Kolbasa mahsulotlaridagi namlik miqdorini aniqlash usullari
Nazariy qism: Quyida keltirilgan tajribada kolbasa mahsulotlarining barcha turlaridagi namlikni aniqlash usuli keltirilgan.
a) quritish shkafida quritish
b) quritish apparatida infraqizil lampa nurlari bilan.
Tanlab olingan kolbasa boʼlaklari namunalari oldin ustki qobiqdan tozalanib, diametri 3-4 mm boʼlgan qiyma maydalash apparatidan 2 marta oʼtkaziladi va tez-tez aralashtirib turiladi. Soʼngra olingan qiymani shisha bankachaga ustki qismini yaxshilab yopib, sovuq joyga analiz tugaguncha olib qoʼyiladi.
a) Namlik miqdorini quritish yoʼli bilan quritish shkafida aniqlash (arbitraj usuli)
Tajriba oʼtkazish uchun quyidagi apparaturalar qoʼllaniladi: analitik taroz yoki texnik tarozi (pishirilgan kolbasalar uchun), shishali yoki alyumin stakanchalar(byukslar) qopqoqlari bilan 30-50mm diametrli, termoregulyatorli quritish shkafi, kvartsli qum.
Аniqlash jarayoni: 1. 6-8 gramm qumni shisha tayoqcha bilan stakanchalarga solib olinadi. Soʼngra analitik tarozida 3 gramm kolbasa qiymasi tortib olinadi. Olingan qiyma shisha tayoqcha bilan qumga aralashtiriladi. Аralashma nam holatida boʼlishi kerak. Stakanlar ichidagi aralashmalar bilan quritish shkafiga joylashtiriladi va 1 soat davomida 1500S temperaturada saqlanadi. Quritish tugaganidan soʼng stakanchalar aralashmalari usti yengil qopqoq bilan yopib, eksikatorda 40 minut davomida sovitiladi. Shundan soʼng qopqoqlarni yaxshilab yopib ularni tarozida tortiladi.
Natijalarni hisoblash
1. Tarkibidagi namlik foizlarda (x) oʼlchanadi
G1 – G2
X = ------------- x 100
G
Bu yerda G – qiyma aralashmasi, gr, G1–stakanchaning aralashma bilan birga ogʼirligi (quritishdan oldin) gr G– stakanchaning aralashma bilan birga ogʼirligi(quritishdan keyin) gr
2. Аnalizning oxirgi natijasi ikkimarta oʼtkazilgan sinovning oʼrtacha arifmetik qiymatidan olinadi Namlik darajasi 0,1% aniqligida oʼlchanadi.
3. Probalar orasidagi oʼrtacha natija 0,5% dan oshmasligi kerak.
b) Namlik miqdorini quritish apparatida infraqizil lampa nurlari bilan qizdirish yoʼli bilan aniqlash.