xudoyorxonning o’g’li 
Nasriddinbek boshchiligidagi xon qo’shinlari ham qo’zg’olonchilarni
qo’llab-quvvatladilar. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Xudoyorxon rus 
hokimiyatidan boshpana so’rab, Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga 
uning o’g’li Nasriddinbek (1875-76) xon qilib ko’tarildi. 
Qo’zg’olonchilar kelishuviga binoan esa Po’latxon xon etib saylanishi 
kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko’tarilishi va uning ham ruslar 
bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo’zg’olonchilar o’rtasida norozilik 
keltirib chiqardi. Natijada Marg’ilon, Namangan, Andijon hududlarida 
Po’latxon tarafdorlari yerlarni kambag’allarga bo’lib berib, xon siyosatiga 
qarshi chiqdilar. Qo’qon xonligining ruslarga qarashli bo’lgan yerlarida 
ham norozilik chiqishlari avj ola boshladi. Bu rus hukumatini xavotirga 
s
olib qo’ydi va Kaufman Qo’qon xonligini tugatish to’g’risida
podshoning roziligini so’rab, iltimosnoma jo’natdi. Qo’qon xonligi
hududiga esa Skobelev boshchiligida harbiy jazo otryadi kiritildi.
Bu vaqtda Nasriddinxon hokimiyatdan chetlashtirilib, vodiyda 
Po’latxonning mavqei oshib ketgan edi. 


Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg’olonchi-larni tezda 
mag’lubiyatga uchratdi. Po’latxon qo’shinlari harakatining ikkinchi 
bosqichi 1875 yili Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo’lib o’tgan 
harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu harakatlarda qattiq zarbaga uchragan 
qo’zg’olonchilar 1876 yili Andijonda, Oloy vodiysida kurashni davom 
ettirdilar. Ammo harbiy jihatdan kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 
martda Po’latxon tutib olinib Marg’ilonda osib o’ldirildi. Boshqa 
qo’zg’olonchilar ham qattiq jazolandi. Podshoning buyrug’i bilan Qo’qon 
xonligi tugatilib, Farg’ona viloyati tashkil etildi. 
Farg’ona vodiysida bo’lib o’tgan 70-80-yillardagi xalq harakatlarida 
Qurbonjon dodxoh, Yetimxon, Darvishxon to’ra, Yoqubbek 
boshchiligidagi qo’zg’olonlarni alohida qayd qilishimiz zarur. Qurbonjon
dodxoh rus qo’shinlariga qarshi kurashda sharq ayollarining 
qahramonligini, jasoratini namoyon etdi. Manbalarning ma’lumot
berishicha, general Skobelev sulh tuzish uchun mayor Ionovni
Qurbonjon dodxoh huzuriga jo’natadi. Ammo Qurbonjon dodxoh 
mayorni qabul qilmay faqat o’z mavqei bilan teng bo’lgan sarkarda 
bilangina muzokaralar olib borishi mumkinligini bildiradi. Chorasiz qolgan 
rus generali Skobelev u bilan sulh tuzishga va uni «Oloy malikasi»,
deb tan olishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 
yilgi milliy ozodlik qo
’zg’olonida ham faol qatnashganlar Rus amaldorlari
doimo Oloy malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar 
uning oldiga tez-tez kelib turishgan. 1901 yilda Rossiya imperiyasi 
Qurbonjonga imperatritsaning sovg’asini shaxsan topshirgan. Qurbonjon
dodxoh 1907 yilda O’shda 96 yoshida vafot etgan. 
O’rta Osiyo xalqlarining mustamlakachilarga qarshi kurashida
Yoqubbek va u boshqargan Yettishahar davlati (1865-1877) ham
muhim o’rin egallaydi. Chunki ular Qo’qon, Buxoro, Xiva
vatanparvarlarining rus bosqinchilariga qarshi kurashlarida yordam
berib turishgan. Shu sababli Turkistondagi so’nggi mustaqil davlatni 
tugatish Rossiya uchun kechiktirilmas vazifa bo’lib qoldi. 1877 yil 22 
iyunda rus qo’shinining o’uljaga bostirib kirishi shu maqsadni amalga 
oshirishga qaratilgan edi.
Amir Yoqubbekning to’satdan vafot etishi 
Yettishahar davlati qo’shinining mag’lubiyatga uchrashiga sabab 
bo’ldi. Oqmachit, Chimkent, Toshkent mudofaalarini tashkil qilishda


jonbozlik ko’rsatgan Yoqubbek Turkiston ozodligi uchun kurash yo’lida 
jon baxshida etgan qahramonlarimizdan biridir. 
1878 yili Mingtepada chorizmning siyosiy- iqtisodiy zulmiga qarshi 
Yetimxon boshchiligidagi g’alayon ko’tarildi. Bunday G’alayon 1879 yilda 
Farg’ona viloyatida ham sodir bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar kuch bilan 
bostirilsa ham aholining qahr-
g’azabidan xavfsiragan Farg’ona viloyati 
gubernatori Qayri- qonuniy soliq yiQuvchilarni ishdan olib tashlashga 
majbur bo’ldi. 
1889-
1890 yillarda Farg’ona vodiysi va Toshkent hududlarida ko’plab
xalq harakatlari, qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Shulardan biri 
Darveshxon qo’zg’olonidir. Andijon uyezdining Qo’rg’ontepa volostida
Yuqori tabaqaga mansub bo’lgan vatanparvar Darveshxon qo’shin
to’plashga kirishdi. U mustamlakachilik tuzumiga qarshi ochiqdan-
ochiq qurolli qo’zg’olonga tayyorgarlik ko’rdi, ammo Farg’ona viloyati
harbiy ma’murlari katta kuch yuborib Darveshxon kuchlarini tor-mor
etdi, uni
ng yordamchisi Mo’minboy ushlab olinib, dorga osildi. 
1892 yilgi qo’zg’olon ko’plab tarixiy adabiyotlarda rus hukumatini
o’lkaning bir qancha shaharlarida vabo kasali tarqalishining oldini olish 
uchun Toshkent shahrida ko’rilgan chora-tadbirlariga qarshi ko’tarilgan 
qo’zg’olon deb ta’riflangan bo’lsa-da, aslida bu qo’zg’olon chor 
Rossiyasining o’lkada ko’p yillar davomida olib borgan mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi qaratilgan edi. 
Rus hukumatining vaboni oldini olish uchun ko’rgan chora-tadbirlari 
davomida mahalliy aholining diniy e’tiqodlari, urf-odatlari hisobga
olinmaganligi natijasida sabr kosasi to’lgan xalq ommasining
noroziligi kuchaydi. Natijada bu qo’zg’olonda Toshkent shahri aholisining 
barcha qatlamlari ishtirok etdi. Mahalliy aholining milliy-madaniy 
an’analariga xos diniy bayram «Qurbon hayit» kuni boshlangan bu


qo’zg’olon, tezda chor askarlari tomonidan bostirilib, qo’zg’olonchilardan 
8 kishi dorga osib o’ldirilishga, 15 kishini 2 yil muddat bilan mahbuslar 
rotasiga yuborilishiga, 2 kishini olti oydan qamoq jazosini o’tashga hukm 
qilishdi. Lekin chor Rossiyasi dunyo matbuotchilari oldida bu jazolar 
shov-
shuvga sabab bo’lishidan cho’chib, o’lim jazoni umrbod surgun 
bilan almashtirdi. Bu qo’zg’olon Toshkent shahrining o’zida yuz bergan 
bo’lsa-da, uning aks sadosi butun Turkiston o’lkasi bo’ylab tarqaldi.XIX 
asr 
oxirlarida Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi o’lka 
xalqlarining milliy ozodlik harakatining yana bir yorqin namunasi
1898 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan Dukchi Eshon qo’zg’oloni 
orqali namoyon bo’ldi. Bu qo’zg’olon rahbari Muhammadali Eshon o’z 
davrining obro’li, diniy va dunyoviy ilmlardan boxabar, davr siyosatini 
to’g’ri tushungan shaxs edi. U o’z muridlari va hamfikrlari bilan 
bosqinchilarning xalqqa qarshi olib borayotgan zulmkor siyosatini qoralar 
va bunga qarshi har 
qanday harakatni ma’qullar edi.Dukchi Eshon
Mingtepa qishloqidan turib Farg’ona shaharlari va Qirg’iz
yerlaridagi mustamlakachilardan norozi aholini birlashtirish va bu zulmni 
aQdarib tashlash uchun harakat boshladi. Qo’zg’olon olib borish
usullaridan bexabarlik, birlikning yo’g’ligi, uyushmaganlik, qurol-aslaha
va moddiy bazaning yetishmasligi qo’zg’olonning tezda mag’lubiyatga 
uchrashiga sabab bo’ldi, ayniqsa qo’zg’olonning kelishilgan muddatdan 
oldin boshlanishi, harakat mag
’lubiyatining asosiy sabablaridan biri
bo’ldi. Qo’zg’olon bostirilib, uning rahbarlari qattiq jazolandi.
Qo’zg’olon natijasida Farg’ona viloyatida va butun Turkiston general-
gubernatorligida harbiy politsiya rejimi kuchaytirildi. Mustamlakachilik 
zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari. 
2.
Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga 
ta’siri. 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd 
va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib 
olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 24-oktyabrdan 25-
oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining 
soldatlari va Bol- tiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va 
majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi. 
Petrogradda ochilgan Butunros- siya Sovetlarining II syezdida 
bolsheviklar dastlab so‘l eserlar bilan hamkor- likda Muvaqqat hukumat 
ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar 
e’lon qildilar. 
Oktyabr to’ntarishi chorizmning mustamlaka Turkiston iqtisodiyoti va 
Xalq ommasini imperiyaga ekspluatasiya qilishdan iborat talonchilik 
amaliyotiga va’da qilingan o’zgarishlarni kiritmadi. Aksincha, mustabid 


hokimiyat idora usuli bilan qo’shilib ketgan bozordan tashqari 
«sotsializm» degan o’ta yaroqsiz markscha andoza «Sovet 
O’zbekistoni» sharoitida o’zining eng so’nggi nuqtasiga yetib, milliy 
iqtisodiyotni izdan chiqardi. Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraganda, 
sobiq sovet davlatida amal qilgan «ittifoq mehnat taqsimoti» avval 
boshidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish sohasida chorizmning 
mustamlakachilik andozasi asos solgan buyuk davlatchilik mantig’iga 
tayanganligini yaqqol ko’rsatadi. Bu andoza O’zbekiston xo’jaligi 
majmuining haddan tashqari ixtisoslashuvini, uning iqtisodiy 
rivojlanishining bir tomonlama xususiyatini belgilab berdiki, u o’lkaning 
tabiiy boyliklarini talash va mehnat resurslaridan vaqtincha foydalanish, 
respublikani tayyor mahsul
otni sotish bo’yicha keng ko’lamli bozor 
sifatida saqlab turish sohasida markazning imkoniyatlarini oshirishga 
butunlay bo’ysundirilgan edi. 
XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat 
boshqaruv idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berdi. Stalin 
asta-
sekinlik bilan o’zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror 
toptirish harakatida bo’ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi 
nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustakamlanib borgan 
sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi» degan 
g’oya qonuniy hatti-harakatlharning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning 
atrofdagilari mamlakat va partiya hayotiga oid har 
bir masalada o’z 
irodasi, hukmini boshqalarga majbur yetib har qanday muolifatchi 
qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv yetib bordilar. Su tariqa, 
mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini 
Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat 
boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik harakterida bo’ladi. Ijtimoiy
iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalhari ustidan qattiq nazorat 
o’rnatildi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muolifatchilik harakatlarida 
bo’lish qat’iyan man etildi, siyosiy yorqinliklar taqiqlanadi. Ayni chog’da 
demokratiya buzildi, ilg’or, taraqqiyparvar kuchlar qatag’onlikka maxkum 
etiladi. Hukmron partiyaning yagona irodasi, o’zboshimchaligi, chegara 
bilmas zo’ravonligi avjiga mindi. Mamlakatda totalitar tuzumning qaror 
topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham dahl qilib, ularning butun 
inon ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston 
timsolida ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Avvalo, respublika hokimiyati, 
boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSSR organlariga 
bo’ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot – 
O’zbekiston Kompartiyasi ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni 
viloyat bo’limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul 
qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar 
respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart 


edi. Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga 
ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga kiritib, uning 
amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy 
rahbariyati respublikaning iqtisodi
y, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga 
oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, 
huquqli emas edi. 
Mustabid tuzum markazdan O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli 
xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib 
turdi. 
Ular yordamida o’lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, 
o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lib, mahalliy kadrlar faoliyatini 
kuzatib, nazorat qilib bordi. O’z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini 
himoya qilib, uning istiqbolini ko’zlab, o’zida kuch iroda topib, bor 
haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron 
Markazning qahr-
g’azabiga duchor bo’ldi. Qatag’onlik zulmkorlari, 
ularning gumashtalari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini oradan 
olib tashlash, faoliyat
ini og’machilik, buzg’unchilikda ayblash, sha’niga 
millatchi, xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz 
bo’htonlar bilan la’nat tamg’asini tirkashga doimo tayyor turardilar. 
Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan to’qib chiqarilgan 
va o’zbek milliy kadrlari sha’nini bulg’ashga qaratilgan «18lar guruhi», 
«inog’omovchilik», «Qosimovchilik» degan siyosiy ishlar misolida ko’rish 
mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko’zdan 
kechirib, tahlil etar ekanmiz, bu insonlar hatti-harakatida, faoliyatida 
ularni ayblashga hech bir asosli ashyo-
dalillar bo’lmaganligiga to’la amin 
bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi» – bu o’z millati dardi, tashvishi va 
manfaatini ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal 
etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi, holos. Ho’sh, «18lar guruhi» 
tarkibi kimlardan iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday 
gunoh kilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan tashkil topgan 
bu guruh (I. Hidiraliyev, M.Saidjanov, U.Ashurov, R.Rahimboboyev, 
R.Rafiqov va b.) ga tir
kalgan asossiz aybga, uyushtirilgan bo’htonga 
ko’ra, go’yo uning a’zolari hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va 
shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik 
yo’liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib 
chiqqandilar. «O’n sakkizlar guruhi» bolsheviklar tomonidan boy-quloq 
deb nomlangan o’ziga to’q xo’jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida 
belgilangan me’yordan ortiqcha mol-mulki tortib olinishiga qarshi chiqdi. 
Shuningdek sovetlarga saylovlar vaqtid
a, «quloq» deb tadbirkor, to’q 
xo’jaliklarning saylov huquqidan mahrum qilinishi bilan kelisha olmadi. 
Ular tijorat, hunarmandchilikni yo’qotishga qaratilgan og’ir soliqlarni 
kamaytirishni talab qildilar, o’zbek ayollarini ozodlikka chiqarishda 
shoshma-sho
sharlikka yo’l qo’ymaslik, qon to’kilishiga olib kelmaslik 


zarurligini ko’rsatdilar. Ularning bu talab va istaklari O’zbekistondagi 
markaz vakillariga yoqmadi. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan 
mazkur guruh keskin qoralandi va uning a’zolari o’z lavozimlaridan olinib, 
turli partiyaviy jazolarga giriftor etildilar. 
«Inog’omovchilik» guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan 
barcha ayblarning to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. 
Ma’lumki Rahim Inog’omov O’z KP(b) MK Matbuot bo’limi mudiri va 
O’zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. 
Shuningdek, R. Inog’omov o’zining bir qator nutqlarida O’zbekiston 
Kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita olmayotganligiga, Markazning 
nazoratchi organlarining o’lka hayotidagi zo’ravonligiga ham alohida 
e’tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahalliy partiya, sovet 
organlari mas’ul hodimlaridan M. Mavlonbekov, I. Isamuhamedov, M. 
Aliyev singari hammaslaklar R.Inog’omov qarashlarini qo’llab-quvvatlab 
chiqqandilar. Albatta, bunday muholifatchi chiqishlar hukmron partiya 
mutasaddilarining qahriga uchramasdan, jazolanmasdan qolmasdi. Shu 
bois 1926-1931 yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir 
necha bor muhokama qilinib, og’machi guruhbozlikda ayblandi. R. 
Inog’omov 1926 yil oxirida «O’zbekiston ziyolilari» risolasini matbuotda 
e
’lon qildi. Unda «Oktyabrdagi o’zgarish o’zbek xalqi uchun kutilmagan 
voqea bo’ldi va o’zbek mehnatkashlari tayyor emas edi», – degan fikrni 
ilgari surdi. Shuningdek R. Inog’omov o’zining bir-qator nutqlarida 
O’zbekiston kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga 
qarshi kuzatilayotganlikda, markazning Sredazbyuro, SredazEKOSO 
kabi «nazoratchi» organlarini zo’ravonlikda aybladi. 1926 yil 12 dekabrda 
bo’lgan O’zKP(b) MK Ijroiya byurosi «R.Inog’omov faoliyati» haqidagi 
masalasini ko’rib chiqib «inog’omovchilik»ni O’zbekiston 
Kompartiyasidagi «mayda burjuachilik, millatchilikka tomon og’ish» deb 
baholadi va respublika partiya tashkilotlarida keng muhokama qilib 
«inog’omovchilik»ka «baho berish»ni topshirdi. Shunga ko’ra barcha 
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin