Bitiruv malakaviy ishning ob‟ekti va predmeti. Ishning obektini -
Abdulhamid Cho„lpon ijodiy faoliyatidagi madaniy tamoyillar va g„oyalar, ishning
predmetini - Abdulhamid Cho„lpon g„oyasining ma‟rifiy asoslarini belgilovchi
asosiy omillar tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ish metodlari – dialektikaning tarixiylik va mantiqiylik,
ob‟ektivlik va qiyosiy tahlil, konkretlik va umumlashtirish, kuzatish va ilmiy bilish
metodlaridan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari.
Prezidentimiz ma‟ruzalari va birinchi prezidentimizni asarlari, Respublika
Oliy Kengashi xujjatlari matnida o`z ifodasini topgan. Ajdodlarimizning ma‟naviy-
ahloqiy g„oyalari bitiruv malakaviy ishimizning tub uslubiy asosi bo`ldi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy qismi.
Bitiruv malakaviy ish “Kirish”, ikkita bob, oltita paragrafni o„z ichiga olgan,
“Xulosa” hamda “Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati”dan iborat. Matnning
umumiy hajmi 74 sahifadan ibolrat bo„lib kirish va tushuntirish qismi 60 sahifani
tashkil etadi.
20
I-BOB. ABDULHAMID CHO„LPON IJODINI O„RGANISHNING
NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1.
ABDULHAMID CHO„LPON MEROSINING NAZARIY-
G„OYAVIY ASOSLARI
Har bir ulug„ adib va san‟atkorning hayot yo„li faqat uning shaxsiy faoliyati,
umri va taqdirinigina emas, balki u mansub bo„lgan millat, yashagan zamon
silsilalarini ham in‟ikos ettiradi. Abdulhamid Cho„lponning hayoti va ijodi bunga
yorqin misoldir.
Ma‟lumki, Cho„lpon «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» kabi
taxalluslar bilan ijod qilgan. Uning tug„ilgan yili haqida ko„plab bahs-munozaralar
mavjud. Jumladan, Cho„lpon bilan hamkor va do„st bo„lgan Vasiliy Yan uning
tavalludini 1897 yil deb ko„rsatadi.
1
Biroq, adabiyotshunos olim Ozod
Sharafiddinov Cho„lpon 1893 yilda Andijonda savdogar oilasida tug„ilgan
2
, deb
yozadi. Shuningdek, Mutafakkirning singlisi Foiqa Sulaymon qizining o„g„li
O„.Mirzaxo„jaev «Onamizning guvohlik berishicha, akasi Cho„lpon 1898 yilda
tug„ilgan, uning yili sak - it bo„lgan. Andijon zilzilasi paytida (1902 yil), deb
eslaydi onamiz, – tog„ang to„rt yashar bola ekan. Ammo hujjatlarda nechanchi yil
deb yozilgani menga ma‟lum emas»
3
, degan ma‟lumotni yozadi. Agar Foiqa
Sulaymon qizining 1908 yili tug„ilganini, akasi dunyoga kelganda o„zi ancha yosh
bo„lganini e‟tiborga olsak, Cho„lponning tug„ilgan yili haqidagi ma‟lumotlar
nechog„li aniq ekanligi haqida jiddiy o„ylab ko„rishga to„g„ri keladi.
Abdulhamid Sulaymonqul o„g„li Yunusov - Cho„lponning otasi Sulaymonqul
mulla Muhammad Yunus o„g„li (1874-1929) Mutafakkir tabiatli, tadbirli bazzoz va
hunarmand bo„lgan. U dehqonchilik bilan shug„ullanishdan tashqari «Rasvo»,
«Vola» taxalluslari bilan she‟rlar ham yozgan. Bu borada uning qizi Foiqa
Sulaymonova qo„lida saqlanib qolgan qo„lyozma devon dalolat beradi.
Sulaymonqul bazzoz o„z davrining ijtimoiy-siyosiy va ma‟rifiy harakati -
1
Қаранг: Большая Советская Энциклопедия. –М.: 1994. – 684 с.
2
Қаранг: Шарафиддинов О. Ижод йўли // Ёшлик. –Тошкент, 1997. - №10. – Б. 48-49.
3
Қаранг: Шарафиддинов Озод. Ижодни англаш бахти. –Тошкент: «Шарқ» нашриѐт-матбаа акционерлик
компанияси Бош таҳририяти, 2004. – 204 б.
21
jadidchilikka hayrixoh bo„lgan va 1914 yildan boshlab «Sadoi Farg„ona»
gazetasining Qo„qonda nashr etilishiga yaqindan yordam bergan. Abdulhamidning
onasi Oysha aya savodli bo„lmasa-da o„tkir zehnli, nozik tabiatli, xalq og„zaki
ijodini chuqur bilgan ayol bo„lgan
1
.
Abdulhamidning dastlabki savodi eski maktabda chiqadi. U yashagan davrda
Turkistonda rus-tuzem maktablari ochila boshlagan va unda dunyoviy ilmlar
haqida ma‟lumotlar berilganligi uchun mahalliy xalq vakillarining tushungan
oilalari o„z farzandlarining istiqbolini o„ylab ana shunday maktabga e‟tiborlarini
qaratadilar. Jumladan, Cho„lpon ham bu maktablarda o„qitilgan rus tili va
dunyoviy fanlarga qiziqib o„z bilimini davom ettirish maqsadida Toshkentga kelib
o„qiydi. Uning rus tili bilan birga arab, fors-tojik va turkiy tillar bo„yicha savod
chiqarishga ishtiyoqi baland edi. Bunday ko„p tillilik Cho„lponga falsafiy asarlarni
aslida o„qish va mutolaa qilish imkonini berdi. Bu borada «Abdulhamid har kuni
xususiy
ravishda
ruscha
o„qir edi,– deb yozadi o„z xotiralarida
M.Muhammadjonov, - Tatariston, Ozarbayjon, Hindistonda chiqadigan hamma
gazeta va jurnallarga mushtariy bo„lib, ruscha gazetalarni ham o„qib turar edi»
2
.
Shuningdek, adabiyotshunos S.Mamajonov Cho„lponning hind faylasuf-adibi
Rabindranat Tagor haqida maqola yozish uchun ingliz tilidagi Qomuslar bilan ham
tanishgani haqida ma‟lumotlarni keltirib, bu «Cho„lponning inglizchani biroz
tuShunganini yoki do„stlari yordamida ingliz nashrlaridan material qidirganidan
dalolat beradi»
3
, - degan fikrni aytadi. Keyinchalik Cho„lponning til bilishini ham
ta‟na qilishganida: «Men klassik asarlarni ko„p o„qiyman. Fors Mutafakkirlarining
eng go„zal narsalarini yozib olganman. Shuni ba‟zi bir joylarini o„qib beraman.
Agar Shu zararli bo„lsa men buni bo„ynimga olaman. Men Hofiz va boshqa
Mutafakkirlarning asarlaridan o„qiyman
4
, deydi.
1
Муҳаммаджонов М.. Турмуш уринишлари. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти,
1994. – 130 б.
2
Муҳаммаджонов М.. Турмуш уринишлари. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти,
1994. – 130 б.
3
Мамажонов С. Чўлпон ва театр // Нафосат. –Тошкент, 1992. -№ 2. -7 б.
4
Қаранг: Чўлпон. Мен миллатчи эмасман (Нашрга тайѐрловчи С.Аҳмедов) // Санъат. –Тошкент, 1989. -№8.
– 21 б
22
Eski maktab ta‟limi Cho„lponga Navoiy, Hofiz, Sa‟diy, Mashrab, Bedil va
boshqa Sharq mutafakkirlarining ijodini chuqur o„rganish imkonini bergan bo„lsa,
rus tilini o„zlashtirish orqali A.S.Pushkin, N.V.Gogol, L.N.Tolstoy va
M.Gorkiylarning ijod olamidan xabardor bo„lishi bilan o„z davrining ilg„or
g„oyalari bilan tanish va ularga yaqin turishga intildi. Shu bilan birga XX asr
boshlaridagi demokratik yo„nalishdagi ijod qilgan Abdulla To„qay, Mirza Fatali
Oxundov kabi turkiy tilda qalam tebratgan ijodkorlarning asarlaridan bahramand
bo„ldi.
Cho„lpon 1914 yildan boshlab matbuotda faol ishtirok etdi: ilk ijodi «Sadoyi
Turkiston» va «Sadoyi Farg„ona» gazetalarida hamda «Oyna» jurnalida ko„rindi.
Ma‟lumotlarga ko„ra «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 18 aprel sonida
e‟lon qilingan «Turkistonli qardoshlarimizga» deb atalgan she‟r Mutafakkir
ijodining millatparvarlik ruhida yozilgan ilk namunasi sifatida ko„zga tashlanadi.
Unda Cho„lpon «millatning fojiyaviy ahvoli ildizlarini johillikda, o„z foydasini
anglamasligiyu istiqbol haqida qayg„urmasligida ko„radi. Farzandlarini ma‟rifatli
qilish o„rniga koni isrof to„y-hashamlarga, bema‟ni ayShu ishratga berilgan,
maktab o„rniga choyxonayu mayxonalar bino qilayotgan xalq turmushini
mutaraqqiy etgan millatlar turmushiga qiyoslab, o„rganadi»
1
.
Cho„lponning bu kabi turmush tarzi bilan chiqisha olmasligi va xalqni
ma‟rifat va madaniyatga chorlashi uning ruhi yuksak ma‟rifatparvarlik g„oyalari
bilan yo„g„rilganligidan dalolat beradi. Shuning uchun u dastlab Sho„ro inqilobiga
katta umid bog„lagan edi. «Biroq, unutmaslik lozimki, – deb yozadi D.Quronov, –
Cho„lponning Oktabr inqilobiga munosabati g„oyat ziddiyatli edi: bir tomondan,
inqilobning mehnatkashlarni ozod qilish shiori bilan chiqqani uning qarashlariga –
taraqqiy maqsadiga muvofiqday, ikkinchi tomondan, Sho„rolar Turkistonga
mustaqillik berish niyatidan yiroqligi unga kundek ravshan edi. Qarashlari
nechog„li ziddiyatli bo„lmasin, bu davrda adib uchun istiqlol maqsadi birlamchi
1
Қуронов Д.. Чўлпон ҳаѐти ва ижодий мероси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1997. – 7 б.
23
bo„lib qolaverdi. U millatga eng ko„p foydasi tegishi mumkin bo„lgan jurnalistika
sohasini tanlab, ezgu maqsadlarining amalga oshishi yo„lida xizmat qildi»
1
.
Cho„lpon keng qamrovli Mutafakkir, ocherknavis va publitsist sifatida ko„zga
tashlanadi. U «Ishtirokiyun», «Kommunist» (1918) gazetalarida, «Turk Rosta»
gazetasida (1920), «Darxon», «Qizil bayroq», «Turkiston», «Buxoro axbori»
gazetalarida faoliyat olib bordi. Ayniqsa, 1926-1927 yillari Moskvadagi o„zbek
drama studiyasida tarjimon bo„lib ishlagan davri uning ijodida juda katta ahamiyat
kasb etdi. U ilg„or rus madaniyati bilan yaqindan tanishishi bilan birga tarjimonlik
borasidagi mahoratini ham oshirdi, Toshkentga qaytgach esa dastlab hozirgi
O„zbek Milliy teatrida adabiy emakdosh bo„lib, so„ngra «Mushtum» jurnalida
ishladi.
O„tgan asrning 20-yillarida Cho„lpon sermahsul Mutafakkir sifatida e‟tiborga
tushadi va she‟riy to„plamlari ketma-ket nashr etiladi. Ayniqsa, «Uyg„onish»
(1922), «Buloqlar» (1922), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) majmualarini
o„quvchilar sevib mutolaa qilishgani haqida manbalarda ta‟kidlanadi. Bundan
tashqari, nasriy asarlari orasida «Do„xtur Muhammadiyor», «Qor qo„yinida lola»
hikoyalari, «YOv» qissasi, «Kecha va kunduz» romanining «Kecha» qismi falsafiy
jihatdan diqqatga sazovor.
XX asrning 20-30 – yillar vaqtli matbuotida Cho„lponning ma‟naviy
izdoshlari bag„rikeng, ma‟rifat va mamlakat taraqqiyoti uchun kuyunchak shaxs
bo„lganligi haqida yozishgan. Masalan, «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 29
iyul va 1 avgust sonlarida bosilgan xatga qaraganda,– deb yozadi Sherali Turdiev,–
Shu vaqtga qadar Germaniyadagi Ziroat akademiyasida faqat Toshkentlik
Abdulvohid Murodov ismli talaba o„qiganligini ana Shu talabaga Turkiston
ziyolilari moddiy yordam uyushtirganlarida Cho„lpon o„z jamg„armasidan 7500
so„m ajratganligini aytadi.
2
Bu bilan Cho„lponni Yevropada o„zbek xalqi
madaniyati va ma‟rifatini jahon svilizatsiyasi bilan boyitishga intilgan yoshlarni
har tomonlama qo„llab-quvvatlaganligini ko„rish mumkin. Bu borada Mutafakkir
1
Қуронов Д.. Чўлпон ҳаѐти ва ижодий мероси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1997. – 14 б.
2
Турдиев Ш.. Маърифат қалдирғочлари // Ёшлик. –Тошкент. 1989. -№ 7. -64 б.
24
yozadi: «Qizil bayroq»ning so„nggi sonlaridan birida Ovrupog„a o„qimoq
maqsadida bir o„zbek qizining ketmakka hozirlanganligi yozilg„andir. Biz so„nggi
vaqtlarda o„zbek yoshlarining uzoq ellarga, yot yurtlarg„a ketib, bilim orttirmoq
uchun juda qiziqib borganligini ko„rib sevinmoqdamiz. Bu harakatga to„g„ridan-
to„g„ri aralasha olmaganlarning vazifasi vosita bilan bo„lsa-da, ko„mak qilish,
qo„llashdir. Bu hol bizning kelgusimiz uchun katta umidlar berganligini
unutmaylik.
Chor hukumati vaqtida ichki Rossiya musulmonlarini cho„qintirmoq ishida
Rustami zol bo„lgan bizning ma‟lum Ostroumov to„ramizning ustozi sanalgan
mashhur Ilinskiy cho„qintirish siyosatining piri bo„lgan Pobedonosovga yozgan
xatida:. «Erlik xalq orasidan biz uchun foydalik va hech bo„lmaganda zararsiz
kishilar o„ruscha tilni tutilib, uyalib gapiraturg„on, o„ruscha yozg„onda birmuncha
xato bilan yozaturg„on, bizning gubernatorimizdan emas, xatto ustal boshlig„imiz
(mirza) dan ham qo„rqaturgon kishilardir, – degan edi. Bunga qarshi biz rus tili
bilan emas, hatto Ovro„pa madaniy millatlarining tili va bilimi bilan javob bersak,
odam qatori yashamoqqa albatta haq qozonamiz. Endi bu ezgu harakatga
tariximizda ko„raolmaganimiz bu narsa qo„shilsa, ya‟ni o„zbekning erkin yigitlari
emas, tutkin qizlari ham Ilinskiy vasiyatiga qarshi isyon boshlasa, o„zi uchun eng
totli bo„lgan elidan, ota-onasidan kechib necha ming chaqirim erga ketsalar, odam
qatori yashash haqini, turtki emasdan, urulmasdan kun ko„rish huquqini ortig„i
bilan qozona olamiz.
O„zbek xotin-qizlarni huquq va erk uchun kurash boshlamoqda. O„zbek
qizining G„arbga, G„arbning chin bilim, chin madaniyatiga qarab yurishi haq-
huquqini butun elning haq-huquqi bilan birga tez va tez fursatda qo„lga
keltirg„usidir»
1
.
Berlinda tahsil ko„rayotgan talabalar «Ko„mak» to„plamini nashr etishib,
uning birinchi sonidayoq Yevropa o„quvchilarini Fitrat va Cho„lpon ijodi bilan
tanishtiradilar.
1
Абдулҳамид Сулаймон. Истиқбол учун кураш.-»Қизил байроқ» газетаси. 1932 йил, 2 сентябр.
25
Chunonchi, Berlin universiteti falsafa fakultetining talabasi Ahmad
Shukriyning «Turk adabiyotida idealizm va realizm», «Cho„lpon-Cho„lpondir»
maqolalari qatorida Cho„lponning «Ketganda» nomli she‟ri ham bosiladi. Ahmad
Shukriy Cho„lponni Shekspir bilan qiyoslab, quyidagi xulosaga keladi: «Cho„lpon
oti qulog„imga kirguncha ko„zimga Shekspir ko„rinadirda turadir. Shekspir
lirizmasi bilan Cho„lpon she‟riyati orasida naqadar ayirma axtarsam-da, oni
topaolmadam. «Uyg„onish»ni necha topqirlar o„qib chiqdim. Shekspirni mutolaa
etdim. Eng so„ng «Shekspir - Cho„lpon yoxud Cho„lpon - Shekspirdir» fikriga,
keldim. Cho„lpon she‟rlari Shekspir jo„shqinligi bilan to„ladir. Cho„lpon
oqko„ngilligi Shekspir samimiyligidan o„tadir.
Cho„lpon bizda sevgi tangrisi, sevgi yaratg„uvchisidir. Cho„lpon lirik,
Cho„lpon Mutafakkirdir, Cho„lpon Cho„lpondir»
1
. Ma‟rifat dunyoni ozod va obod
etishga, insonni jaholat va xurofot botqog„idan olib chiqib ketishga, uning
ma‟naviy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qodir bo„lgan yagona va qudratli
kuchdir. Shu bois, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya Imperiyasi asoratiga
tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan Turkiston o„lkasini uyg„otish, xalqning
ko„zini ochishga faqat ma‟rifat orqaligina erishish mumkinligi uchun bu davrda
ma‟rifatchilik harakati xar qachongidan ham kuchayib ketdi. Jamiyatni
yangilanish zaruriyati sifatida vujudga kelgan ma‟rifatparvarlik xarakati bir qator
ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma‟naviy muammolarini xal etish uchun bel
bog„lagan ilg„or fikrli ziyolilardan tarkib topgan bo„lib – jadidchilik harakati nomi
bilan tarixga kirgan. Jadidlar xalqni marifatli qilish orqali milliy istiqlol g„oyasini
shakllantirishni va jamiyatda tub islohatlar o„tkazishni ustuvor vazifa deb
bilganlar. Ammo, mustabid sovet tuzumi davrida bu harakat salbiy baholandi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov xali mustaqillik qo„lga kiritilmagan
tahlikali davrdayoq, “ma‟rifatparvar bobolarimiz – jadidchilik namoyandalarining
hayoti va ijodiga munosabat masalasida ko„p yillardan buyon davom etayotgan
1
Аҳмад Шукрий. Чўлпон - Чўлпондир. –// Кўмак. –Берлин, 1923. -№ 5. - Б. 19-20.
26
bahslarga oqilona chek qo„yib, ularning merosini xalqimizga qaytarish yo„lidagi
amaliy, prinsipial fikrlarni ilgari surgan”
1
.
Uning, - “jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib
qoladigan yagona kuch ma‟rifatdir. ...Ma‟rifatparvarlik biz uchun bugun ham o„z
ahamiyatini yo„qotgani yo„q, yo„qotmaydi ham. Aql zakovatli, yuksak
ma‟naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo„ygan maqsadlarimizga
erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”
2
- degan so„zlari
xech qachon o„z qimatini yo„qotmaydi. Demak, ma‟rifatparvarlik g„oyasini avlod
va asrlarni bir-biriga tutashtirib turuvchi hayot baxsh ko„prikka qiyos qilsak
bo„ladi. Bu ko„prik Shunday ko„prikki nafaqat avlodlarning bir-biriga tutashtiradi
jamiyatni xar bir bosqichida xalqni milliy o„zligini anglashi va milliy g„oyani
shakllanishida beqiyos axamiyat kasb etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, milliy
g„oyaning shakllanishida jadidlarning falsafiy-axloqiy qarashlarining ta‟sirini
o„rganish xozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
20-yillardayoq Cho„lponga bo„lgan ikki xil munosabat ochiq shakllana
boshladi. Birinchisi - Cho„lpon favqulodda iste‟dod egasi, Shekspirlar darajasida
olamni fahm eta oladigan Mutafakkir, dramaturg va san‟atShunos; ikkinchisi -
Sho„rolar tuzumini tezda anglab etmagan, aldangan, yiqilgan va yana o„zini
o„nglab olib, mahdudchilik va millatchilik yo„liga kirib ketgan adib.
Tadqiqotimizda mana Shu ikkinchi munosabat qaysi davrda qanday kechganini
ko„rib chiqishni o„rinli, deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: |