partiyaning agrar siyosatiga qarshi o‘laroq dehqonlarni yer bilan
ta’minlashni boshlab yubordi. Vaholanki barcha yer va suvlar davlatniki
hisoblanib faqat markazning ruxsati ila unga munosabatni o‘zgartirish
mumkin edi.
«Avvalo,
– deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash borasida aniq ishlar qilish
lozim. Biz 1989 yilni iyulidan beri ta’minlab kelayotgan barqarorlik
esa ushshg kafolatidir. O‘shanda, 1989 yilda dahshatli davr edi. O‘sha
paytda biz qilgan birinchi ish shu bo‘ldiki, odamlarga yer bera boshladik.
Men janob Gorbachevning davlat kengashi majlisidaga so‘zlarni
eslayman… Unga tan berish kerak, gapirishni biladi, ammo boshlagan
nutqini nima
bilan tugatishni hamisha ham tushunib bo‘lmaydi. Mana
bunga qaranglar, degan edi u meni ko‘rsatib, hozir uni boshi shuhratga
cho‘lg‘anib turibdi, u yer bera boshladi, endi uni ilohiylashtirishadi… Biz
qat’iy turib tartib o‘rnatdik – yerga muhtoj bo‘lgan va, albatta,
dehqonchilik qo‘lidan keladigan, yerdan mo‘l hosil ola biladigan har bir
kishiga chorak gektar yer berdik. Kolxozsovxoz sharoitida bu jarayon
yengil ko‘chmadi».
Ko‘rinib turibdiki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov markazning
noroziligiga qaramay mustaqil iqtisodiy siyosatga qaratilgan dastlabki
qadamni tashlagan. Hech kimga sir emaski, paxta o‘zbek xalqining
kundalik hayoti va taqdirini hal etuvchi muhim omillardan biridir. Tinimsiz
va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan paxta juda arzon narxda
majburan davlatga topshirilgan. Mehnatiga yarasha haq ololmagan
dehqonlar hamisha yetishmovchilik va muhtojlikda hayot kechirgan.
Islom Karimov buni yaxshi anglagan holda paxta narxini oshirish
masalasini ochiqdanochiq talab qildi. Xususan, u respublika
kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining 1989 yil 19 avgustda bo‘lib o‘tgan
XVI plenumida shunday degan:
«Biz 1990 yil plani loyihasi bilan Ittifoq organlariga ikki marta uchrashdik.
KPSS Markaziy Komiteti, mamlakat ministrlar Soveti va Gosplani
rahbariyati bilan uchrashdik. Butun mas’uliyatni zimmamga olib, shuni
ayta olamanki, paxta narxi masalasi yaqin oylar ichida kurib chiqiladi. Bu
muammoni hal qilishimiz uchun hisobkitoblarga ko‘ra, kamida bir yarim
milliard sum talab qilinadi…
Hozir, ochig‘ini aytish kerak… Moskvada o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal
qilish qiyin bo‘lyapti. Biz rahbarlar bu masalalarni qatiyat bilan,
bilimdonlik bilan o‘rtaga quyishimiz, ularning hal etilishiga izchillik
bilan erishishimiz har qanday holda ham aybni birovlarga tunkamay va
birovlarning orqasiga yashirinmay, mas’uliyatni o‘z zimmamizga
olishimiz kerak». Sirtdan qaraganda paxtani narxini oshirish shunchaki
bir oldiy iqtisodiy masala bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Ammo, uning zaminida juda muhim siyosiy masala yetibdi. Chunonchi
paxtani arzon narhsa davlatga topshirilishi nafaqat kundalik
turmushga, balki respublikaning ijtimoiy va madaniy jihatdan
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Narxni oshirishga erishish
sovet davlatining mustamlakachilik siyosatiga zarba berilishiga olib
kelardi. Shubhasiz, ochko‘zlik va to‘ymaslikda nom chiqargan sovet
davlatining paxta narxini oshirishga rozilik bildirishi juda qiyin edi.
Shunga qaramay Islom Karimovning hukumatning siyosatiga qarshi
bosh ko‘tarishi vatanparvarlikning yorqin namunalaridan biridir.
1989 yil 29 oktabrda o‘zbek tilini Davlat tili sifatida qonunlashtirilishi ham
alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tarixiy hujjatning ahamiyati shu
darajada kattaki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Shuni unutmaslik
kerakki, ona tilining Davlat tili bo‘lishi xalqning milliyligi va taqdirini
kafolatlaydi hamda u mustaqillikning eng muhim belgilaridandir.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekistonda «Mustaqillik deklarasiyasi» e’lon
qilinishi katta ahamiyat kasb etdi. U qizil imperiyani qattiq larzaga va
tashvishga soldi. Chunki demokratiyada O‘zbekiston Ittifoq tarkibida
suveren va teng huquqli mamlakat deb e’lon qilinib, o‘z davlat belgilari
(gerb, bayroq va madhiya)ni ta’sis etish va yangi konstitusiyani ishlab
chiqish vazifasi quyildi.
Respublikada mustaqil iqtisodiy siyosatni ta’minlashga qaratilgan
choralarni ko‘rish davom etdi. Chunonchi, 1990 yil 30 oktabrda
O‘zbekiston mulkchilikning hamma shakllari uchun teng sharoitni
ta’minlashga qaratilgan qonun qabul qilindi. Respublika Oliy Kengashi
1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar» to‘g‘risidagi
qonuni ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlarni yasadi. Ma’lumki yuz yillar
davomida kipshlarning e’tiqodi, hurmatini qozonib kelgan islom dini
taqiqlanib «dinsiz j
amiyat» bunyod etildi. Bu ma’naviy qashshoqlikni
yuzaga keltirib taraqqiyotga salbiy ta’sir etdi. Shu bois o‘sha qonunning
qabul qilinishi xalq tomonidan zo‘r xursandchilik va mamnuniyat bilan
qabul qilindi. «Ushbu qonun,
– deyiladi unda, – fuqarolarning dinga
o‘z munosabatini ixtiyoriy ravishda belgilash va ifodalash, hech
qanday to‘sqinliksiz, dinga e’tiqod qilish va diniy rasmrusumlarni bajarish
huquqlarini ta’minlaydi».
Shu tariqa sovet davrida oyoqosti qilingan va quvg‘inga solingan
dinning barcha xillariga jon kirgizildi. 1991 yil 22 iyunda sanoat
korxonalarini, tashkilotlarni va muassasalarni O‘zbekiston ixtiyoriga
o‘tkazish xususida qonun chiqarildi. Asrimizning 80-yillarida qizil
imperiya ichichidan chirib, inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Uning
belgilari 60yillardayoq boshlanib qanchalik vaqtlarning o‘tishi bilan
shunchalik ko‘p chuqurlashib bordi. «80-yillarda, – deb yozadi
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov,
– iqtisodiy inqirozning kuchayib
borish sabablarini ochish, uni bartaraf etish yo‘llarini topish
borasidagi o‘rinishlar ham muvaffaqiyatsizlikkauchradi. Ishlab
chiqarish sur’atlarining pasayishi sabablari rivojlanishning ekstensiv
omillari tugaganligidadir, deb yuzaki tushunilganligi ustuvor
tarmoqlarni alohida ajratmasdan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir
vaqtning o‘zida rivojlantirish to‘grisida noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga
sabab b
o‘ldi. Bu hol, pirovard natijada, cheklangan mablag‘larning
parokanda bo‘lib ketishiga, moliya va ta’minot tizimining batamom izdan
chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi, qayta qurish siyosati
davrida iqtisodiyetda juda kuchli bo‘zilishlar ruy berdi». Shu tariqa
«sosializm» tuzumi o‘zining g‘ayritabiiyligi va samarasizligini
namoyish etib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirdi.
Odatdagidek kompartiya qatag‘onlar o‘tkazish yo‘li bilan chetdan
«aybdorlar»ni topib va xalqni chalg‘itib inqirozni xaspo‘shlash va
niqoblashga o‘tdi. Ma’lumki 30yillardagi ocharchilik va umuman
inqirozning sabablari «xalq dushman»lari va «imperialistlarning
ayg‘oqchilari»ga to‘nkalib, ommaviy qatag‘onlar vahshiylarcha
o‘tkazilgan. Qayta qurish yillarida ham xuddi mana shunday siyosat
qaytarildi, chunonchi O‘zbekistonda «paxta ishi» yoki «o‘zbek ishi»
nomida qatag‘on o‘tkazildi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki,
«o‘zbek ishi» aslida niqoblangan siyosiy kurash bo‘lib, maqsad
mustamlakachilik va ulug‘millatchilik siyosatini yanada avjiga mindirish,
xalqni og‘ir ahvoldan chalg‘itishdan iborat edi.
Bu siyosiy nayrangning iqtisodiy tomoni ham bor edi. Markazga
O‘zbekistondan daryo kabi oqib borayettan turlituman boyliklarni yanada
ko‘paytirish va ularni zarrachasini ham tub aholiga yuqtirmaslik
ko‘zlangan. Bundan tashqari, «o‘zbek ishi» vositasida mamlakatda
O‘zbekistonni ishonchni yo‘qottan xavfli zona sifatida gavdalantirib
Rossiyadan kadrlarni
– o‘z odamlarini keltirishni va respublika hokimiyat
tarmoqlarini tamomila egallashni maqsad qilib quyildi. Ayni paytda bir
chemodan bilan keladigan o‘sha «ustoz»larning katta boylik to‘plashlari
uchun sharoit yaratish nazarda tutildi.
Bu respublika boyliklarini navbatdagi uzlashtirishning bir turi edi. Umr
bo‘yi dahshatli fojealarni uyushtirishga, qirg‘inbarotlarga va
tusto‘polonlarga tuymagan markaz «o‘zbek ishi» bo‘yicha 4,5 ming
kishini qamoqqa tashladi, xurladi va mol-mulkini taladi. Bundan tashqari
minglab kishilar «guvoh» sifatida qattiq qiynoqlar ostiga olinib, qipqizil
tuhmatdan iborat aybnomalarni to‘qidi. Hatto «o‘zbek ishi»dan keyin
ziyelilarning va rahbarlarning ilg‘or vakillari ham ommaviy ravishda
qatag‘on qilinar emish degan ovozlar eshitilib turdi.
Butun millat boshiga dahshatli ofat kelib turgan paytda, unga qarshi
qalqon bo‘ladigan birorta rahbar chiqmadi. Aksincha, ular sotqinlik qilib
olovga kerosin qo‘yib turdilar.
Islom Karimov davlat tepasiga kelishi arafasida ahvolni quyidagicha
ta’riflagan edi: «Bor gapni aytadigan bo‘lsam, kuz o‘ngimda dahshatli,
qurqinchli manzaralar paydo bo‘ldi». Islom Karimov bu g‘oyatda og‘ir
ahvoldan cho‘chimay va tislanmay, mazlum xalq manfaati uchun
kurashdi. U «o‘zbek ishi»ning soxtaligini fosh etib, millatni ofat va
navbatdagi ommaviy qatag‘ondan qutqardi. U bu xususdagi
markazning ko‘rsatmasini bajarishdan ochiqdanochiq bosh tortib,
mustaqil siyosat yurgizdi.
Umumiy xulosa shuki, 1989 yilning ikkinchi yarmidan to 1991 yil 31
avgustgacha bo‘lgan davrda shaxsan Prezident Islom Karimovning
tashabbusi va ishtirokida mustaqillikni tamomila tiklashning zamini
hozirlandi. Shu bois uning rahbarlik mahoratini yoritish ayni muddaodir.
O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.)
2. Erishgan istiqlol zudlik bilan uni mustahkamlashning zaruriy
choralarini ko‘rishni talab etar edi. 1991-yil 14-sentabrida O’zbekiston
Kompartiyasining Favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan
O’zbekistonKompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi, partiyaning
bundan buyon faoliyat ko‘rsatmasligi va ushbu partiya o‘rnida Xalq
Demokratik partiyasi tuzilganligi e’lon qilindi. O’zbekiston mustaqil davlat,
deb e’lon qilingan kunining o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy
qilish yuzasidan amaliy c
horalari ko‘rildi. O’zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat
madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda
Konstitutsiya komissiyasinining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining
variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli
qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda
Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib,
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. 1991-yil 18-noyabrda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining VIII sessiyasida
“O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunni
qabul qildi. Bayroq yurtning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin
ramzidir. Unda timsollar tilida yaxshilikni, donishmandlikni, shon shuhrat
va sadoqatni bildiradigan moviy rang berilgan. 1992-yil 2-iyulda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasi “O’zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Davlat
gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. U rangli tasvirda bo‘lib,
humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va
“0‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va
vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi 14 paxta,
daryolar, yarim oy va yulduz oq rangdadir. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1992- yil 10-
dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida
“O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun
qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal
Burhonovlar tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
Davlat madhiyasida xalqning iymoni hech qachon o‘chmasligi alohida
ta’kidlangan. Mustaqil 0‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan
demokratik jamiyati qurilishining konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini
yaratish lozim edi. Bolajak suveren respublika Konstitutsiyasini
tayyorlash g‘oyasi 1990- yil mart oyida I. Karimov tomonidan ilgari surilib,
shu yil iyun oyida uning rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy
Komissiya ham tuzilgan edi. Komissiya Konstitutsiya loyihasini
tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan millatlar
tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga
amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan
mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan
birga boy tarixdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik
an’analari ham chuqur o‘rganildi. Yangi mustaqillik Konstitutsiyasi
loyihasida 0 ‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi.
Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor
munosabatlariga o’tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida
demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorlig
i o‘z
ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalami birma-bir
o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bolimini
alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil
etildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilning oktabrida
Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yil bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi.
Yangi Konstitutsiyaning komissiya tomonidan yaratilgan nusxalari 1992-
yil 26-
sentabrda, joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib,
noyabr oyida ikkinchi marta umumxalq muhokamasi uchun matbuotda
e’lo n qilingan edi. Tuzatish va to’ldirishlardan keyin mustaqil O’zbekiston
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yil 8-
dekabrda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Qabul qilingan yangi Konstitutsiya olti boiim, 26 bob, 128 moddadan
iborat boldi. Konstitutsiya muqaddimasida O’zbekiston xalqi: - inson
xuquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali
ravishda e’lo n qilib; 15 - hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak
mas’uliyatini anglagan holda; - o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy
tajribasiga tayanib; - demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini
namoyon qilib; -
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari
ustunligini tan olgan holda; - respublika fuqarolarining munosib hayot
kechirishlarini ta’minlashga intilib; - insonparvar demokratik huquqiy
davlat barpo etishni ko‘zlab; - fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini
ta’minlash maqsadida; - o‘zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston
Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi, deb yozib
qo‘yildi. Undagi “muxtor vakillari siymosida” deganda xalq deputatlari
nazarda tutilgan edi.
Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida asosiy prinsiplar
bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya
va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini
topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, inson
va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga
bag‘ishlangan. Bunda O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir
xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, 0 ‘zbekistonning butun hududida
yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va
erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari
orqali qatnashishlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ana shu ikkinchi bo‘limda
siyosiy partiyalar va harakatlarga munosabat masalasida qo‘shilish
huquqlari ham berilgan. Konstitutsiyada fuqarolarning mulkdor bo‘lish,
mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy
xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib
bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan
ta’minlanadi, deb ta’kidlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar uchun
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlar, chunonchi, qonunlarga rioya
qilish, xalqning tarixiy,
ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy
muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash,
Vatanni himoya qilish kabi burchlar majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O’zbekiston iqtisodiyoti
bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk
shakllarining teng huquqqa ega ekanligiga kafolat, ishbilarmonlik,
tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi. Asosiy
Qonunda aynan shu maqsadda mamlakatda mulkdorlar tabaqasini
vujudga 16 keltirish tamoyillari ham ishlab chiqildi. O’zbekiston
Respublikasining ma’muriyhududiy tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi
bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus
to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan. Mustaqil O’zbekiston espublikasida davlat
hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘limda (50-modda) o‘z ifodasini
topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar
Mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan
bayon etil
gan. Shu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari,
sud va prokuratura, davlat mudofaasi masalalari ham o‘z ifodasini
topgan. Prezident I.A.Karimov qabul qilingan yangi Konstitutsiyaning
ahamiyati haqida: Hur 0’zbekistonimizning tarixida birinchi
Konstitutsiyani qabul qilish -
jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir,
haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Qabul qilingan
Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan.
millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar... Bu
Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafiy g‘oyasigak ko‘ra yangi
hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham
yo‘q. Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni
ilgari surdik va shu asosida “fuqaro-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik”, deb
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi
g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asosiy
qonun mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirishda, xalqni
huquqiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan tarbiyalashda muhim o‘rin
tutmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi
Farmoniga muvofiq, 1994-yilning 1-iyulidan boshlab mamlakatning milliy
valyutasi -
so‘m muomalaga kiritildi. Ushbu milliy valyuta bugungi kunda
ham o‘z qadriga ega bo‘lib, barqarorligini saqlab kelmoqda.
3.
1991 yil 19 - 21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda holat davlat
komiteti (GKCHP) tomonidan davlat to'ntarishiga urinish yuz berdi.
GKCHPchilar noqonuniy ravishda aholining orzu umidlariga to'sqinlik
qilish, respublikalar mustaqilligini bo'g'ish va ilgarigidek «qizil imperiya»
ga qaytish maqsadida hokimiyatni qo'lga olmoqchi bo'ldilar. Demokratiya
havosidan nafas olgan, eskilik sarqitiga qaytishni xohlamagan xalq
demokratik kuchlar timsolida g'alaba qozondi. 1991 yil 19 avgust kuni
Hindiston safaridan qaytish bilan O’zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I.Karimov voqealarga nisbatan O'zbekiston nuqtai-nazarini
bildirdi: «Markazda kim bo'lishidan qat'iy nazar, qonunga xilof
ko'rsatmalar bajarish mumkin emas». O'zbekiston Prezidenti Farmoni
bilan favqulotda holat davlat komitetining g'ayrikonstitusiyaviy huquqka
qarshi qarorlari va boshqa ko'rsatmalari noqonuniy deb e'lon qilindi.
Markaz va respublikalar o'rtasidagi munosabatlar yanada taranglashdi.
Ahvol shunday ediki, faqatgina mustaqillik bilangina iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy krizisdan chiqish mumkin edi. Shu maqsadni ko'zlab 1991 yil 31
avgustda chaqirilgan respublika Oliy Kengashi XII chaqiriq navbatdan
tashqari sessiyasi o'z ishini boshladi. Sessiyadagi asosiy masala
«O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida»gi qonun
edi. Qonun moddama-modda muhokama qilindi. Unda Respublikaning
suveren mustaqil davlat ekanligi, xalq hokimiyati, ma'muriy boshqaruvi,
hokimiyatning uch tarmoqka bo'linishi, iqtisodiy asoslari, respublika
fuqaroligi, davlat ramzlari, Qoraqalpog'iston bilan munosabati, tashqi
siyosati xaqidagi masalalar o'z o'rnini topgan edi. O'zbekiston SSR
O'zbekiston Respublikasi nomi bilan suveren 5 mustaqil davlat deb e'lon
qilindi. Mustaqillik belgilangan kun - 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy
bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. 1991 yil 18 dekabrdagi
mustaqillikni xalq tomonidan mustahkamlash maqsadida Oliy Kengash
IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Referendumini o'tkazish
to'g'risida qaror qabul qilindi. Referendum 1991 yil 29 dekabrda o'tkazilib
shunday savol qo'yildi: «Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'kullaysizmi?»
Umumxalq referendumi saylov ro'yxatiga olinganlarning 94,1 %i
(9,898,707 kishi) ishtirok etdi. Respublika Mustaqilligini yoqlab 9,718,155
kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 % i ovoz berdi. 1991 yil
29 dekabr O'zbekiston tarixidagi eng muhim sanalardan biri bo'lib qoldi.
Shu kuni Mustaqillik ramzi va respublikadagi siyosiy o'zgarishlarning
mantiqiy davomi sifatida xalqning xohish - irodasini ifoda etgan holda
birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi.
Prezidentlik saylovi mamlakat tarixida ilk bor o'tkazilayotganligi bois 13
saylov okrugining 7 mingga yaqin saylov uchastkalarida katta saylov
tadbirlari o'tkazildi. Saylov komissiyalari ishning o'zida 75 mingdan ortiq
kishining ishtirok etganligi ham shundan dalolat beradi. Saylovga oid
hujjatlar saylovga doir 11 million nusxada byulliten tayyorlandi.
Nomzodlarning saylovoldi dasturlari aks ettirgan 301 ming nusxa
plakatlar, 40 ming nusxada saylovchilarga murojaatnomalar chop etildi.
Saylov muqobillik asosida o'tdi. Prezidentlikka O'zbekiston XDP va
O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasidan I.A. Karimov va «Erk»
demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) o'z
nomzodlarini qo'ydilar. Saylov natijalariga ko'ra, saylovda ishtirok
etganlarning 86,5% i (8,514,136 kishi) Islom Karimov uchun, 12,3 % i
(1,220,474 kishi ) esa, Saloy Madaminov uchun ovoz berdilar. Markaziy
saylov komissiyasi «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov
to'g'risida»gi qonunning 35 - moddasiga asosan Islom Abdug'aniyevich
Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan,
deb qaror qildi. Saylov adolatli va qonuniy o'tkazilganligini MDH
mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va Malayziyadan kelgan
betaraf kuzatuvchilar ham e'tirof etishdi. Respublikamiz siyosiy jihatdan
mustaqillikni qo'lga kiritgan ekan, albatta, davlat ramzlariga ham ega
bo'lmog'i kerak edi. Shu nazarda tutilib, 1991 yil 18 noyabrda
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida
«O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonun qabul
qilindi. Davlat ramzlaridan biri bo'lgan bayroq tariximiz, ajdodlarimiz
ruhini, milliy va ma'naviy urf odatlarimizni o'zida aks ettirish kerak edi va
shunday bayroqqa ega bo'ldik.
4.
Markaz jilovni qo’ldan bermaslik uchun butun imkrniyatlarni
ishga
solayotgan bir sharoitda
, 1989-yil 23-
iyunda bo’lib o’tgan O’zbekiston
Kompartiyasi XIV plenumida, Qashqadaryo oblasti partiya komiteti
birinchi sekretari Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari etib saylandi.
Respublika partiy
a tashkiloti rahbari, ya’ni O’zbekistonning birinchi
siyosiy rahbari Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni
24-
iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg’ona vodiysi
oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojantirishni jadallashtirish masalalariga
bag’ishlangan kengash o’tkazdi. Va unda nutq so’zladi. I. A. Karimov
Toshkent va Moskvada bo’lib o’tgan
anjumanlarda
, shuningdek,
respublika va markaziy matbuotdagi chiqishlarida Farg’ona fojeasi
masalasida qat’iy pozitsiyada turib, o’z fikrlarini davom ettiradi. Masalan,
u O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 19-avgustda
bo’lgan XVI plenumida so’zlagan nutqida o’uyidagi fikrlarni alohida
ta’kidlaydi:
“Farg’ona voqealari to’g’risida gapirar ekanman, shu narsani yana bir bor
ta’kidlashni istardimki, ayrim ommaviy axborot vositalari va ba’zi
mansabdor mas’ul rahbarlarning ana shu voqealarga bergan baholari
ular fojeaning chuqur sabablarini bilmasliklaridan dalolat beradi....”.
1990-yil 24-
mart kuni O’zbekistonning eng yangi tarixidagi muhim
sanalardan biri hisoblanadi. Aynan o’sha 24 martda O’zbekiston
SSRning “O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda
O’zbekiston SSR Konstitusiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida” Qonun qabul qilindi. Xullas,
O’zbekistonda joriy qilingan prezidentlik boshqaruvi o’zbek xalqining
mustaqillikka erishishi yo’lida muhim qadam bo’ldi.
1990-
yil iyun sanasi ham mustaqillikka erishish yo’lida muhim o’rin
tutadi. Aynan 20 iyunda bo’lgan O’zbekiston SSR Oliy Soveti o’n ikkinchi
chaqiriq 2-
sessiyasida “Mustaqillik Dekloratsiyasi” qabul qilindi.
1991 yil 17-
19 avgust kunlari O’zbekiston SSR Prezidenti Islom
Karimovning Hindiston Respublikasiga respublika rahbari sifatida ilk
mustaqil rasmiy tashrifi bo’ldi.
Tashrif doirasida iqtisodiy
, savdo va ilmiy-
texnikaviy hamda madaniy, san’at, ta’lim, fan, turizm, sport va ommaviy
axborot vositalari sohasida hamkorlik qilish to’g’risidagi bitimlar
imzolandi. Natijada, mamlakatimiz tashqi siyosatining tamal toshi
qo’yildi.
1991-yil 18-
avgustda Moskvada yuz bergan siyosiy to’ntarish alangasi
so’nmagan bir sharoitda 1991-yil 31-avgustda XII chaqiriq O’zbekiston
Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligini e’lon qilinar ekan, sessiyada qabul qilingan hujjatda
shunday deyiladi: ‘‘O’zbekiston saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy
hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib, halqaro huquqiy
hujjatlarda qayd etilgan
– o’z taqdirini o’zi
belgilash huquqiga asoslanib
,
O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab,
shaxsning huquq va erkinliklari mustaqil davlatlar o’rtasidagi
chegaralarning buzilmasligi to’g’risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy
sadoqatini bayon etib, millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i
nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot
kechirishi, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar
demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, “Mustaqillik
Deklaratsiyasi”ni amalga oshira borib O’zbekiston SSR Oliy Kengashi
O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat –
O’zbekiston Respublikasi tashkil etilishini tantanali ravishda e’lon qiladi’”.
Tarixan qisqa davr bo’lsada Mustaqil O’zbekistonimizda asrlarga tatugilik
tub o
’zgarishlar amalga oshirildi. Xususan:
1. Istiqlol yillarida O’zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon
hamjamiyatida o’ziga xos nufuzga ega bo’ldi. U o’zining katta
ishlab
chiqarish imkoniyatlari
, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng
rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib
hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko’rsata oldi.
2. Eng og’ir mashaqqatli, o’tish davrining o’ziga xos murakkabliklari
mavjud
bo’lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy
barqarorlikni saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar
hayotiy va xalqchil ekanligini ko’rsatdi.
3. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida
aholini ijtimoiy himoyalash
,
dunyoviy davlat qurishning asosi bo’lgan qonun ustivorligiga erishish,
qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi.
4. Xorijiy investisiyalarni jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan
hamkorlikni yo’lga qo’yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini
tubdan o’zgartirish, uni jahonning eng ilg’or texnologiyalari bilan qayta
jihozlantirish yo’li tutildi.
5. O’zbekiston hukumatining izchil islohchilik siyosati bevosita xalq
dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida
shakllangan urf-odatlari
,
an’analari bilan uyg’un holda amalga oshirila boshlandi.
O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi, yangi jamiyatga
o’tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O’zbekistonda
huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqorolik
jamiyatining shakllantirilishi
,
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda
ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni ta’minlash omillari, ma’naviy, ruhiy poklanish
va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O’zbekistonning jahon
hamjamiyatidan munosib o’rin egallashida Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos ekanligi barchamizga a’yon.
Dostları ilə paylaş: |