partiya tashkilotlari m
ajlislarida «inog’omovchi»lik qoralandi.
R.Inog’omov va uning tarafdorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi,
o’zlari esa tavba tazarru qilishga majbur etildilar.
«Qosimovchilik» guruhi ham 1929-1930 yillarda sovet hukmron rejimi
tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag’on qilish, jazolash maqsadida
atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo’lgan. O’zSSR Oliy Sudining
raisi lavozimida ishlab kelgan Sa’dulla Qosimov va uning yaqin
maslakdoshlari deb topilgan N.Alimov, B.Sharipov kabi 7 kishi 1929
yilning 2-
yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to’qib chiqarilgan
«ayblov ishi»ga siyosiy tus beriladi. Bunga ko’ra, ular respublikadagi
millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda qoralandilar. Bu
guruhning 4ta a’zosi mana shu asossiz ayblar bilan ayblanib, otib
tashlandi, qolgan 3 kishi esa ko’p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng
so’nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil
qilish, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika hududida
butunlay bo’lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy
tashkilotlar qatag’onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va
jazo organlari tomonid
an atayin to’qib chiqarilgan. Buning orasida ming-
minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari
hazon bo’lgan.
Mamlakatda ma’muriy buyruqbozlik tizimi qaror topib mustahkamlanib
borishi bilan bir qatorda respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti
muttasil siyosatlashtirilib va baynalminallashtirilib borildi va hukmron
partiya tomonidan «sotsialistik qurilish» va mustabid tuzumni
mustahkamlash vazifalariga bo’ysundirildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu
qadar shiddat bilan o’zgarib bordiki, mavjud har bir masalaga siyosiy
nuqtai nazardan qaraldi. Buning natijasida milliylik o’rniga amalda
baynalmilallik ustivor qilib qo
’yildi, milliy qadriyatlar an’ana, urf-odatlar
oyoqosti qilindi. Kommunistik partiya o’rnatgan ana shu mustabid
tuzumni, u amalga oshirgan, «sotsialistik tajriba»ni mahalliy xalq, avvalo
uning ilg’or vakillari zo’r norozilik bilan kutib oldilar, ular xalqning milliy
madaniyatini, an’analari va urf-odatlarini, ko’p asrlik ma’naviy merosini
saqlab qolishga intildilar, Markazning zo’ravonligiga qarshi ochiq tanqidiy
fikrlar bildirdilar.
Kommunistik partiya hukmronligi davridagi siyosiy qatag’onlarning
bosqichlari haqida gapirganda, uni 3 davrga bo’lish mumkin.
1.O’tgan asrning 20-30 yillar qatag’onlari. Bu davrda juda ko’plab davlat
va partiya rahbarlari, ziyolilar, o’qituvchilar, jadidlar qatag’on qilindi.
2.XX asrning 50-
yillar qatag’onlari. Bu davrda shoirlar, yozuvchilar,
ularning asarlari qatag’on qilindi.
3.XX asrning 80-
yillar qatag’onlari. «Paxta ishi», «O’zbek ishi» nomi
bilan Markaz tomonidan to’qib chiqarilgan buhtonlar natijasida yuzlab
respublika, viloyat, tuman rahbarlari, oddiy pahtakorlar qo’shib yozishda,
ko’zbo’yamachilikda, poraho’rlikda ayblanib, turli hil muddatlarga
ozodlikdan mahrum etildi, ularga ma’naviy va moddiy zarar yetkazildi.
Milliy madaniyatni qayta tiklash xalq turmushini yahshilash
muammolariga diqqatni jalb etishga uringan rahbar hodimlar va ijodiy
ziyolilar ustidan 20-
yillar davomida hufiyona zo’rlik va repressiyalar
siyosati o’tkazildi. Shu munosabat bilan Turar Risqulov, Fayzulla
Ho’jayev, Abdulla Rahimboyev, Nazir To’raqulov, Inomjon Hidiraliyev,
Kayg’usiz Otaboyev, Akmal Ikromov, Sultonbek Hujanov singari
mashhur arboblar millatchilikda ayblandilar. Turar Risqulov (1894-1938)
1919 yil mart oyida tuzilgan musulmon kommunistlari byurosi raisi,
Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston HKS raisi bo’lib ishlab kelgan.
T.Risqulov 1919 yilda Turkistonda bolsheviklar hokimiyatini saqlab qolish
uchun bu yerga kelgan Sh.Eliava boshchiligidagi Turkkomissiya
faoliyatiga qarshi chiqdi. Hatto Turkiston HKS raisi bo’lib ishlagan K.
Otaboyev katta yig’inda kelganida yevropaliklar mahalliy sharoitni yerli
halq tilini bilmaydi, shuning uchun ular o’lkada foydali ish qilmayapti deb
ochiq gapirgan edi. T.Risqulov Turkiston XKS raisi qilib
tayinlanayotganda yerli halqlar qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish
shartini qo’ydi.Turkkomissiya faoliyatidan norozi bo’lgan yerli xalq
vakillari uni tugatishni, Turkfront RVS (inqilobiy harbiy kengash)
huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan chiqarish yoki
qurolsizlantirishni qat’iy talab qildi.
1920 yillarning boshlaridayoq Turkiston ASSRni bo’lib tashlash va milliy
til belgisiga qarab muhtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasidagi
Turkkomissiya raisi H.Rudzutak tashabbusi bilan qabul qilingan
tezislarga ham T.Risqulov qarshi chiqadi. U turkiyzabon xalqlarni alohida
qismlarga bo’lib tashlab bo’lmaydi degan g’oyani ilgari surdi. Markaz bu
fikrni inkor etib, uni panturkizm, panislomizm, burjua millatchiligida
aybladi.
1938 yilda u qatag’on qurboni bo’ldi.
Akmal Ikromov (1898-1938) davlat va siyosiy arboblardan biri edi.
Dastlab u o’lkada tashkil topgan «izchillar», «Chig’atoy gurungi»ning
a’zosi bo’lib sovet tuzumiga qarshi maqola va she’rlar yozgan. U
she’rlarida Elhon tahallusini qo’lladi. 1921 yilda Turkiston KP MK kotibi
lavozimiga saylangan A.Ikromov 1922-
1924 yillarda Moskvada o’qidi va
kommunistik g’oyalar bilan qurollantirildi. 1925 yil fevralda A.Ikromov
O’zKP MKning mas’ul kotibi, 1929 yilda MKning birinchi kotibi
lavozimlariga tayinlanadi. U sovet hokimiyatining siyosatini izchillik bilan
amalga oshirdi. O’zbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish,
«quloqlarni sinf sifatida tugatish» kabi tadbirlarda faol ishtirok etdi va
ularga rahbarlik qildi. O’sha davrda milliy ziyolilarni qatag’on bo’lishiga
maydon hozirlagan «Siyosiy ko’rlarmiz» degan maqolasini e’lon qildi.
A.Ikromov «inog’omovchilik»ka qarshi bir-necha bor chiqishlar qilib,
ularni «milliy og’machilik» va «millatchilikda» ayblaydi. 1927 yil
oktyabrda Samarqandda bo’lgan O’zSSR madaniyat xodimlarining II
qurultoyida A.Ikromov «Mafkuraviy jabhadagi kurash va madaniyat
hodimlarining vazifalari» nomli ma’ruzasidan so’ng, 1929 yilda Munavvar
Qori boshliq taraqqiyparvarlar qatag’onga uchradilar. Uning
rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo’lida faoliyat yuritgan, xalqqa
ziyo taratib kelgan «Milliy Ittihod» va «Milliy istiqboli» tashkilotlarining 87
a’zosi ustidan sud uyushtirildi va ularning 15tasi 1931 yilda Moskvada
otib tashlandi, qolganlari uzoq muddatga qamoq jazosiga tortildi. Ular
xalqimizning asl farzandlari edi. Masalan, ulardan biri
– professor G’ozi
Olim Yunusov edi. U kishi 50dan ortiq asarlar muallifi, arab, fors, nemis,
ingliz, barcha turkiy tillarning bilimdoni, rus, nemis, arab tillarida mahsus
kurslardan Samarqand universitetida dars bergan edi.
Hullas, bolsheviklar rejimiga sidqidildan xizmat qilgan A.Ikromovni ham
mustabid tuzum qatag’onlari ayab o’tirmadi. U 1937 yil sentyabrda
Toshkentda hibsga olindi va 1938 yil mart oyida Moskvada otib
tashlandi. Inomjon Hidiraliyev (1891-
1928) Farg’ona viloyati Namangan
uyezdining Pop volostida dehqon oilasida tug’ilgan. U 1922-1924 yillarda
Turkiston ASSR MIK va HKKning RSFSRdagi Muhtor vakili bo’lib ishladi.
I.Hidiraliyev 1924 yil aprel-
avgustda Londonda bo’lgan Sovet-Angliya
muzokaralarida ishtirok etdi. U F.Ho’jayev, T.Risqulov, K.Otaboyevlar
bilan hamkorlikda bolsheviklarning shovinistik siyosatini izchillik bilan
fosh etdi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga hayrihoh edi. U «o’n
sakkizlar guruhi»ning tashkilotch
ilardan biri bo’lib, bolsheviklar
tomonidan o’tkazilayotgan «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosatiga
qarshi chiqqan edi. Pahtakor dehqonlarni himoyachisi edi. Mustabid
tuzumning ruhiy tazyiqiga uchragan I.Hidiraliyev 1928 yil 31 dekabrda
Moskvadagi «
Nasional» mehmonhonasida o’z joniga qasd qildi.
Ularning faoliyati GPU (davlat siyosiy boshqarmasi) hamda NKVD (ichki
ishlar halq komissarligi) tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilgan. 30-
yillarda o’zbek adabiyotining Fitrat va Cho’lpon kabi «keksa» avlodi
vakillarining erkin ijod etishiga yo’l qo’yilmadi. Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda
«sovet hokimiyatiga qarshi aksil-inqilobiy, pantyurkisti ishlar olib
borganlikda» ayblanib, otib tashlandi. Fitrat Buxoroda F. Ho’jayev bilan
birga adolatli hukumat tuzish niyatida o’z dasturini ishlab chiqdi. Bu
dastur 1
0dan ortiq banddan iborat bo’lib, unda davlatning tashkiliy tizimi,
idora qilishda armiyaning roli, milliy pul, xususiy mulk egaligi, vakflar, din
erkinligiga alohida e’tibor berilgan edi. U rus inqilobiga totalitar tuzumga
qarshi edi. Fitratning madaniy merosidagi yagona buyuk fazilat: milliy
mustakillik uchun kurash edi. U o’zining «Temur oldida» asarida «Qaysi
bir yurt nobob shaxs qo’liga tushib qolsa, xalqi o’zaro ahil va totuvlikka
erisha olmasa, boshqalarga yem bo’lishi muqarrar», – deb yozadi. Fitrat
o’zining «Chin sevish» va «Hind ihtilochilari» asarlari milliy mustaqillik
uchun kurash g’oyasini ifoda etgan. Bu asarlarida talangan, kamsitilgan,
bo’lingan To’ron elini birlashtirish uchun Ollohdan Amir Temur va
Abdullahonni tiriltirishni iltijo qildi. U konstitusion monarhiya tizimidagi
dav
latni tuzish g’oyalarini ilgari surgan. O’zbek romanchiligining
asoschisi Abdulla Qodiriy 20-
yillarda «O’tgan kunlar»dan keyin
«Mehrobdan chayon» asarini yaratib, o’zbek romanchiligini jahon
madaniyatiga olib chiqdi. Biroq sovet rejimi uning «O’tgan kunlar» asari
kitobxonlarni sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik
qarashlari ochiq aks etgan deb, tanqid ostiga oladi va bu uning 1937
yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. U 1938 yil 4
oktyabrda otiladi.
Taniqli o’zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o’zining
«Yurak», «Mehrim», «Norbuta» kabi she’riy dostonlari bilan shuhrat
qozongan. U Dobrolyubov, Lermontov asarlarini o’zbek tiliga tarjima
qilgan. 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo’lgan davrda respublika
bo’yicha yozuvchilar, jurnalistlar, davlat va jamoat arboblari 5758 kishi
qamoqqa olingan. Ulardan 4811 kishi otib tashlangan. O’ylab chiqarilgan
soxta ayblovlar bo’yicha O’zbekistonda 1937-1939 yillar bo’yicha
hammasi bo’lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37
mingdan ortig’i jazolangan, 6920tasi otib tashlangan.
3.
Dostları ilə paylaş: |