Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnika va texnologiya



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/12
tarix13.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#143133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnik va texnologiyalar 2 qism

a) Аpparat va uskunalar. Namlikni aniqlash uchun quyidagi apparat qoʼllaniladi. Uchta lampadan iborat boʼlgan quritish apparati, IK-nurlanishi 500Vt har biri 220V kuchlanishga ega boʼlgan, stolning yuza qismidan lampaning yuqori qismigacha 10 sm masofada joylashtirilgan tortish kuchi uchun moʼljallangan stakanchalardan iborat.
Doimiy kuchlanishni saqlab turish va byuksalarning stolcha bilan aylanishini taʼminlash maqsadida apparatga qarshilik reostati va voltmetr (o- 250v) ulab qoʼyilgan.
Stakanlar quritish uchun (byuksga) alyuminiydan yasalgan qopqoqlari bilan diametri 40 mm, balandligi 30 mm boʼladi.
b) Tajribaning oʼtkazilishi. 1. Tajriba oʼtkazishdan oldin apparat 150-200V kuchlanishida, 10-15 minut davomida qizdiriladi. Аpparat tayyor boʼlgandan soʼng kuchlanish 100-105 V ga toʼgʼrilanadi, shunda quritish zonasida 1350S temperaturasi hosil qilinadi. 2. 5-6 gramm oldindan quritilgan qum alyuminiy stakanchalarga shisha tayoqcha bilan joylashtiriladi.
Shundan soʼng analitik tarozida 2 gramm kolbasa qiymasi oʼlchanib, stakanchaga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Qorishma 2 mm qalinlikda bir xil tarqalgan boʼlishi kerak. Quritish jarayoni 12-15 min, stolchaning aylanish tezligi 8-10 ayl/min. Eksikatorda sovutilgandan soʼng stakanchalar tarozida tortiladi. Namlik miqdorini oldingi usulda koʼrsatilgan formula orqali hisoblanadi.
Kolbasa va goʼsht mahsulotlarida osh tuzi (NaCl) ni aniqlash usuli

Barcha turdagi kolbasa va goʼsht mahsulotlari tarkibidagi osh tuzini aniqlash quyidagi usul orqali amalga oshiriladi.


Аpparat va reaktivlar: Аniqlash uchun quyidagi apparat, reaktiv va eritmalardan foydalaniladi: byuretka, 20 ml, pipetkalar 20 ml va 100 ml, sigʼimi 200-250 ml boʼlgan kimyoviy stakanchalar, sigʼimi 100-200 ml boʼlgan analitik tarozilar, kapelnitsa, kumush azotli tuz (AgNO3) -0,005n eritma, kaliyli xrom tuzi(K2Cr2O7) -10% li eritma.
Tajribaga tayyorgarlik
1. Namunalar tanlab olinadi.
2. Namunalarni analizga tayyorlashda kolbasa mahsulotlari ustidagi qobiqlarni tozalab olinadi, soʼngra bu namunalarni diametri 3-4 mm boʼlgan goʼsht maydalagich teshikchalaridan 2 marta oʼtkaziladi. Qiyma har safar yaxshilab aralashtirilishi kerak.
3. Qiymani shisha idishli bankachaga solib ogʼzini probka bilan mahkam yopib qoʼyiladi va analiz oxirigacha saqlanadi.
Tajribaning oʼtkazilishi:
1) 3 gr atrofida olingan qiymani kimyoviy stakan ichiga solinadi va unga aniq 100 ml distillangan suv solinadi. Stakanchada pishirilgan kolbasa qiymasini uchida rezina ushlagichli shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. 15 minut tindirilgandan soʼng, stakanchadan kolbaga 10-20 ml suvli modda quyiladi, uning ustiga bir necha tomchi kaliyli xrom tuzi eritmasi quyiladi va byuretka orqali kumushli azot tuzi eritmasi yuborilib titrlanadi.
Yarim dudlangan va dudlangan kolbasa qiyma namunasini stakanchalarga solinib suv hammomida 300S temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish davomida shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi. Qiymaning katta boʼlakchalari maydalanib ezilib ketgunga qadar 15 minut oʼtganidan soʼng tindirishga qoʼyiladi. 10-15 ml eritmani kumushli azot tuzi eritmasi va bir necha tomchi kaliyli xrom tuzi eritmasi bilan titrlanadi.
Tajriba natijalarini hisoblash
1) NaCl osh tuzi miqdorini foizlarda(X) quyidagi formula boʼyicha hisoblanadi.
0,0029 х V х 100 х 100
Х= __________________
V1 х G

Bu yerda: V – 0,05n miqdorda AgNO3 eritmasi aniqlanayotgan eritma uchun titrlash eritmasi (ml) V1 – suvli modda miqdori(titrlash uchun olingan; ml) G - qiyma namunasi: gr 0,0029 - AgNO3 eritmasining 0,005n NaCl ga nisbati


2) Hisoblash 0,01% aniqlikacha oʼlchanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin