•
tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o`rganish va tahlil qilish;
•
tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o`rganish
va yozish
;
•
tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom
bilan e’tiborli bo`lish;
•
xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor
va qahramon kishilarning tarixda tutgan o`rniga alohida e’tibor berish;
•
tarixiy
voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to`g‘ri va noto`g‘riligini
aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
•
tarixni o`rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;
•
tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o`rganish;
•
etnografiya,
arxeologiya
, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning
yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;
•
tarixni o`rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal
qilish.
O`zbekiston tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq.
Ijtimoiy hayotni
dindan ajratib bo`lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo`lmaydi. Tarixni
soxtalashtirmasdan, qanday bo`lsa, shundayligicha o`rganish kerak, degan
tushuncha
hamisha
ustuvor
bo`lishi
kerak.
O`zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O`zbekistonning eng
yangi tarixi” fanini o`qitish xaqida so`z ketganda, avvalo mustaqillik
qo`lga
kiritilganidan keyingi
, ya’ni 1991-yildan beri mamlakatimiz bosib o`tgan
tarixiy yo`lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon
qanday o`tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning
dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O`zbekistonning davlat mustaqilligiga
erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat,
respublika mustaqilligining
e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini,
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga
har tomonlama integratsiyasini
, xalqaro
munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy
va amaliy ahamiyati ochib
beriladi.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning
maqsadi
– mustaqillik
yillarida O`zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub
islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida aholining,
jumladan,
talaba-yoshlarning
o`rnini,
o`zligini
anglatishdan
iborat.
O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning
vazifalari
– mustaqillikka
erishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda
mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi,
ijtimoiy-iqtisodiy
, siyosiy va ma’naviy
hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga
tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda
milliy
g‘ururni
shakllantirishdan
iborat.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`rganishning
nazariy-uslubiy asoslari
O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini,
shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda
ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik,
tizimlilik
, tarixiylik, ob’ektivlik va
qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
2.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda
Dostları ilə paylaş: