«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun


Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy elementlar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə5/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy elementlar
bilan ifloslanishi
Oziq - ovqat mahsulotlarini baholash metodologiyasi va gigienik me`yorlash printsiplari. Toksik elementlar bilan ifloslanishi. Simob, kadmiy, qo`rg’oshin, mishyak, mis, strontsiy, rux, temir, surma, olova, nikel, xrom, alyuminiy kabi kimyoviy moddalarning toksik xususiyatlari va ifloslanish manbalari. Oziq - ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksik elementlarni aniqlash usullari. Oziq - ovqat mahsulotlarining pestitsidlar bilan ifloslanishi. Pestitsidlarning gigienik me`yorlarinishi va toksikologo - gigienik tavsifi. Oziq - ovqat xom ashyosi va mahsulotlari tarkibidagi qoldiq pestitsidlar miqdorini kamaytirishning texnologik usullari.
Xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining radioaktiv
ifloslanishi
Nurlanishning tabiiy manbalari. Kosmik nurlanish, gengalyatsiya, ovqatlanish mahsulotlari va suv orqali nurlanish. Nurlanishning sun’iy manbalari. Dadiomuhofaza ovqatlanishining asosiy printsiplari. Dadiatsion xavfsizlikni ta’minlashning me`yoriy huquqiy bazasi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga polimer va boshqa
materiallarning ta’siri
Sintetik va natural polimerlar. Monomerlar. Polimerizatsiyani keltirib chiqarivchi va katalizatorlik qiluvchilar. Plastifikatorlar. To`ldiruvchilar. Yorituvchilar. Rang beruvchilar. Oziq - ovqat mahsulotlari bilan muomalada bo`ladigan materiallarning gigienik ekspertizasi.


« OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI » fani bo`yicha ma’ruza va tajriba mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari

Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo`nalishning o`ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo`ladi.


Shulardan kelib chiqqan holda “Pedagogika” kursining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak:
Ta’limning shaxsga yo`naltirilganligi. O`z mohiyatiga ko`ra bu yo`nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to`laqonli rivojlanishini ko`zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda talabaning intellektual rivojlanishi darajasiga yo`naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o`zaro aloqadorligi, yaxlitligi.
Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo`naltirish; o`quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo`yadi.
Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o`zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o`qituvchi va o`quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko`zda tutadi.
Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o`quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo`llash ta’minlanadi.
Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o`quv jarayoniga komp’yuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.
Yuqoridagi kontseptual yondashuv va “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining tarkibi, mazmuni, o`quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o`qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.
O`qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o`rgatuvchi o`yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o`rganamiz”, pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferentsiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).
O`qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o`zaro hamkorlikka asoslangan.
O`qitish vositalari: odatdagi o`qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, komp’yuter va axborot texnologiyalari.
O`zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o`qitishning diagnostikasi (tashxisi).
Boshqarishning usuli va vositalari. O`quv mashg’ulotini texnologik karta ko`rinishida rejalashtirish o`quv mashg’ulotining bosqichlarini belgilab, qo`yilgan maqsadga erishishda o`quvchi va o`qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
Monitoring va baholash. O`quv mashg’uloti va butun kurs davomida o`qitish natijalarini kuzatib borish, o`quvchi faoliyatini har bir mashg’ulot va yil davomida reyting asosida baholash.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin