partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum
yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor
qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi
(VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi – Oʻzbekiston leninchi
kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi
tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat
hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa
bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik
vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish
huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda
Oʻzbekistonning huquqi Rossiya SFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom
respublikalar huquqi bilan ten
glashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori
lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal
qilinar edi.
OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari
Fayzulla Xoʻjayev (1925–1937)
Abdulla Karimov (1937)
Sulton Segizboyev (1937
–1938)
Abdujabbor Abdurahmonov (1938
–1946-yilgacha)
OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari
Abdujabbor Abdurahmonov (1946
–1950)
Abdurazzoq Mavlonov (1950
–1951)
Nuriddin Muhiddinov (1951
–53; 1954–1955)
Usmon Yusupov (1953
–1954)
Sobir Kamolov (1955
–1957)
Mansur Mirzaahmedov (1957
–1959)
Orif Alimov (1959
–1961)
Rahmonqul Qurbonov (1961
–1971)
Narmaxonmadi Xudoyberdiyev (1971
–1984)
Gʻayrat Qodirov (1984–1989)
Mirahad Mirqosimov (1989
–1990)
OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi
Islom Karimov (1990-yil 1-noyabrdan)
OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblari
Vladimir Ivanov (1925
–1927)
Nikolay Gikalo (1929)
Akmal Ikromov (1929
–1937)
Usmon Yusupov (1937
–1950)
Amin Niyozov (1950
–1955)
Nuriddin Muhiddinov (1955
–1957)
Sobir Kamolov (1957
–1959)
Sharof Rashidov (1959
–1983)
Inomjon Usmonxoʻjayev (1983–1988)
Rafiq Nishonov (1988
–1989)
Islom Karimov (1989
–1991)
OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislari
Yoʻldosh Oxunboboyev (1925–1937-yilgacha)
OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari
Yoʻldosh Oxunboboyev (1937–1943)
Abduvali Moʻminov (1943–1947)
Amin Niyozov (1947
–1950)
Sharof Rashidov (1950
–1959)
Yodgor Nasriddinova (1959
–1970)
Nazar Matchonov (1970
–1978)
Inomjon Usmonxoʻjayev (1978–1983)
Olimjon Salimov (1983
–1986)
Rafiq Nishonov (1986
–1988)
Poʻlat Habibullayev (1988–1989)
Mirzaolim Ibrohimov (1989
–1991)
OʻzSSR Oliy Soveti raisi
Shukrulla Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan)
4.mavzu.
1.
Oʻzbekistonda paxta ishi yoki paxta ishi (boshqa nomi oʻzbek ishi)
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Leonid Brejnev
hukmronligining soʻnggi yillarida boshlangan va 1989-yilgacha davom
etgan keng koʻlamli repressiv antikorrupsiya mojarosi edi.
Turgʻunlik davrida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblik
kuchayib borishi bilan aholining hukumatga nisbatan ishonchini oshirish
maqsadida paxta ishiga aloqador boʻlgan keng miqyosdagi jinoiy sud
jarayonlari eʼlon qilindi. Jami 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilib, 4000 dan ortiq
shaxs ushbu ish bilan bogʻliq turli ayblovlar boʻyicha aybdor deb topildi.
Tarixi
Sharof Rashidov 1959-yil 15-
martda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi
kotibi etib tayinlandi. Hukmronligi davrida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasi O‘rta Osiyoning boshqa Sovet Sotsialistik Respublikalari
qatori Sovet Ittifoqining asosiy paxta manbaiga aylandi. 1970-yillarning
boshlariga kelib Oʻzbekiston SSRda deyarli barcha ekin maydonlari
paxtachilikda foydalanish uchun oʻzlashtirildi[1]. Paxta yetishtirishni
yanada oshirishning imkoni boʻlmasa-da, davlat reja qoʻmitasi yoki
Gosplan paxtani import qilishdan qochish maqsadida ishlab chiqarishni
yanada oshirishni talab qila boshladi[2].
Natijalar halokatli boʻldi. Pestitsidlar va zaharli oʻgʻitlardan keng
foydalanish hamda almashlab ekishdan voz kechish atrof-muhit uchun
halokatli oqibatlarga olib keldi. G‘o‘zaning o‘sishini yaxshilash
maqsadida suvning isrof qilinishi Orol dengizining qurib qolishiga sabab
boʻlib, bu esa mintaqadagi ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Shunga qaramay, paxta yetishtirish darajasi oshmadi. Qoʻshib yozish
yoki besh yillik rejalar natijalarini sunʼiy ravishda oshirish natijasida
millionlab dollar mablagʻlar yoʻqotildi. Statistik maʼlumotlarning
ishonchsizligi esa iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga toʻsqinlik qildi[2].
Shunga qaramay, Sharof Rashidov O‘zbekiston ustidan nazoratni saqlab
qolib, mavjud bo‘lmagan miqdordagi paxtani yetishtirish uchun Sovet
hukumatidan jami to‘rt milliard rubl mablagʻ oldi[1].
2.
Bunday salbiy holatlar, afsuski, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.
1989 yilning may oyi oxirlari
– iyunning boshlari butun Farg‘ona viloyati
millatlararo to‘qnashuvlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may
kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so‘ng
esa Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga ham yoyildi.
Qadimdan o‘zining bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqatlilik
fazilatlari bilan shuhrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan
adovatda bo‘lmagan, qo‘l ko‘tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi
buzg‘unchi kuchlar ta’sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojea
sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo‘ldi.
Keyinchalik, aniq tarixiy dalillar asosida ma’lum bo‘ldiki, ana shu
tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutloqo zid bo‘lgan
harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga
mansub bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik bilan ko‘chaga chiqqan kishilar
tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qo‘zg‘ab, janjal chiqarishga
da’vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi
ig‘vo va bo‘hton gaplarni tarqatib, sodda olamonni g‘alayon ko‘tarishga
chaqirdilar va
ba’zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga
oshirishga erishdilar ham.
Faqatgina O‘zbekiston mustaqilligi yillarida paxta monokulturasi
oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus taftish qilish komissiyasi
ikki yildan ko‘proq vaqt mobaynida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi,
paxta tajovuzi oqibatida ayblangan 3,5 mingdan k
o‘proq kishi oqlandi.
Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, katta qismi Prezidentimiz
farmonlariga binoan avf etildilar. Xulosa qilib aytganda paxta
monokulturasi va paxtaga faqat bir yoqlama yondashish, uni etishtirishni
ko‘paytirish oxir oqibat o‘zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. Bunday
g‘ayriekologik siyosat oqibatida odamlar turmush tarzida salbiy holat
vujudga keldi. YAqin o‘tmishning achchiq saboqlaridan etarli xulosalar
chiqarib ish olib borish esa siz va bizning burchimizdir.
3.
Farg‘ona pogromlari — 1989-yil may-iyun oylarida O‘zbekiston SSR
Farg‘ona viloyatida o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasidagi millatlararo
mojaro bilan bog‘liq voqealar.
Sababi
Qonli voqealarni sharhlar ekan, SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashi raisi
(O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining sobiq birinchi kotibi)
Rafiq Nishonov Xalq deputatlari syezdi majlisida: Bozorda „bir tovoq
qulupnay“ uchun janjal bilan boshlangan (turk xaridor o‘zbek
sotuvchisiga qo‘pollik qilib, qulupnayni urib yuborgan, o‘rnidan turib,
janjal boshlangan va hokazo) degan edi.
Xuddi shunday fikrlarni O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisi G‘ . H.
Qodirov[2] ham bildirgan.
4.
. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz
tutishi.
1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada
davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl
maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka
erishuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan
foydalanib qolish edi. Lekin O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy
etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash
yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun
imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti
Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun
Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston
nuqtayi-
nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim
bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin
emas»,-
deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda
O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot
qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan
chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini
ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat
davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va
boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. SHunday murakkab
sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora
taranglas
hib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat
o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri
baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash
sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun
qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam
teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish
mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining
XII chaqiriq navbatdan tash
qari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini
boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur
sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston
Respub
likasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga
qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov
ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib
borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva
Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi,
jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi.
Oliy Kengash deputatlari moddama-
modda muhokamadan so‘ng
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni
qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston
Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1991 yil 1
sentyabrdan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek
xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI
sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi va O‘zbekistonning
mustaqil davlat deb e’lon qilinishida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” hamda
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar
kun tartibiga qo‘yilib, qizqin muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident
I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. Prezident I.Karimov O‘zbekistonning
tanlagan mustaqillik yo‘li xalq manfaatiga mos ekanligi va bu yo‘ldan
qaytmasligini ta’kidladi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda
muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi
to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O‘zbekiston SSRning nomi
O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra, “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti”
qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali xalqaro-huquqiy
hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib,
respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatini anglab
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat —
O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon
qildi.
O‘zbek xalqi ko‘pgina avlodining orzu-istagi ro‘yobga chiqdi —
O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat bo‘ldi. Endilikda bizning davlatimiiz
xalqining hoxish irodasini, manfaatlarini ifoda etib, o‘zining milliy-davlat
va ma’muriy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini
mustaqil ravishda belgilaydi, o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirib boradi. 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi yangi
mustaqil davlatning inson haq-huquqlari va davlat suvereniteti
tamoyillariga tarafdorligini; hozirgi va kelgusi avlodlar oldida yuksak
darajada javobgarligini; o‘zbek davlat tuzumi taraqqiyotining tarixiy
tajribasiga tayanishni; demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga
sodiqligini; xalqaro huquqning hamma tomondan qabul qilingan qonun-
qoidalari ustivorligini tan olinishini; respublika fuqarolariga munosib
turmushni ta’minlab berish, demokratik huquqiy davlat barpo etish,
fuqarolar totuvligi va milliy hamjihatlikni ta’minlashga intilishini tantanavor
suratda ma’lum qildi.
Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. Xalqimiiz kelajakka ishonch
bilan boqadi, u o‘z yurti barcha boyliklarining chinakam egasi bo‘lish
niyatiga to‘lib toshgan.
Mustaqilligimiz sharofati bilan bugun bizning oldimizda shunday tarixiy
imkoniyat paydo bo‘ldiki, biz bosib o‘tilgan yo‘limizni tanqidiy baholab,
milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab olib yangi jamiyat qurilishiga
tadbiq etmog‘imiz lozim. Bu esa, milliy davlatchiligimiz tarixini ham
nazariy, ham amaliy masalalari bilan g‘oyat asosli ravishda
shug‘ullanishni taqozo etadi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun 17
moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha
konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi,
ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini
mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi
hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. SHuningdek,
ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari
xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy
yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi
e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan
yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. SHunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar
davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, yurtboshimiz
I.A.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi
orqali erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.
O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda
referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash
VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. SHunga muvofiq 29 dekabrda; «Siz Oliy
Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon
qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta
tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan
aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi.
O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi
tomonidan
ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida
Amerika Qo‘shma SHtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning
I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda SHvetsiya bosh vaziri
K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24 sentyabrda
Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning
birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991
yil 14 sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII
s’ezdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS
tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat
ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik
Dostları ilə paylaş: |