Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari:
|
Ma’ruza shakllari
|
O`ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari
|
1.
|
Kirish ma’ruzasi
|
Fan to`g’risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo`nalishlar beradi. Pedagogik vazifasi: o`quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o`rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo`nalishini belgilash, tavsiya qilingan o`quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.
|
2.
|
Ma’ruza axborot
|
Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o`quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.
|
3.
|
Sharhlovchi ma’ruza
|
Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o`zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo`limlarining kontseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o`zaro aloqadorligini ochish.
|
4.
|
Muammoli ma’ruza
|
Yangi bilimlar qo`yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o`quvchining o`qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi.
Pedagogik vazifasi: yangi o`quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo`yish va uni yechimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.
|
5.
|
Vizual ma’ruza
|
Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotlarini o`qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.
|
6.
|
Binar (ikki kishilik) ma’ruza
|
Bu ma’ruza ikki o`qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyandasining, o`qituvchi-talabaning dialogidan iborat. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish.
|
7.
|
Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza
|
Xatolarni izlashga mo`ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o`tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi.
Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni rag’batlantirish.
|
8.
|
Ma’ruza konferentsiya
|
Avvaldan qo`yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o`quv dasturi chegarasida o`tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg’ulot oxirida o`qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalarga yakun yasab, to`ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotning mazmunini yoritish.
|
9.
|
Maslahat ma’ruza
|
Turli stsenariylar yordamida o`tishi mumkin. Masalan, 1) «Savol-javob» - ma’ruzachi tomonidan butun kurs bo`yicha yoki alohida bo`lim bo`yicha savollarga javob beriladi.
2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi.
Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotni o`zlashtirishga qaratilgan.
|
2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotni o`zlashtirishga qaratilgan