1- Laboratoriya: PISHIRILGAN KOLBASA TAYYORLASH
Nazariy qism. Pishirilgan kolbasa mahsulotlari tayyorlash uchun mol goʼshti, choʼchqa goʼshti va boshqa hayvon goʼshtlari yangi soʼyilgan holda yoki sovutilgan, muzlatilgan koʼrinishda ishlatiladi. Shuningdek turli oqsildan iborat boʼlgan preparatlardan ham foydalaniladi. Bularga soyali oqsillar, qon plazmasi, kazeinatlar, sut kraxmal, un, sariyogʼ, tuxum mahsulotlari misol boʼla oladi.
Hozirgi paytda pishirilgan kolbasa mahsulotlari turlari juda koʼp miqdorda ishlab chiqariladi.
Pishirilgan kolbasaning qiymasini tayyorlashda temperaturani pasaytirish maqsadida suv sovuq holda yoki muz bilan almashtiriladi.
Kolbasa mahsulotlari sifatini yaxshilash maqsadida, yogʼlarning oqish jarayonini toʼxtatish maqsadida turli fosfatlar qoʼllaniladi. Bunda 100 kg qiymaga 300 gr fosfat birikmasi qoʼshish mumkin. Shuningdek mahsulotda taʼm va maza beruvchi ziravorlardan xam foydalaniladi. Dudlovchi preparat yaʼni suyuqlik ham taʼm beruvchi sifatida qoʼllaniladi.
Kutter uskunasida qiymaga ishlov beriladi..Bunda ziravorlar, tuz nitrit natriy, suv, oqsil preparatlari, muz, kraxmal, fosfat va boshqa mahsulotlar qoʼshiladi. Tayyor boʼlgan mayin pasta holidagi koʼrinishga ega boʼlgan qiymani shprits uskunasi yordamida qobiqlarga joylanadi. Qobiqlar sellofanli yoki hozirgi paytda keng tarqalgan poliamid plenkalaridan tayyorlangan boʼladi. Ularning uchlari klipsator yordamida alyumin simlardan tayyorlangan klipsalar yordamida yopiladi. Soʼngra ularni tindiriladi. Shundan soʼng batonlar kameralarda qizdiriladi. Chunki ustki qismi quritilishi kerak va rangi qizarishi hosil boʼladi. Keyingi jarayon suvda yoki parda pishiriladi. Tayyor boʼlgan mahsulotning ichidagi temperatura 720S da boʼlishi kerak. Pishgan kolbasa mahsulotlari darhol sovuq suv yordamida sovutilishi kerak va omborhonalarda saqlanishga yuboriladi.
Pishirilgan Doktor kolbasasi. Oliy navli (GOST 23670) Tuzlanmagan xom ashyo (100 kg uchun)
Аjratilgan mol goʼshti oliy navli - 25 kg
Аjratilgan choʼchqa goʼshti yarim yogʼsimon - 70 kg
Tuxum yoki uning poroshogi - 3 kg Sut yoki quruq sut - 2 kg
Jaʼmi 100 kg
Ziravor materiallar (grammda 100 kg tuzlanmagan xom ashyo uchun)
Osh tuzi - 2000 gr
Nitrit natriy - 7,0 gr
Qora murch - 60 gr
Kardamon - 50 gr
Qobiqlar: diametri 50-55 mm yoki undan ortiq poliamid yoki sellofan qobiqlar 65-120 mm gacha. Mahsulot chiqishi 109% (100 kg tuzlanmagan mahsulotda)
Dostları ilə paylaş: |